So’nggi yangiliklar

17:15Тарихда илк бор "Мастерс" 1/2 финалида икки чилилик ўйнайди 0 16:54Тонали – АПЛда мавсумнинг энг омадсиз трансфери 0 16:33Саудиядагилар Бивол-Бетербиев жангини қачон ўтказмоқчи? 0 16:12Кубаро Ҳакимова яна Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! 0 15:51Ибрагимович Усикка қарши жанг қиладиган Фьюрига маслаҳат берди 0 15:30Тьяго Алькантара Каталонияга қайтиши мумкин 0 15:09Расман! Пэдди Пимблетт ўз юртида UFC фахрийси билан жанг қилади + ПОСТЕР 0 14:48Рим "Мастерс". Хуберт Гуркач ярим финал остонасида тўхтатилди 0 14:27Том Аспиналл чемпионлик камаридан айрилиши мумкин 0 14:06"Манчестер Юнайтед" собиқ академия мураббийи билан музокараларни бошлади 0 13:45ВАУУУ! IBAнинг янги қимматбаҳо самолётини кўрдингизми? + ФОТО 0 13:24UFC чемпиони Жон Жонс навбатдаги жанги санасини эълон қилди 0 13:03Соболенко қаторисига иккинчи йил ҳам Рим турнири финалида ўйнайди 0 12:42"Ал Насср"нинг ёзги трансфер бозоридаги асосий мақсади маълум. У Салаҳ ёки Де Брюйне эмас! 0 12:21Нурсултон Рўзибоев яна мухлисларга юзланди + ФОТО 0

25 apr 15:22
Yangiliklar

Parij-2024

Parij-2024 startiga 3 oydan kamroq vaqt qoldi. Olimpiada O'zbekiston hududida translyaciya qilinadimi?

To'rt yillikning eng nufuzli musobaqasi hisoblangan Olimpiya o'yinlari startiga tobora oz fursat qolmoqda.

Pandemiya sabab bu galgi Olimpiadani uch yilgina kutishga to'g'ri keldi. Los-Anjeles Olimpiadasidan boshlab yana hammasi avvalgi to'rt yillik rejimiga qaytadi. Aynan shu katta musobaqa startiga yaqin qolgani sari har safar eng ko'p beriladigan savolga duch kelaveramiz - Olimpiada O'zbekiston hududida ko'rsatiladimi?

Parij-2024 Olimpiadasi ostonasida ham kunda-kunora sportga befarq bo'lmagan hamyurtlarimizdan shu mazmundagi savollar bisyor bo'lyapti. Istemolchi, soliq to'lovchi sifatida so'rashga, balki talab qilish haqlari bordir. Bu savolning javobini esa hozircha hech kim aniq ayta olmaydi. 

Nega? Sababi oddiy, hamma narsa moliyaga borib taqalyapti. Bizdagi xabarlarga ko'ra, Parij-2024 Olimpiadasi translyaciya huquqini sotib olish uchun 1,5 million dollar atrofida mablag' kerak bo'ladi. Uch yil oldin Tokio Olimpiadasi uchun O'zbekistonga taklif qilingan translyaciya summasi 1 million dollar atrofida bo'lgandi. 

Kanallarining ko'pligi, qudratligigi, yaralganidan to shu kungacha davlat byudjetida boqimanda bo'lib o'tirishidan kelib chiqsak, bu summani O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi ko'tara oladi. Lekin yana bizgacha etib kelgan malumotlarga tayanamiz, ayni paytda MTRK bunday katta miqdordagi summani Olimpiadani ko'rsatish uchun to'lamoqchi emas. 

Malumot uchun, MTRKga davlat byudjetidan 2024 yil uchun 559 mlrd 913,6 mln so'm mablag' ajratilgan. Ozgina mubolag'a bo'lsa-da, ko'rsatuv efiridan reklama efir vaqti ko'p, shuncha pul qaerga ketadi, deya o'rinli savol berishingiz mumkin. Reklamadan tushadigan pulning 75 foizi MTRKga, qolgan 25 foiz ulushi reklama efirga ketgan (o'zi mashaqqat bilan topgan) o'sha kanal hisob raqamiga kelib tushadi. Hozir ham shunday bo'lsa kerak, har holda 1-2 yil oldin shunday edi. Qolaversa, kanallar MTRKga "qarashli" avtobaza hamda kameralar ijarasi uchun otni kallasidek pul to'laydi. O'sha bir yillik MTRKning u cho'ntagidan bunisiga solinadigan pulga lizingga bir nechta engil mashina xarid qilsa, zamonaviy kameralar olsa bo'ladi. Lekin hozirgi tizimda holatida buning imkoni yo'q. Mayli, ozgina o'tlab ketdik, yana mavzuga qaytamiz.       

Yaqinda MTRKga yangi rais tayinlandi. Alisher Xadjaev deyarli 10 yillik "hukmronlik"dan so'ng o'z o'rnini Abdurashid Jo'raboevga bo'shatib berdi. Jo'raboev mehnat faoliyati davomida Prezident maslahatchisi o'rinbosari, Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, madaniyat, manaviyat, ommaviy axborot vositalari, ijodiy va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyati mudiri va Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Axborot va kommunikaciya texnologiyalari masalalari qo'mitasi raisi lavozimlarida faoliyat ko'rsatgan. 2023 yil 14 fevraldan Bosh vazir kotibiyati rahbari lavozimida ishlab kelayotgan edi. 

Olimpiada translyaciyasi xaridida Jo'raboevning sportga qay darajada qiziqishi ham muhim omil bo'lsa kerak. Bizdagi xabarlarga tayansak, bunday emas. Hozirda Sport vazirligi va Milliy Olimpiya qo'mitasi MTRK bilan bu borada muzokara olib boryapti. Balki, Olimpiadaga qancha yaqin qolsa, shuncha narx arzonlashadi deb kutilayotgan bo'lishi ham mumkin. Endi bu yog'iga kutishdan o'zga chora yo'q. Sport muxlislari qatori biz ham ijobiy xabarlar bo'lib qolishidan umidvormiz!    

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing