So’nggi yangiliklar

19:39"Барселона" Онанани харид қилмоқчи 0 19:18Арина Соболенко "Ролан Гаррос" 1/8 финалига чиқди 0 18:57Европа Очиқ чемпионати ғолиби ўз ўқув даргоҳида тақдирланди 0 18:36Ислам Махачев жанг олдидан Чемпионлар лигаси финалини кўрмоқчими? Спортчи жавоб берди 0 18:15"Реал"дагилар Мбаппе жамоага салбий таъсир қилишидан ҳавотир олишмоқда 0 17:51Махачев: "Порье кечирим сўради, лекин барибир уни "финиш" қиламан" 0 17:28Амалдаги "Ролан Гаррос" чемпиони тўртинчи даврага чиқди 0 17:05Роналду "Ал Насср"да қоладими? Клуб раҳбари бу саволга жавоб берди 0 16:44Хабиб Махачевнинг бурчагига қайтаётганига изоҳ берди 0 16:23Султонов 1/2 финалда ўзидан деярли 200 поғона қуйидаги рақибга ютқазди 0 16:02UFC 40 ёшли Муслим Салиховга 37 яшар рақиб берди 0 15:41"Ал Ҳилол" - "Ал Насср" ўйинида мухлислар "Месси! Месси!" дея бақиришди. Неймар ҳам бу ҳайқириқларга қўшилди 0 15:20Стефанос Циципас "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 14:59Дастин Порье Махачевдан кечирим сўради 0 14:38Ҳумоюн Султонов Куршумлия-Баня турнири 1/2 финалида! 0

01 iyu 12:41
Yangiliklar

Tadbirlar

Prezident topshirig'i yuzasidan hududlarga tashrif: MOQ rahbariyati Buxoro viloyatida

Teglar :  MOQBuxoro
SHavkat Mirziyoev raisligida o'tkazilgan videoselektorda sport sohasiga oid qator muhim masalalar muhokama qilinib, kamchilik va muammolarni bartaraf etish bo'yicha mutasaddilarga tegishli ko'rsatmalar berilgan edi.

Bu borada O'zbekiston MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov hamda MOQ raisi o'rinbosari, O'zbekiston boks federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari Saken Polatov boshchiligidagi mutasaddilar Buxoro viloyatida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishishdi.

Mutasaddilarning aynan ushbu viloyatga tashrif buyurishi bejiz emas. Sababi, videoselektorda davlatimiz rahbari selekciya ishlarini yanada kuchaytirish, sport talim muassasalari faoliyatini yaxshilash bo'yicha Buxoro viloyati misolida aniq yo'nalish ko'rsatib bergan. 

Safar davomida ishchi guruh viloyat Olimpiya zaxiralari kollejida sport federaciyalari, shuningdek, BO'SM va IBO'SMlarda faoliyat olib borayotgan murabbiylar bilan uchrashuv o'tkazdi. Unda quyi bo'g'indan – bolalar sportidan ularni professional sportchi darajasida tayyorlash bosqichigacha bo'lgan tizimni qanday shakllantirish, ularni tayyorlashda malakali trenerlarni, hakamlik korpusini rivojlantirish bo'yicha fikr almashishdi.

O'z navbatida, mutasaddilar iqtidorli yoshlarni selekciya qilishning yangi mexanizmini yo'lga qo'yish bo'yicha mulohazani o'rtaga tashlashdi. Bunda tuman va shaharlar, sektorlar miqyosida maxsus musobaqalar tashkil etish, ularda saralangan sportchilar keyinchalik viloyat, so'ng Respublika chempionatlarida ishtirok etishi haqidagi misollar keltirib o'tilgan. Uchrashuv yakunida mahalliy mutaxassislar yangi mexanizm tashabbusini qo'llab-quvvatlab, uni yanada takomillashtirish bo'yicha o'z takliflarini bildirishdi.

O'zbek boksi yulduzlaridan biri Abbos Atoevning boks maktabiga tashrif ham MOQ rahbarlarida katta taassurot qoldirdi. Yaqinda foydalanishga topshirilgan dzyudo zali, bojxona boshqarmasiga qarashli sport maydoni ham ko'zdan kechirildi.

Kunning ikkinchi qismida esa baydarka va kanoe majmuasi, Bolalar va o'smirlar sport maktablari, shuningdek, Ixtisoslashtirilgan bolalar va o'smirlar sport maktablari va yana bir qator sport obektlariga tashrif amalga oshirildi.

Kechga yaqin MOQ rahbariyati vakillari mahalla qizlari o'rtasida chim ustida xokkey bo'yicha Buxoro viloyati prokurori kubogining final uchrashuvi va taqdirlash marosimida ishtirok etdilar. O'sha erning o'zida chim ustida xokkeyga mo'ljallangan arenani viloyat yoshlari uchun qayta tamirlash bo'yicha fikr almashishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing