So’nggi yangiliklar

15:51Ибрагимович Усикка қарши жанг қиладиган Фьюрига маслаҳат берди 0 15:30Тьяго Алькантара Каталонияга қайтиши мумкин 0 15:09Расман! Пэдди Пимблетт ўз юртида UFC фахрийси билан жанг қилади + ПОСТЕР 0 14:48Рим "Мастерс". Хуберт Гуркач ярим финал остонасида тўхтатилди 0 14:27Том Аспиналл чемпионлик камаридан айрилиши мумкин 0 14:06"Манчестер Юнайтед" собиқ академия мураббийи билан музокараларни бошлади 0 13:45ВАУУУ! IBAнинг янги қимматбаҳо самолётини кўрдингизми? + ФОТО 0 13:24UFC чемпиони Жон Жонс навбатдаги жанги санасини эълон қилди 0 13:03Соболенко қаторисига иккинчи йил ҳам Рим турнири финалида ўйнайди 0 12:42"Ал Насср"нинг ёзги трансфер бозоридаги асосий мақсади маълум. У Салаҳ ёки Де Брюйне эмас! 0 12:21Нурсултон Рўзибоев яна мухлисларга юзланди + ФОТО 0 12:00Конор Макгрегор Усик-Фьюри жангига муносабат билдирди 0 11:39Расман! Муҳаммад Мокаев ҳам Манчестерда жанг ўтказади + ПОСТЕР 0 11:18Билармидингиз? "Комо" хўжайинининг пули А Сериядаги бошқа барча клуб эгалларининг умумий бойлигидан кўра кўпроқ 0 10:57Рим "Мастерс". Стефанос Циципасда мағлубият 0

19 sen 17:32
Yangiliklar

Triatlon

O'zbekiston triatlonchilari o'quv-mashg'ulot yig'inlarini o'tkazdilar

2019 yil 15 avgust - 8 sentyabr kunlari o'zbekistonlik 10 nafar triatlonchi Franciyaning Font-Romeu shahrida o'quv-mashg'ulot yig'inlarini o'tkazdi.

O'zbekiston Triatlon federaciyasi murabbiyi Viktor Zemcev boshchiligida triatlonchilar bo'lajak musobaqalarda ishtirok etishdan oldin maxsus tayyorgarlik dasturi bo'yicha shug'ullandilar.

Takidlash joizki, balandlikdagi mashg'ulotlar muhim startlar oldidan o'quv dasturlarining kerakli qismidir. Sentyabr oyida sportchilar Aqaba shahrida (Iordaniya, 26-27 sentyabr) hamda 29 sentyabr kuni Samarqandda bo'lib o'tadigan O'zbekiston kubogining final bosqichida ishtirok etishlari kutilmoqda.



Font Romeu - Pireneydagi eng qadimgi va eng mashhur tosh shaharlardan biri. Font Romeu balandlikdagi milliy o'quv markazi (dengiz sathidan 1850 metr balandlikda) 1967 yilda sportchilarga Meksikadagi Olimpiya o'yinlariga tayyorgarlik ko'rish uchun o'quv-mashg'ulot yig'inlarini o'tkazish maqsadida ochilgan.

Har yili ushbu markazda jahon darajasidagi sportchilar, shuningdek xalqaro sport federaciyalari o'z mashg'ulotlarini o'tkazadilar.

Yana bir etiborli tomoni shundaki, velosiped mashg'ulotlaridan birida to'rt karra jahon chempioni va ikki karra Olimpiya chempioni Alistair Braunli o'zbekistonlik triatlonchi, xalqaro toifadagi sport ustasi, Osiyo kubogi sohibi SHoxrux Yunusovga yordam berdi. Bu haqida SHohruh Yunusov o'zining Instagramdagi sahifasida xabar berdi.



"Alistair Braunli, mening shinalarim teshilishidan qutqarganingiz uchun rahmat. Siz qiyin ahvolda bo'lganimda menga yordam berdingiz, chunki menda shinani pompalash uchun nasos yo'q edi. Menga yordam berganingiz uchun tashakkur. Hurmatli Alistair, sizga ulkan respekt! Sizga faqat g'alabali startlarni tilayman!” – deb yozadi triatleti SHohrux Yunusov.

Alistair Braunli – britaniyalik triatlet, 2012 va 2016 yillar Olimpiya chempioni, umumiy hisobda 2009 va 2011 yillar jahon chempioni. Alistair ketma-ket ikkita Olimpiada yutgan birinchi triatlet hisoblanadi.

SHuningdek takidlab o'tish joiz, 2016 yilda triatlon bo'yicha Jahon ceriyasining finalida Alistair Braunli akasiga marraga yugurishda yordam bergan. Poyga paytida uning ukasi Jonatan Braunli marraga etakchilik qilayotgan paytda, to'satdan o'zini yomon his qilgan va yo'lakdan chiqib ketishiga oz qolgan. Alistairning o'zi uchinchi bo'lib kelayotgan edi. U nafaqat Jonatanga marraga etib olishga yordam berdi, balki uni marraga birinchiroq etakladi, natijada u ikkinchi o'rinni egalladi. Alistairning o'zi esa uchinchi bo'ldi. Ushbu voqeaning videosi ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, millionlab tomoshabinlarda tasirli his-tuyg'ularga sabab bo'lgan.




O'zbekiston Triatlon Federaciyasi Matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing