So’nggi yangiliklar

16:33Саудиядагилар Бивол-Бетербиев жангини қачон ўтказмоқчи? 0 16:12Кубаро Ҳакимова яна Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! 0 15:51Ибрагимович Усикка қарши жанг қиладиган Фьюрига маслаҳат берди 0 15:30Тьяго Алькантара Каталонияга қайтиши мумкин 0 15:09Расман! Пэдди Пимблетт ўз юртида UFC фахрийси билан жанг қилади + ПОСТЕР 0 14:48Рим "Мастерс". Хуберт Гуркач ярим финал остонасида тўхтатилди 0 14:27Том Аспиналл чемпионлик камаридан айрилиши мумкин 0 14:06"Манчестер Юнайтед" собиқ академия мураббийи билан музокараларни бошлади 0 13:45ВАУУУ! IBAнинг янги қимматбаҳо самолётини кўрдингизми? + ФОТО 0 13:24UFC чемпиони Жон Жонс навбатдаги жанги санасини эълон қилди 0 13:03Соболенко қаторисига иккинчи йил ҳам Рим турнири финалида ўйнайди 0 12:42"Ал Насср"нинг ёзги трансфер бозоридаги асосий мақсади маълум. У Салаҳ ёки Де Брюйне эмас! 0 12:21Нурсултон Рўзибоев яна мухлисларга юзланди + ФОТО 0 12:00Конор Макгрегор Усик-Фьюри жангига муносабат билдирди 0 11:39Расман! Муҳаммад Мокаев ҳам Манчестерда жанг ўтказади + ПОСТЕР 0

27 dek 08:04
Yangiliklar

Stol tennisi

O'zbekiston stol tennisida 2023 yil yakunlari sarhisob qilindi

Teglar :  Stol tennisi
Yakunlanib borayotgan yil O'zbekiston stol tennisi uchun muvaffaqiyatli o'tdimi?

Stol tennischilarimiz yil davomida ko'plab xalqaro turnirlarda ishtirok etib, yurtimizga bir nechta medallarni olib kelishdi. SHuningdek, terma jamoamiz azolari Osiyo va jahon chempiontlarida qatnashishdi. 

Quyida stol tennisi bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azolarining 2023 yilda qayd etgan natijalarini sarhisob qilamiz.

Joriy mavsumda WTT Youth Contender yoshlar seriyasida qizlarimiz 4 ta oltin, 5 kumush, 12 ta bronza, yigitlarimiz esa 4 ta oltin 6 ta kumush va 16 ta bronza medallarini qo'lga kiritishdi.


 

Qatardagi Osiyo saralash turnirining juftlik yo'nalishida Marhabo Magdieva va Rozalina Xadjieva jahon chempionatining final bosqichiga yo'l oldi.



 

Arujan Kamalova “World Hopes Week & Challenge” xalqaro turnirida bronza medal sohibiga aylandi.



 

Arujan Kamalova "ITTF Hopes Squad Singapure" dasturi ishtirokchisiga aylandi. 23 nafar yosh sportchimiz va 4 nafar murabbiy Xitoyda o'quv yig'in  mashg'ulotolarini o'tkazishdi.



 

O'zbekistonlik para sportchimiz Sunatillo Murodullaev Misrdagi nufuzli musobaqada kumush medalni qo'lga kiritdi. 

Doha shahrida o'tkazilgan yoshlar o'rtasidagi 27-Osiyo chempionatida Asel Erkebaeva U-15 toifasida 6-o'rinni egalladi va jahon chempionatiga yo'l oldi. 

26-Osiyo chempionatida ayollar terma jamoasi 2024 yilda Koreyaning Pusan shahrida o'tadigan jamoalar o'rtasidagi jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.

 

Turkiy davlatlar universiadasida O'zbekiston terma jamoasi jamoaviy bahslarda qizlar va yigitlar jamoasi bronza medaliga ega chiqdi.


 

"Zaxarov", "Nikitin", "Posevin", "CHimkent kubogi", "Zolotaya osen", "Akpan Batir", "SHanirakga yo'l" singari halqaro turnirlarda sportchilarimiz doimiy ravishda g'olib va sovrindorlar qatorida bo'lishdi. 


 

Toshkent viloyatining “Xvan Man Gim” sport klubi Rossiya va Qozog'iston oliy va premer ligasi jamoaviy chempionatlarida muvaffaqiyatli ishtirok etdi.


 

Andijon viloyatining “Kezar” hamda Farg'ona viloyatining “Dolina” klublari Qozog'istonning jamoaviy chempionatlarida muvaffaqiyatli ishtirok etdi.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing