So’nggi yangiliklar

16:33Саудиядагилар Бивол-Бетербиев жангини қачон ўтказмоқчи? 0 16:12Кубаро Ҳакимова яна Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! 0 15:51Ибрагимович Усикка қарши жанг қиладиган Фьюрига маслаҳат берди 0 15:30Тьяго Алькантара Каталонияга қайтиши мумкин 0 15:09Расман! Пэдди Пимблетт ўз юртида UFC фахрийси билан жанг қилади + ПОСТЕР 0 14:48Рим "Мастерс". Хуберт Гуркач ярим финал остонасида тўхтатилди 0 14:27Том Аспиналл чемпионлик камаридан айрилиши мумкин 0 14:06"Манчестер Юнайтед" собиқ академия мураббийи билан музокараларни бошлади 0 13:45ВАУУУ! IBAнинг янги қимматбаҳо самолётини кўрдингизми? + ФОТО 0 13:24UFC чемпиони Жон Жонс навбатдаги жанги санасини эълон қилди 0 13:03Соболенко қаторисига иккинчи йил ҳам Рим турнири финалида ўйнайди 0 12:42"Ал Насср"нинг ёзги трансфер бозоридаги асосий мақсади маълум. У Салаҳ ёки Де Брюйне эмас! 0 12:21Нурсултон Рўзибоев яна мухлисларга юзланди + ФОТО 0 12:00Конор Макгрегор Усик-Фьюри жангига муносабат билдирди 0 11:39Расман! Муҳаммад Мокаев ҳам Манчестерда жанг ўтказади + ПОСТЕР 0

20 may 11:55
Yangiliklar

Tadbirlar

O'zbekiston delegaciyasi “Rossiya-Islom dunyosi KazanExpo 2023” forumida qatnashdi

Yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikramov, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov boshchiligidagi delegaciya Rossiya Federaciyasining Qozon shahrida “Rossiya-Islom dunyosi KazanExpo 2023” forumida ishtirok etdi.

Tadbir doirasida mintaqada sport yo'nalishida o'zaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish bo'yicha uchrashuvlar o'tkazildi.

O'zbekiston delegaciyasi tashrif davomida Tatariston Respublikasi raisi Rustam Minnixanov, Rossiya Federaciyasi Sport vaziri Oleg Maticin bilan uchrashib, O'zbekiston va Rossiya o'rtasida sport sohasida yangi rejalarni ko'rib chiqishdi. Tadbir doirasida har ikki mamlakat sport vazirlarining qo'shma komissiya yig'ilishi ham o'tkazilib, yakunda davlatlar o'rtasida hamkorlik bo'yicha memorandum imzolandi.

Qayd etish joiz, Qozon shahriga Rossiya sportining poytaxti, deya tarif beriladi. Bu bejiz emas. Boisi ko'plab sport turlaridagi Rossiya terma jamoalari Qozon shahrida yirik musobaqalarga tayyorgarlik ko'radi. 

SHuningdek, ushbu shahar 2013 yil Butunjahon yozgi Universiada o'yinlari, 2015 yil suv sporti turlari bo'yicha jahon chempionati, 2018 yil futbol bo'yicha Jahon chempionati bahslarini, 2021 yil esa birinchi MDH o'yinlarini qabul qilgan. Bir so'z bilan aytganda, u erda sport uchun yaratilgan infratuzilma alo darajada.

Mutasaddilar uchrashuv davomida kelgusi musobaqalarga birgalikda tayyorgarlik ko'rish, terma jamoalar ishtirokida qo'shma yig'inlar o'tkazish haqida fikr almashishdi. SHuningdek, suhbatda “Toshkent-2025” yoshlar Osiyo o'yinlariga tayyorgarlik ko'rishda Qozon tajribasini o'rganish ham kun tartibidagi masalalardan joy oldi.

Safar davomida Stanislav Pozdnyakov boshchiligidagi Rossiya Olimpiya qo'mitasi mutasaddilari bilan ham uchrashuv o'tkazildi. Unda tomonlar o'rtasidagi uzoq yillik do'stona aloqalarni yanada mustahkamlash, sohadagi so'nggi yutuqlar bo'yicha tajriba almashish bo'yicha munozaralar olib borildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing