So’nggi yangiliklar

13:03Соболенко қаторисига иккинчи йил ҳам Рим турнири финалида ўйнайди 0 12:42"Ал Насср"нинг ёзги трансфер бозоридаги асосий мақсади маълум. У Салаҳ ёки Де Брюйне эмас! 0 12:21Нурсултон Рўзибоев яна мухлисларга юзланди + ФОТО 0 12:00Конор Макгрегор Усик-Фьюри жангига муносабат билдирди 0 11:39Расман! Муҳаммад Мокаев ҳам Манчестерда жанг ўтказади + ПОСТЕР 0 11:18Билармидингиз? "Комо" хўжайинининг пули А Сериядаги бошқа барча клуб эгалларининг умумий бойлигидан кўра кўпроқ 0 10:57Рим "Мастерс". Стефанос Циципасда мағлубият 0 10:36Пойтахтимизда стол тенниси бўйича Париж-2024 Олимпиадаси учун лицензион турнир старт олди 0 10:15Бугун 5 нафар боксчимиз Астана турнирида рингга кўтарилади 0 09:54"Интер" афсоналаридан бири "Спартак" устозига айланди 0 09:33Даҳшат! MPL 9 турнири иштирокчиларининг бонус учун қанча мукофот пули олгани маълум 0 09:12Свёнтек Рим турнири бош соврини учун кортга чиқади, бу унинг 25-финали! 0 08:51Самарқанд мезбонлик қиладиган триатлон бўйича Жаҳон кубоги олдидан ташкил этилган матбуот анжуманидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 08:30Франция терма жамоасининг Евро-2024 учун таркиби маълум 0 08:09Ўзбекистонлик собиқ UFC жангчиси Ислам Махачев билан машғулот ўтказди + ФОТО 0

21 avg 14:43
Yangiliklar

Tadbirlar

O'zDJTSU ilmiy-amaliy seminarga mezbonlik qildi

Teglar :  O'zDJTSU
O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida “Talabalar ligasi” sport musobaqalarini yuqori saviyada tashkil etish va o'tkazish bo'yicha Respublika amaliy-seminari bo'lib o'tdi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 3 noyabrdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlarni tayyorlash hamda ilmiy tadqiqotlar tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-414-son, 2023 yil 7 apreldagi “Ommaviy va professional futbolni har tomonlama rivojlantirishning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-115-son qarorlari hamda 2023 yil 11 aprel kunida “Yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish hamda ular bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish” yuzasidan o'tkazgan videoselektor yig'ilishi va 2023 yil 8 maydagi “2026 yil O'zbekistonda bo'lib o'tadigan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga kompleks tayyorgarlik ko'rish hamda shaxmatni ommaviy harakatga aylantirishga oid chora-tadbirlar to'g'risida”gi PQ-150-son qarorida ommaviy sport turlari, jumladan basketbol, voleybol, stol tennisi, shaxmat va futbol sport turlarini rivojlantirish hamda ular bo'yicha “Talabalar ligasi” sport musobaqalarini tashkil etish va o'tkazish kabi bir qator maqsadli ko'rsatkichlar belgilab berilgan.

Ana shu maqsadli ko'rsatkichlar ijrosini taminlash maqsadida O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida O'zbekiston Respublikasi Oliy talim, fan va innovaciyalar vazirligi, O'zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi hamda sport federaciyalari vakillari, respublikadagi mavjud oliy talim muassasalari prorektorlari, sport murabbiylari va professor-o'qituvchilar ishtirokida “Talabalar ligasi” sport musobaqalarini yuqori saviyada tashkil etish va o'tkazish bo'yicha Respublika amaliy-seminari bo'lib o'tdi.

Seminar davomida oliy talim muassasalarida Jismoniy tarbiya va sport kafedralarini tashkil etish, Sport klublar faoliyatini yo'lga qo'yish, “Talabalar ligasi” sport musobaqalarini tashkil etish va o'tkazish hamda davlat oliy talim muassasalarida 2023-2024 o'quv yili uchun talabalarni talabalar turar joy bilan taminlash bo'yicha olib borilayotgan ishlar, o'zaro hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yish kabi muhim masalalar to'g'risida so'z bordi va ular bo'yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Xususan, oxirgi yillarda Respublikada davlat va nodavlat oliy talim muassalarining soni oshgani, shu bilan birga mazkur oliygohlarda faoliyati to'xtatilgan jismoniy tarbiya va sport kafedralarini tiklash, mavjudlarini zamon talablari asosida rivojlantirish, o'quv-metodik adabiyotlar bilan taminlash masalalariga echim izlandi.

SHu bilan birga, jismoniy tarbiya va sport sohasida aholi sog'lig'ini mustahkamlashga ko'maklashadigan aniq dasturlarni amaliyotga joriy etish, yoshlarni sportga keng jalb qilish va ular orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish, sport turlari bo'yicha yuqori natijalarni taminlaydigan mahoratli sportchilar bilan milliy terma jamoalarni shakllantirish va trenerlar uchun qo'shimcha shart-sharoitlar yaratish borasida tizimli ishlarni tashkil etishga etibor qaratildi.

Seminar yakunida ishtirokchilar oliygohning talabalar turar joylari, sport inshootlari va ularda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

Ilhom Rahmonov tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing