So’nggi yangiliklar

18:57Европа Очиқ чемпионати ғолиби ўз ўқув даргоҳида тақдирланди 0 18:36Ислам Махачев жанг олдидан Чемпионлар лигаси финалини кўрмоқчими? Спортчи жавоб берди 0 18:15"Реал"дагилар Мбаппе жамоага салбий таъсир қилишидан ҳавотир олишмоқда 0 17:51Махачев: "Порье кечирим сўради, лекин барибир уни "финиш" қиламан" 0 17:28Амалдаги "Ролан Гаррос" чемпиони тўртинчи даврага чиқди 0 17:05Роналду "Ал Насср"да қоладими? Клуб раҳбари бу саволга жавоб берди 0 16:44Хабиб Махачевнинг бурчагига қайтаётганига изоҳ берди 0 16:23Султонов 1/2 финалда ўзидан деярли 200 поғона қуйидаги рақибга ютқазди 0 16:02UFC 40 ёшли Муслим Салиховга 37 яшар рақиб берди 0 15:41"Ал Ҳилол" - "Ал Насср" ўйинида мухлислар "Месси! Месси!" дея бақиришди. Неймар ҳам бу ҳайқириқларга қўшилди 0 15:20Стефанос Циципас "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 14:59Дастин Порье Махачевдан кечирим сўради 0 14:38Ҳумоюн Султонов Куршумлия-Баня турнири 1/2 финалида! 0 14:17Бугун Эронда чемпион номи аниқланади. Машарипов ёки Ўрунов олтин медаль олиши мумкин 0 13:56Жейк Пол: "Жанг қолдирилишини оқлайман. Тайсонда ўзини оқлаш учун имкон бўлмасин" 0

18 dek 19:39
Yangiliklar

Og'ir atletika

O'zbekistonlik og'ir atletikachida taqiqlangan moddalar aniqlandi

Teglar :  Og'ir atletika
Sportning barcha turlari bilan shug'ullanuvchilar uchun jismoniy mashqlar g'alabaga eltuvchi asosiy omil hisoblanadi.

Bazi sport turlari uchun esa biologik faol qo'shimchalar, sport ozuqalarini istemol qilish ham talab etiladi, lekin bunday ozuqalarning hammasi ham sportda ruxsat etilmagan yani taqiqlangan bo'lishi mumkin. 

Hamyurtimiz og'ir atletika bo'yicha yoshlar terma jamoasi azosi Maftuna Ismoilova O'zbekiston Milliy antidoping agentligining “Milliy test ro'yxati”ga kiritilgan bo'lib, rejali tarzda doping-nazoratidan o'tishi belgilangan. Ismoilova joriy yilning noyabr oyida o'quv-mashg'ulot yig'ini davomida topshirgan doping-sinamasidaoksandrolon” va “stanozolol” taqiqlangan anabolik gormonal moddalar aniqlandi. Hozirda holat yuzasidan o'rganish ishlari boshlangan.

Butunjahon antidoping agentligining (WADA) Xalqaro testlash va tergov-surishtiruv bo'yicha standarti talablariga asosan, M.Ismoilova joriy yilning 8 noyabr kunidan boshlab mazkur holat O'zbekiston Milliy antidoping agentligi (O'zMADA) tomonidan to'liq o'rganilishi va tegishli qaror chiqazilgunga qadar sport faoliyatidan vaqtincha chetlashtiriladi.

Malumot uchun shuni aytib o'tish joizki, “oksandrolon” va “stanozolol” moddalari ko'p holatlarda turli biologik faol qo'shimchalar tarkibida uchraydi, lekin ishlab chiqaruvchilar tomonidan yo'riqnomada yoki  mahsulotning qadog'ida bu haqida malumot berilmaydi. SHuning uchun tekshirilmagan, ishonchsiz biologik faol qo'shimchalar, sport ozuqalarini istemol qilishda sportchilarimiz etiborli bo'lishlari zarur.

Eslatma! Antidoping qoidalarini buzgan sportchilar, murabbiylar, shifokorlar va boshqa shaxsiy tarkib vakillari uchun jazo muqarrardir!.

Milliy antidoping agentligi Matbuot xizmati

Reyting: -1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing