So’nggi yangiliklar

17:51Махачев: "Порье кечирим сўради, лекин барибир уни "финиш" қиламан" 0 17:28Амалдаги "Ролан Гаррос" чемпиони тўртинчи даврага чиқди 0 17:05Роналду "Ал Насср"да қоладими? Клуб раҳбари бу саволга жавоб берди 0 16:44Хабиб Махачевнинг бурчагига қайтаётганига изоҳ берди 0 16:23Султонов 1/2 финалда ўзидан деярли 200 поғона қуйидаги рақибга ютқазди 0 16:02UFC 40 ёшли Муслим Салиховга 37 яшар рақиб берди 0 15:41"Ал Ҳилол" - "Ал Насср" ўйинида мухлислар "Месси! Месси!" дея бақиришди. Неймар ҳам бу ҳайқириқларга қўшилди 0 15:20Стефанос Циципас "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 14:59Дастин Порье Махачевдан кечирим сўради 0 14:38Ҳумоюн Султонов Куршумлия-Баня турнири 1/2 финалида! 0 14:17Бугун Эронда чемпион номи аниқланади. Машарипов ёки Ўрунов олтин медаль олиши мумкин 0 13:56Жейк Пол: "Жанг қолдирилишини оқлайман. Тайсонда ўзини оқлаш учун имкон бўлмасин" 0 13:35Aktobe Open 2024. Шахматчиларимиз 7-турда қандай натижа қайд этишди? 0 13:14Азиза Зокирова лицензияга бир қадам қолганда қоқилди 0 12:53Жуд Беллингем ЕЧЛ финали ҳақида гапирди 0

04 apr 07:56
Yangiliklar

Tadbirlar

O'zDJTSU xabarlari: Sportchi-talabalar “Mohir oshpaz”chempionatida bellashishdi FOTOREPORTAJ

Teglar :  O'zDJTSUBadminton
O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida bayram tadbirlari davom etmoqda.

O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Sportni boshqarish va turizm fakulteti tashabbusi bilan “Yashil makon” umummiliy loyihasi doirasida universitet eko olamini yanada yaxshilashga hissa qo'shish maqsadida 150 tup manzarali, 100 tup mevali ko'chatlar ekishdi.

SHuningdek, ko'chat ekish doirasida fakultetning barcha yo'nalish talabalari ishtirokida o'ziga xos tarzda “Mohir oshpaz”tanlovi ham tashkil etildi.

Ilk bor tashkil etilgan “Mohir oshpaz” tanlovida talabalar tomonidan 20 dan ortiq qozonlarda palov tayyorlanib, bahoriy taomlar bilan bezatilgan dasturxonlarga tortiq qilindi. Eng mazali osh tayyorlagan sportchi-talabalar fakultet rahbariyati tomonidan munosib taqdirlanishdi.

O'zDJTSU  talabalari o'rtasida badminton bo'yicha “Badminton ligasi” nomli  bellashuvlar tashkil etildi. Mazkur musobaqa universitetning Badminton, tennis nazariyasi va uslubiyati kafedrasi, universitet sport klubi hamda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O'zbekiston Liberal-demokratik partiyasi (O'zLiDeP) CHirchiq shahar Kengashi bilan hamkorligida bo'lib o'tdi.

Ikki kun davomidagi qizg'in bellashuvlarning yakuniy natijalariga ko'ra, o'g'il bolalar o'rtasida uchinchi bosqich talabasi Abdulla Abdullaev barcha raqiblarini ortda qoldirib, faxrli birinchi o'rinni qo'lga kiritdi. Qizlar o'rtasidagi bahslarda esa ikkinchi bosqich talabasi O'g'iloy Temirovaga teng keladigan raqiba topilmadi.

G'olib va sovrindor badmintonchilar diplom, medal va esdalik sovg'alari bilan mukofotlanishdi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing