So’nggi yangiliklar

18:36Ислам Махачев жанг олдидан Чемпионлар лигаси финалини кўрмоқчими? Спортчи жавоб берди 0 18:15"Реал"дагилар Мбаппе жамоага салбий таъсир қилишидан ҳавотир олишмоқда 0 17:51Махачев: "Порье кечирим сўради, лекин барибир уни "финиш" қиламан" 0 17:28Амалдаги "Ролан Гаррос" чемпиони тўртинчи даврага чиқди 0 17:05Роналду "Ал Насср"да қоладими? Клуб раҳбари бу саволга жавоб берди 0 16:44Хабиб Махачевнинг бурчагига қайтаётганига изоҳ берди 0 16:23Султонов 1/2 финалда ўзидан деярли 200 поғона қуйидаги рақибга ютқазди 0 16:02UFC 40 ёшли Муслим Салиховга 37 яшар рақиб берди 0 15:41"Ал Ҳилол" - "Ал Насср" ўйинида мухлислар "Месси! Месси!" дея бақиришди. Неймар ҳам бу ҳайқириқларга қўшилди 0 15:20Стефанос Циципас "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 14:59Дастин Порье Махачевдан кечирим сўради 0 14:38Ҳумоюн Султонов Куршумлия-Баня турнири 1/2 финалида! 0 14:17Бугун Эронда чемпион номи аниқланади. Машарипов ёки Ўрунов олтин медаль олиши мумкин 0 13:56Жейк Пол: "Жанг қолдирилишини оқлайман. Тайсонда ўзини оқлаш учун имкон бўлмасин" 0 13:35Aktobe Open 2024. Шахматчиларимиз 7-турда қандай натижа қайд этишди? 0

31 avg 07:49
Yangiliklar

Eshkak eshish, Olimpiya o'yinlari

Paralimpiya o'yinlari yo'llanmasini qo'lga kiritgan sportchilarimizga 100 mln so'm topshirildi

Xabar berganimizdek, 21-25 avgust kunlari Vengriyaning Seged shahrida para kanoeda eshkak eshish bo'yicha jahon chempionati bo'lib o'tdi.

Tokio-2020 Paralimpiya o'yinlariga yo'llanma beruvchi mazkur musobaqa O'zbekiston terma jamoasi uchun ham muvaffaqiyatli o'tib, unda vakillarimiz Paralimpiya o'yinlariga 3 ta yo'llanmani qo'lga kiritishdi.

Jahon chempionatida SHahnoza Mirzaeva KL3 yo'nalishida oltin medal va Paralimpiada licenziyasi, Azizbek Abdulhabibov hamda Hayitmurod SHerqo'ziev sovrinli o'rinlarga ilina olishmagan bo'lishsa ham, Paralimpiya o'yinlariga yo'llanma beruvchi pog'onada finishga etib kelishgan edi. 

O'zbekiston Milliy Paralimpiya associaciyasida Tokio-2020 Paralimpiya o'yinlariga yo'llanma qo'lga kiritgan sportchilar va ularning murabbiylarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. 

Unda Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari Oybek Kasimov, MOQ vice-prezidenti Saken Polatov, MOQ prezidenti maslahatchisi Nazirjon Xudoyqulov, Paralimpiya associaciyasi rahbari Muxtorxon Toshxo'jaev va OAV vakillari ishtirok etishdi. 

Tadbirda Oybek Kasimov va Sakent Polatov so'zga chiqib, Prezidentimiz tomonidan qaratilayotgan bunday etibor sportchilarning yangi g'alabalariga poydevor bo'lishini takidlab, ularning kelgusidagi faoliyatida ham omad va zafarlar tilab o'tishdi. 

Paralimpiya associaciyasi rahbari Muxtorxon Toshxo'jaev esa quyidagi fikrlarni bildirib o'tdi:

“Avvalo, sizlarning jahon chempionatida qayd etgan natijangiz bilan muborakbod etaman. Biz sizlar bilan faxrlanamiz va sizlar bizning faxrimizsiz. SHug'ullanishlaringiz uchun etarli shart-sharoitlar yaratib berayotgan hukumatimizga ham tashakkur aytib o'tmoqchiman. Umid qilamizki, Tokio Paralimpiadasidan bundan ham yuqori natijalar bilan qaytib, Vatanimiz dovrug'ini yanada yuksaklarga ko'tarasizlar”. 

Belgilanganidek, Paralimpiya o'yinlariga yo'llanma olgan sportchilarimiz 100 million, ularning murabbiylariga esa 50 million so'm miqdorida mukofot pullari topshirildi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing