So’nggi yangiliklar

16:33Саудиядагилар Бивол-Бетербиев жангини қачон ўтказмоқчи? 0 16:12Кубаро Ҳакимова яна Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! 0 15:51Ибрагимович Усикка қарши жанг қиладиган Фьюрига маслаҳат берди 0 15:30Тьяго Алькантара Каталонияга қайтиши мумкин 0 15:09Расман! Пэдди Пимблетт ўз юртида UFC фахрийси билан жанг қилади + ПОСТЕР 0 14:48Рим "Мастерс". Хуберт Гуркач ярим финал остонасида тўхтатилди 0 14:27Том Аспиналл чемпионлик камаридан айрилиши мумкин 0 14:06"Манчестер Юнайтед" собиқ академия мураббийи билан музокараларни бошлади 0 13:45ВАУУУ! IBAнинг янги қимматбаҳо самолётини кўрдингизми? + ФОТО 0 13:24UFC чемпиони Жон Жонс навбатдаги жанги санасини эълон қилди 0 13:03Соболенко қаторисига иккинчи йил ҳам Рим турнири финалида ўйнайди 0 12:42"Ал Насср"нинг ёзги трансфер бозоридаги асосий мақсади маълум. У Салаҳ ёки Де Брюйне эмас! 0 12:21Нурсултон Рўзибоев яна мухлисларга юзланди + ФОТО 0 12:00Конор Макгрегор Усик-Фьюри жангига муносабат билдирди 0 11:39Расман! Муҳаммад Мокаев ҳам Манчестерда жанг ўтказади + ПОСТЕР 0

20 mar 14:02
Yangiliklar

Boshqalar

O'zbekistonda 77 nafar sportchining kelishilgan o'yinlardagi ishtiroki aniqlangan

Teglar :  O'zbekiston
Sport sohasidagi bu kabi ko'ngilni xira qiladigan korrupciya holatlari sohada adolatlilik buzilishiga sabab bo'ladi.

Bazan respublika va xalqaro sport musobaqalarida, futbol o'yinlarida adolatsiz qaror chiqarilgani, hakamlarning qaysidir sportchi yoki jamoaga «sotilgani» haqidagi gap-so'zlar qulog'imizga chalinadi. Tomoshabinlar, ayniqsa, futbol ishqibozlari hakamlarning bir tomonga yon bosganini, ataylab adolatsizlik qilgani yaqqol sezilganini muhokama qilishadi.

Sport sohasidagi bu kabi ko'ngilni xira qiladigan korrupciya holatlari sohada adolatlilik buzilishiga sabab bo'ladi. Malumotlarga qaraganda, yurtimizda 2019-2023 yillarda 30 nafar futbolchi va hakamlar, 8 nafar murabbiy, 7 nafar futbol klublari rahbari va 2 nafar futbol klubi mamuriyati xodimi – jami 77 nafar sportchining kelishilgan o'yinlarda ishtirok etgani aniqlanib, tegishli choralar qo'llanilgan.  

Sportdagi korrupciya holatlari, birinchi navbatda, sportchilar, havaskorlar, millionlab tomoshabinlarning sohaga ishtiyoqi, ishonchi yo'qolishiga sabab bo'ladi. Minglab yoshlarni professional sportga jalb qilish bo'yicha say-harakatlar olib borilayotgan bir vaqtda korrupciyaviy holatlar sportni rivojlantirishga to'siq bo'ladi, teng huquqlilik principi, adolat tamoyillarining buzilishiga olib keladi.  

Endilikda bunday holatlarning oldini olish maqsadida qonunchiligimizda jinoiy javobgarlik masalasi ko'zda tutilmoqda. O'zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi tegishli moddalar bilan to'ldirilib, sport musobaqalari ishtirokchilari va tashkilotchilarining qonunga xilof ravishda moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy manfaatdor bo'lishi hamda sport musobaqalari ishtirokchilari va tashkilotchilarini pora evaziga og'dirib olish uchun jinoiy javobgarlik belgilanmoqda.  

Ushbu tartiblarni o'z ichiga olgan «Sport sohasida korrupciyaning oldini olish maqsadida O'zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga qo'shimchalar kiritish to'g'risida»gi qonun loyihasi ayni paytda parlament quyi palatasida ko'rib chiqilmoqda.  

Takidlash joizki, mazkur qonun loyihasi bilan milliy qonunchiligimiz zamonaviy xalqaro standartlar va ilg'or xorijiy tajribani inobatga olgan holda yanada takomillashadi. Sohada korrupciyaga nisbatan murosasiz munosabat shakllanadi, javobgarlikning muqarrarligi taminlanadi. Pirovard natijada esa sport sohasida halollik, odillik taminlanadi, yoshlarning, ota-onalarning sportga bo'lgan qiziqishi, ishtiyoqi oshadi.  

SHu o'rinda etirof etish lozimki, yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi, ayniqsa, yoshlar o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish uchun zarur shart-sharoitlar va infratuzilmani yaratish, mamlakatning xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirok etishini taminlashga qaratilgan izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Oxirgi ikki yilda sportni rivojlantirish bo'yicha 30 dan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. So'nggi besh yilda esa sohaga qariyb 4 trillion so'm mablag' ajratildi.  

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing