So’nggi yangiliklar

15:20Стефанос Циципас "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 14:59Дастин Порье Махачевдан кечирим сўради 0 14:38Ҳумоюн Султонов Куршумлия-Баня турнири 1/2 финалида! 0 14:17Бугун Эронда чемпион номи аниқланади. Машарипов ёки Ўрунов олтин медаль олиши мумкин 0 13:56Жейк Пол: "Жанг қолдирилишини оқлайман. Тайсонда ўзини оқлаш учун имкон бўлмасин" 0 13:35Aktobe Open 2024. Шахматчиларимиз 7-турда қандай натижа қайд этишди? 0 13:14Азиза Зокирова лицензияга бир қадам қолганда қоқилди 0 12:53Жуд Беллингем ЕЧЛ финали ҳақида гапирди 0 12:31"Кўриб қўясизлар". Ислам Махачев мухлисларга мурожаат қилди 0 12:10"Пол, бу сенга кўпроқ вақт берди". 57 ёшли Тайсон жанг қолдирилганига изоҳ берди 0 11:48Париж-2024 ареналари: Эйфель минорасининг ёнида жойлашган “Гран-Пале-Эфемер” билан танишинг 0 11:27Қозоғистон терма жамоасига янги бош мураббий тайинланди. Унинг йиллик маоши 1,2 миллион евро 0 11:05UFC 302 турнири иштирокчилари тарозида қандай вазн кўрсатишди? 0 10:44Бугун Азиза Зокирова Бангкокдаги турнирда жанг қилади 0 10:21Бивол рақибидан бироз оғир чиқди 0

18 apr 13:03
Yangiliklar

Bolalar sporti

“Pahlavon”da toblanayotgan istedodlar

Sport bilan oshno bo'lish, sport orqali muvaffaqiyatlarga erishish insonda sabr-toqat, metin irodani talab etadi.

Agar tanlangan sport turi gimnastikaga ixtisoslashgan bo'lsa yanayam murakkab.  Lekin mashaqqatlardan cho'chimay, murabbiy ko'rsatmasiga so'zsiz amal qilib, maqsad-marra sari dadil qadam tashlagan o'g'il-qizlarga rosti tasanno aytib, havas qilsang arziydi.    

Namangan viloyat Jimoniy tarbiya va sport boshqarmasi tasarrufidagi Gimnastikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabida tarbiyalanayotgan sportchi-o'quvchilarning irodasiga qoyil, deyish mumkin. 

Mazkur gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabida ayni paytda 548 nafar o'g'il-qizlar sportning badiiy gimnastika, trampolin, akrobatika hamda sport gimnastika turlari bilan muntazam mashg'ulotlarga kirishgan. 

Quvonarlisi, 27 nafar malakali murabbiylar qo'l ostida sport sirlarini o'rganayotgan bolalar o'tkazilayotgan mamlakat va xalqaro miqyosidagi chempionatlarda, turnirlarda ishtirok etib, sovrindorlar qatoridan joy olishga muvaffaq bo'lishmoqda. 

Misol uchun, trampolin sport turi bilan shug'ullanayotgan Mohirbek Olimjonov, Samirbek Usmonovlar respublika terma jamoasi safida Indoneziyada bo'lib o'tgan Osiyo o'yinlarida ishtirok etishgan bo'lsa, 2020 yili Yaponiyada o'tadigan navbatdagi Yozgi olimpiya o'yinlariga nomzod sifatida ko'rsatilgan va hozirda reyting ochkolarini to'plab borishmoqda.  

SHuningdek, trampolin bo'yicha 2018 yil mart oyida sport maktabida o'tkazilgan O'zbekiston chempionatida o'quvchilar uchta oltin, to'rtta kumush, oltita bronza medallarini qo'l kiritishgan. May oyida Toshkentda o'tgan trampolin bo'yicha O'zbekiston chempionatida (yoshlar) ikkita oltin, uchta bronza, iyun oyida Toshkent shahrida 15 yosh va undan kichik bo'lgan yoshlar o'rtasidagi O'zbekiston chempionatida (trampolin) uchta oltin, ikkita kumush, bitta bronza medallariga erishilgan. 

SHu yilning mart oyida (Toshkent) kattalar o'rtasida bo'lib o'tgan (trampolin) mamlakat chempionatida bitta oltin, to'rtta kumush va uchta bronza medaliga ega chiqishgan. Sportning nafis turi sanalagan badiiy gimnastika turi bilan shug'ullanuvchi qizaloqlarning   natijalarini ham etirofga sazovor, deyish mumkin. 

2018 yilning aprel oyida poytaxtimizda tashkil etilgan “Kubok rossotrudnichestva” nomli ochiq turnirda ishtirok etgan yigirma nafar badiiy gimnastikachi qizlar sovrinli o'rinlarni egallab, medallar bilan qaytishgan. 2018 yil oktyabr oyida Toshkentda o'tgan klublar o'rtasidagi xalqaro turnirda uchta oltin, bitta kumush, to'rtta bronza, 2018 yil noyabr oyida yoshlar o'rtasida respublika ochiq turnirida (Toshkent) bitta oltin, ikkita kumush, bitta bronza, 2018 yil dekabr oyida Urganchda “Gimnastika hamma uchun” nomdagi O'zbekiston chempionatining jamoaviy bellashuvlarida o'n nafar sportchi-qizlar ikkinchi o'rinni band etib, kumush medallar bilan taqdirlanishgan. 

Akrobatika, sport gimnastikasida ham shunday sovrinli natijalarni ko'rish mumkin. Asila Jo'raeva, Elnara Abduxaeva, Mushtariy Nuriddinova (badiiy gimnastika), Ruslan Qayumov. Natalya Perelygina, Georgiy Kim (trampolin), Bobur Foziljonov, Farrux Rahmatullaev (akrobatika) singari jonkuyar murabbiylar shogirdlarining bu kabi natijalarga erishayotganidan mamnun bo'lib, yanada mashg'ulotlarga zo'r berishgan. 

Yana bir gap. Sport maktabida o'quvchilarga nafaqat sport bo'yicha, balki ularning manaviyati yuksalishi, fikrlash qobiliyati kengayishi uchun mujaz kutubxona ham tashkil etilgan. Kutubxonada  o'zbek va jahon adabiyotining nodir asarlari, mashhur sportchilar va sport turlari tarixidan so'zlovchi kitoblarni mutoola qilish imkoniyati mavjud.

Akmal RAHMONOV, gimnastikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabi direktori: 

- O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3 iyundagi “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlar to'g'risida”gi PQ 3031-sonli Qarori hamda 2018 yil 20 senyatbr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev raisligida jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish bo'yicha istiqboldagi muhim vazifalar to'g'risida o'tkazilgan yig'ilishda belgilab berilgan topshiriqlar ijrosini taminlash maqsadida olib borilayotgan ishlar bois, jismoniy tarbiya va sportga bo'lgan etibor aholi orasida, ayniqsa, yoshlar o'rtasida yanayam ommalashmoqda. Sport maktabimizda ham har tong ishlar ertalabki badantarbiyadan boshlanadi. Bunda barcha murabbiylar, texnik xodimlar, yon atrofimizda joylashgan mahallarlarda istiqomat qilayotgan yoshlar, kattalar birgalikda gimnastika mashg'ulotlarida ishtirok etishadi.  Ertalabki soat oltidan sakkizgacha esa, yoshi ulug' onaxonlar gimnastika zalida sog'lomlashtirish mashqlarini bajarishadi. Murabbiylarimiz shuningdek, belgilangan rejaga muvofiq, talim muassasalarida, tashkilot va korxonalarda bo'lib, master klass uslubida ertalabki badantarbiya-gimnastika mashg'ulotlarini o'tishadi va shu orqali keng jamoatchilikni sportga jalb etish, sportda iqtidorli yoshlarni saralash ishlarini olib borishadi. 

Maqsadimiz - yaratilgan shart-sharoitlardan oqilono foydalanib, o'g'il-qizlarimizni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ommaviylikkga etibor qaratib, istedodli yoshlarni katta sport sari etaklash va mamlakat terma jamoalari safida YURT shanini ulug'lashdan iborat bo'ladi.

Darhaqiqat, barcha sport maktablarida bo'lgani kabi Namangan shahriga o'zgacha ko'rk berib turgan “Pahlovon” nomli sport majmuasida joylashgan ushbu sport maktabida ham ish qizg'in, mashg'ulotlar ayni avj pallasida. CHunki, 24-28 aprel kunlari trampolin bo'yicha yoshlar o'rtasidagi O'zbekiston chempionati xuddi shu majmuada o'tadi. Maqsad-marra sari intilgan shogirdlar  ustozlar ko'magida mashg'ulotlarda toblanishmoqda. Demak, chempionlar soni yana ko'payadi, istedodlar bo'y ko'rsataveradi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing