So’nggi yangiliklar

17:51Махачев: "Порье кечирим сўради, лекин барибир уни "финиш" қиламан" 0 17:28Амалдаги "Ролан Гаррос" чемпиони тўртинчи даврага чиқди 0 17:05Роналду "Ал Насср"да қоладими? Клуб раҳбари бу саволга жавоб берди 0 16:44Хабиб Махачевнинг бурчагига қайтаётганига изоҳ берди 0 16:23Султонов 1/2 финалда ўзидан деярли 200 поғона қуйидаги рақибга ютқазди 0 16:02UFC 40 ёшли Муслим Салиховга 37 яшар рақиб берди 0 15:41"Ал Ҳилол" - "Ал Насср" ўйинида мухлислар "Месси! Месси!" дея бақиришди. Неймар ҳам бу ҳайқириқларга қўшилди 0 15:20Стефанос Циципас "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 14:59Дастин Порье Махачевдан кечирим сўради 0 14:38Ҳумоюн Султонов Куршумлия-Баня турнири 1/2 финалида! 0 14:17Бугун Эронда чемпион номи аниқланади. Машарипов ёки Ўрунов олтин медаль олиши мумкин 0 13:56Жейк Пол: "Жанг қолдирилишини оқлайман. Тайсонда ўзини оқлаш учун имкон бўлмасин" 0 13:35Aktobe Open 2024. Шахматчиларимиз 7-турда қандай натижа қайд этишди? 0 13:14Азиза Зокирова лицензияга бир қадам қолганда қоқилди 0 12:53Жуд Беллингем ЕЧЛ финали ҳақида гапирди 0

13 mar 08:20
Yangiliklar

Sambo

O'zbekiston sambo associaciyasi Ichki ishlar vazirligi tizimidagi ikkita tashkilot bilan memorandum imzoladi

Teglar :  SamboAlisher Alimov
Yaxshi bilasiz, O'zbekiston sambo associaciyasi so'nggi paytlarda hamkorlik masalasida ko'plab tashkilotlar bilan kelishuvlarga erishib kelmoqda.

Mana shunday kelishuvlarning navbatdagisi kecha O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tizimidagi ikki tashkilot bilan amalga oshirildi. 

O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xodimlarining aksariyat qismi sambo sport turi bilan muntazam shug'ullanib kelishadi, bu sport turi xodimlar uchun tayanch sport turi xisoblanadi. Bu bo'yicha ikki tomon uzoq yillardan beri xamkorlik qilib kelishadi. Endilikda mazkur xamkorlik yangi bosqichga olib chiqilmoqda. 

Kecha O'zbekiston sambo associaciyasi raisi Alisher Alimov boshchiligidagi ishchi guruh hamkorlik masalasida uchrashuv o'tkazdi. Unda associaciyamiz raisiga bosh kotib Roman SHakirov va rais o'rinbosari Islom Adilov hamrohlik qilishdi. Uchrashuvda O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining malaka oshirish instituti boshlig'i, polkovnik Olim Ahmedov, institut boshlig'ining birinchi o'rinbosari polkovnik Ulug'bek Rasulev, institut o'qituvchisi podpolkovnik Murodxon To'raev va IIVning 1-sonli Toshkent akademik liceyi boshlig'i, podpolkovnik Rustam Rashitxodjaevlar ishtirok etishdi.

IIV Malaka oshirish instituti raxbariyati bilan suhbatda tomonlar samboni yanada rivojlantirish bo'yicha rejalar haqida fikr almashishdi. Bu borada har ikki tomon uchun ham manfaatli bo'lgan masalalar muhokama qilindi. Sambo bo'yicha terma jamoamiz azolarining aksariyati ushbu institut talabalari hisoblanishadi. Ular uchun kasbiy tayyorgarlik bo'yicha darslar ham olib boriladi. SHu va boshqa masalalar yuzasidan bugun har ikki tomon o'rtasida memorandum imzolandi.

Ikkinchi kelishuv esa yuqorida takidlanganidek O'zbekiston Respublikasi IIVning 1-sonli Toshkent akademik liceyi bilan amalga oshirildi. Ushbu licey sport zalida sambo bo'yicha mashg'ulotlar tashkil etiladi. U erdagi kursantlar uchun sambo mashg'ulotlari bo'lib o'tadi. Bu esa o'z navbatida licey kursantlarining jismoniy tayyorgarligini yanada oshirishga xizmat qiladi. 

Qayd etish lozimki, ushbu kelishuvlar O'zbekistonda sambo sportining rivojiga o'zining ulkan hissasini qo'shmay qolmaydi. 

O'zbekiston sambo associaciyasi matbuot xizmati




Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing