So’nggi yangiliklar

17:15Тарихда илк бор "Мастерс" 1/2 финалида икки чилилик ўйнайди 0 16:54Тонали – АПЛда мавсумнинг энг омадсиз трансфери 0 16:33Саудиядагилар Бивол-Бетербиев жангини қачон ўтказмоқчи? 0 16:12Кубаро Ҳакимова яна Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! 0 15:51Ибрагимович Усикка қарши жанг қиладиган Фьюрига маслаҳат берди 0 15:30Тьяго Алькантара Каталонияга қайтиши мумкин 0 15:09Расман! Пэдди Пимблетт ўз юртида UFC фахрийси билан жанг қилади + ПОСТЕР 0 14:48Рим "Мастерс". Хуберт Гуркач ярим финал остонасида тўхтатилди 0 14:27Том Аспиналл чемпионлик камаридан айрилиши мумкин 0 14:06"Манчестер Юнайтед" собиқ академия мураббийи билан музокараларни бошлади 0 13:45ВАУУУ! IBAнинг янги қимматбаҳо самолётини кўрдингизми? + ФОТО 0 13:24UFC чемпиони Жон Жонс навбатдаги жанги санасини эълон қилди 0 13:03Соболенко қаторисига иккинчи йил ҳам Рим турнири финалида ўйнайди 0 12:42"Ал Насср"нинг ёзги трансфер бозоридаги асосий мақсади маълум. У Салаҳ ёки Де Брюйне эмас! 0 12:21Нурсултон Рўзибоев яна мухлисларга юзланди + ФОТО 0

21 iyu 10:10
Yangiliklar

Tadbirlar

O'zbekiston va Qatar sportidagi hamkorlikning yangi qirralari muhokama qilindi

Teglar :  O'zbekistonQatar
Ayni kunlarda Osiyo Olimpiya Kengashi (OOK) va Qatar Olimpiya qo'mitasi vice-prezidenti Tani ibn Abdulrahmon Al Quvari poytaxtimizda mehmon bo'lib turibdi.

Ushbu tashrifdan O'zbekiston va Qatar mamlakatlari o'rtasida sport sohasida yaqin hamkorlikni kuchaytirish ko'zda tutilgan. Dastavval, Yoshlar siyosati va sport vazirligida martabali mehmon bilan ushbu yo'nalishdagi mavzular muhokama qilindi. Mehmonlarni vazir Adham Ikramov va OOK vice-prezidenti Otabek Umarov qarshi olishdi.

SHundan so'ng har ikki tomon o'rtasidagi do'stona aloqalarni yanada mustahkamlash masalalariga bag'ishlangan uchrashuv bo'lib o'tdi. Unda Qatarning O'zbekistondagi Favquloddagi va Muxtor elchisi Hasan Hamza Hoshim, Vazir o'rinbosari SHahrullo Mahmudov hamda MOQ raisi o'rinbosari Azizjon Kamilov ham ishtirok etishdi.

Uchrashuvning ikkinchi qismi Milliy Olimpiya qo'mitasida davom etdi. Unda mehmonni Qo'mita Bosh kotibi Oybek Kasimov va Azizjon Kamilov kutib olishdi. 

Suhbat davomida Oybek Omilovich yurtimizning har bir hududida Olimpiya targ'ibotini kuchaytirish, yakkakurash sport turlarida iqtidorlarni yoshlarni selekciya qilish, Olimpiya va Paralimpiya o'yinlariga tayyorlash tizimi haqida malum qildi. 

SHuningdek, MOQ Bosh kotibi yaqinlashib kelayotgan Olimpiya kunini katta masshtabdagi ommaviy yugurish musobaqasi bilan kutib olishga tayyorgarlik ko'rilayotgani qo'shimcha qildi.

Uchrashuv davomida har ikki Milliy Olimpiya qo'mitalari o'rtasidagi aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish, “Toshkent-2025” yoshlar Osiyo o'yinlariga hamkorlikda tayyorgarlik ko'rish, terma jamoalar o'rtasida o'quv-mashg'ulot yig'inlarini ko'proq tashkil etish, zamonaviy sport obektlarini qurish va bu borada o'zaro tajriba almashish mavzulari muhokama qilindi.

Malumki, Qatar so'nggi yillarda sport dunyosida katta mavqega ega mamlakatga aylanib ulgurdi. Mamlakat bir qator sport turlari, xususan, futbol bo'yicha jahon chempionatini yuqori saviyada o'tkazgani bundan yaqqol darak beradi. 

SHuningdek, Qatar 2030 yil yozgi Osiyo o'yinlarini qabul qiladi. O.Umarov “Toshkent-2025” yoshlar Osiyo o'yinlariga tayyorgarlik ko'rish va boshqa yirik xalqaro musobaqalarni o'tkazishda ushbu davlat tajribasini o'rganish borasida o'z takliflarini ilgari surdi.

O'z o'rnida, Qatar tomoni o'zbek sportining kuchli maktabga ega ekani, ayniqsa, yakkakurash turlarida atletlarimizning jahonda etakchilar qatoriga kirishini alohida takidladi. SHuningdek, mehmonlar o'zbek sporti bilan hamkorlik qilishdan mamnun bo'lishlarini bildirdilar.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing