So’nggi yangiliklar

14:27Том Аспиналл чемпионлик камаридан айрилиши мумкин 0 14:06"Манчестер Юнайтед" собиқ академия мураббийи билан музокараларни бошлади 0 13:45ВАУУУ! IBAнинг янги қимматбаҳо самолётини кўрдингизми? + ФОТО 0 13:24UFC чемпиони Жон Жонс навбатдаги жанги санасини эълон қилди 0 13:03Соболенко қаторисига иккинчи йил ҳам Рим турнири финалида ўйнайди 0 12:42"Ал Насср"нинг ёзги трансфер бозоридаги асосий мақсади маълум. У Салаҳ ёки Де Брюйне эмас! 0 12:21Нурсултон Рўзибоев яна мухлисларга юзланди + ФОТО 0 12:00Конор Макгрегор Усик-Фьюри жангига муносабат билдирди 0 11:39Расман! Муҳаммад Мокаев ҳам Манчестерда жанг ўтказади + ПОСТЕР 0 11:18Билармидингиз? "Комо" хўжайинининг пули А Сериядаги бошқа барча клуб эгалларининг умумий бойлигидан кўра кўпроқ 0 10:57Рим "Мастерс". Стефанос Циципасда мағлубият 0 10:36Пойтахтимизда стол тенниси бўйича Париж-2024 Олимпиадаси учун лицензион турнир старт олди 0 10:15Бугун 5 нафар боксчимиз Астана турнирида рингга кўтарилади 0 09:54"Интер" афсоналаридан бири "Спартак" устозига айланди 0 09:33Даҳшат! MPL 9 турнири иштирокчиларининг бонус учун қанча мукофот пули олгани маълум 0

03 fev 22:30
Yangiliklar

Og'ir atletika

Poytaxtimiz mezbonlik qilayotgan Osiyo chempionatining ochilish marosimi o'tkazildi (FOTO)

Toshkentda og'ir atletika bo'yicha kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionati start oldi.

Bugun “Yunusobod sport majmuasi” mezbonlik qilayotgan musobaqaning tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Tadbirda Xalqaro og'ir atletika federaciyasi prezidenti (IWF) Muhammad Jalud, O'zbekiston Respublikasi Sport vaziri Adham Ikramov, O'zbekiston MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, shuningdek, IWF hamda Osiyo og'ir atletika federaciyasining rasmiylari ishtirok etishdi.

Rasmiylar o'z nutqlarida Parij-2024 Olimpiya o'yinlari uchun qimmatli reyting ochkolarini taqdim etayotgan mazkur musobaqa katta ahamiyatga ega ekani, O'zbekiston unga munosib tayyorgarlik ko'rgani haqida to'xtalishdi. Xususan, Adham Ikramov og'ir atletika mamlakatimiz yoshlarining sevimli sport turlaridan biriga aylanib borayotgani, davlatimizning qo'llab-quvvatlashi bilan so'nggi yillarda Toshkent turli yosh toifalaridagi qita va jahon chempionatlarini muvaffaqiyatli o'tkazganini eslab o'tdi.

Eslatib o'tamiz, bu galgi qita birinchiligida Osiyoning 34 mamlakatidan 250 nafarga yaqin eng kuchli og'ir atletikachilari jam bo'lishdi. Bugun erkaklar va ayollar o'rtasidagi eng engil vazn toifalarida medallar jamlanmasi o'ynalmoqda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing