So’nggi yangiliklar

16:23Султонов 1/2 финалда ўзидан деярли 200 поғона қуйидаги рақибга ютқазди 0 16:02UFC 40 ёшли Муслим Салиховга 37 яшар рақиб берди 0 15:41"Ал Ҳилол" - "Ал Насср" ўйинида мухлислар "Месси! Месси!" дея бақиришди. Неймар ҳам бу ҳайқириқларга қўшилди 0 15:20Стефанос Циципас "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 14:59Дастин Порье Махачевдан кечирим сўради 0 14:38Ҳумоюн Султонов Куршумлия-Баня турнири 1/2 финалида! 0 14:17Бугун Эронда чемпион номи аниқланади. Машарипов ёки Ўрунов олтин медаль олиши мумкин 0 13:56Жейк Пол: "Жанг қолдирилишини оқлайман. Тайсонда ўзини оқлаш учун имкон бўлмасин" 0 13:35Aktobe Open 2024. Шахматчиларимиз 7-турда қандай натижа қайд этишди? 0 13:14Азиза Зокирова лицензияга бир қадам қолганда қоқилди 0 12:53Жуд Беллингем ЕЧЛ финали ҳақида гапирди 0 12:31"Кўриб қўясизлар". Ислам Махачев мухлисларга мурожаат қилди 0 12:10"Пол, бу сенга кўпроқ вақт берди". 57 ёшли Тайсон жанг қолдирилганига изоҳ берди 0 11:48Париж-2024 ареналари: Эйфель минорасининг ёнида жойлашган “Гран-Пале-Эфемер” билан танишинг 0 11:27Қозоғистон терма жамоасига янги бош мураббий тайинланди. Унинг йиллик маоши 1,2 миллион евро 0

16 sen 19:37
Yangiliklar

Qishki sport turlari

O'zbekiston qishki sport turlari associaciyasi xohlovchilarni figurali uchish bo'yicha hakamlik kurslariga taklif etadi

Teglar :  Figurali uchish
Siz mamlakatimizda qishki sport turlarini rivojlantirishga o'z hissangizni qo'shishni xohlaysizmi?

Unda O'zbekiston qishki sport turlari associaciyasi sizni o'zaro hamkorlikka taklif etadi.

Qishki sport turlari orasida eng jozibalisi bo'lmish figurali uchish bo'yicha kelajakda hakam sifatida faoliyat olib borish imkoniyatini qo'ldan chiqarmang!

Mamlakatimizda figurali uchish sportini rivojlantirish maqsadida yangi dastur ishlab chiqildi. Undan ko'zlangan maqsad, turli sport yo'nalishidagi hakamlarni figurali uchish sportiga jalb etish, o'z kasbiy tajriba hamda kvalifikaciyalarini oshirishdan iborat.

Malumot uchun, figurali uchish sporti 1908 yildan boshlab qishki Olimpiya o'yinlari dasturiga kiritilgan. Bu sport turi bo'yicha hakamlik licenziyasini qo'lga kiritganlar kelajakda Olimpiya o'yinlari, Jahon va Evropa chempionatlari, shuningdek, ko'plab xalqaro musobaqalar va qita birinchiliklarida faoliyat olib borishlari mumkin.

O'zbekiston qishki sport turlari associaciyasi mazkur sport turi bo'yicha mutaxassis, murabbiy va hakamlar, shuningdek, madaniyat sohasidagi xoreograf, rejissyor va albatta, figurali uchish sporti ixlosmandlarini ko'rik-tanlovda faol ishtirok etishga chorlaydi!

Joriy yil 1 oktyabrdan 1 noyabrga qadar har bir nomzod bilan suhbat tashkillashtiriladi. SHundan so'ng, 1 noyabrdan 1 dekabrgacha test sinovlari o'tkaziladi.

SHoshiling, imkoniyatingizni qo'ldan boy bermang!

2020 yilning 15 dekabr kuni ekspress kurs va yosh figurali uchuvchilar o'rtasida hakamlik musobaqalari bo'lib o'tadi. Barcha tashkiliy jarayonlar poytaxtimizning “Ace city” majmuasida bo'lib o'tadi.

Batafsil malumotlarni quyidagi manzildan olishingiz mumkin: https://wsau.uz/sport_hakamlarini/

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing