So’nggi yangiliklar

14:48Рим "Мастерс". Хуберт Гуркач ярим финал остонасида тўхтатилди 0 14:27Том Аспиналл чемпионлик камаридан айрилиши мумкин 0 14:06"Манчестер Юнайтед" собиқ академия мураббийи билан музокараларни бошлади 0 13:45ВАУУУ! IBAнинг янги қимматбаҳо самолётини кўрдингизми? + ФОТО 0 13:24UFC чемпиони Жон Жонс навбатдаги жанги санасини эълон қилди 0 13:03Соболенко қаторисига иккинчи йил ҳам Рим турнири финалида ўйнайди 0 12:42"Ал Насср"нинг ёзги трансфер бозоридаги асосий мақсади маълум. У Салаҳ ёки Де Брюйне эмас! 0 12:21Нурсултон Рўзибоев яна мухлисларга юзланди + ФОТО 0 12:00Конор Макгрегор Усик-Фьюри жангига муносабат билдирди 0 11:39Расман! Муҳаммад Мокаев ҳам Манчестерда жанг ўтказади + ПОСТЕР 0 11:18Билармидингиз? "Комо" хўжайинининг пули А Сериядаги бошқа барча клуб эгалларининг умумий бойлигидан кўра кўпроқ 0 10:57Рим "Мастерс". Стефанос Циципасда мағлубият 0 10:36Пойтахтимизда стол тенниси бўйича Париж-2024 Олимпиадаси учун лицензион турнир старт олди 0 10:15Бугун 5 нафар боксчимиз Астана турнирида рингга кўтарилади 0 09:54"Интер" афсоналаридан бири "Спартак" устозига айланди 0

09 iyu 11:56
Yangiliklar

Tadbirlar

O'zbekiston va O'mon Sultonligi sportidagi aloqalar mustahkamlanmoqda

Teglar :  O'zbekistonUmon
Umon Sultonligi Sport taminoti va rivojlantirish bo'yicha bosh direktori Xisham Al Sinani, mamlakat og'ir atletika qo'mitasi raisi Aidx Al Madxari hamda qo'mita menejeri Yusuf Al Hasani O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasiga tashrif buyurishdi.

Rasmiylarni MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov qarshi oldi. Mehmonlar Qo'mitada yaratilgan sharoitlar va ayniqsa, uning qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.

Oybek Omilovich Xisham Al Sinani boshchiligidagi delegaciyaga o'zbek sportining shonli tarixi, Yurtboshimiz tomonidan mamlakatimizda Olimpizm harakati va sog'lom turmush tarzi targ'ibotini kuchaytirishga qaratilayotgan etibor xususida batafsil malumot berdi. 

O'monlik mutasaddilarda MOQ qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi katta qiziqish uyg'otdi. Ular tashkilot faoliyati bilan yaqindan tanishib, atletlar uchun markazlashgan tizimda xizmat ko'rsatuvchi bunday muassasa borligi professional sportda katta natijalarga erishishda ulkan hissa qo'shishini takidlashdi. 

Qolaversa, sport yutuqlarida tibbiy taminotning o'rni muhimligini inobatga olib, undagi ilmiy yo'nalishga alohida yondashishni maqsad qilishganini qo'shimcha qilishdi.

SHundan so'ng tomonlar o'zaro hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi. Qayd etish joiz, og'ir atletika bo'yicha O'mon terma jamoasi yirik musobaqalarga tayyorgarlik ko'rishda hamyurtlarimiz bilan birga qo'shma o'quv-mashg'ulot yig'inlarida ishtirok etadi. 

SHuningdek, suhbatda kelgusida boshqa sport turlarida ham bunday hamkorlikni yo'lga qo'yish, zamonaviy sport yutuqlari bo'yicha tajriba almashish kabi mavzular atroflicha muhokama qilindi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing