So’nggi yangiliklar

15:30Тьяго Алькантара Каталонияга қайтиши мумкин 0 15:09Расман! Пэдди Пимблетт ўз юртида UFC фахрийси билан жанг қилади + ПОСТЕР 0 14:48Рим "Мастерс". Хуберт Гуркач ярим финал остонасида тўхтатилди 0 14:27Том Аспиналл чемпионлик камаридан айрилиши мумкин 0 14:06"Манчестер Юнайтед" собиқ академия мураббийи билан музокараларни бошлади 0 13:45ВАУУУ! IBAнинг янги қимматбаҳо самолётини кўрдингизми? + ФОТО 0 13:24UFC чемпиони Жон Жонс навбатдаги жанги санасини эълон қилди 0 13:03Соболенко қаторисига иккинчи йил ҳам Рим турнири финалида ўйнайди 0 12:42"Ал Насср"нинг ёзги трансфер бозоридаги асосий мақсади маълум. У Салаҳ ёки Де Брюйне эмас! 0 12:21Нурсултон Рўзибоев яна мухлисларга юзланди + ФОТО 0 12:00Конор Макгрегор Усик-Фьюри жангига муносабат билдирди 0 11:39Расман! Муҳаммад Мокаев ҳам Манчестерда жанг ўтказади + ПОСТЕР 0 11:18Билармидингиз? "Комо" хўжайинининг пули А Сериядаги бошқа барча клуб эгалларининг умумий бойлигидан кўра кўпроқ 0 10:57Рим "Мастерс". Стефанос Циципасда мағлубият 0 10:36Пойтахтимизда стол тенниси бўйича Париж-2024 Олимпиадаси учун лицензион турнир старт олди 0

03 iyu 12:23
Yangiliklar

Tadbirlar, Bolalar sporti

Prezident topshiriqlari ijrosi yuzasidan Jizzaxda ham tushuntirish ishlari olib borildi

Teglar :  Jizzax
O'zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vaziri Adxam Ikramov boshchiligidagi Ishchi guruh Jizzax viloyatida bo'ldi.

Safar avvalida Ishchi guruh azolari Jizzax Olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejini ko'zdan kechirdi. Bu erda mavjud sport obektlarining holati o'rganilib, amalga oshirish rejalashtirilayotgan qurilish ishlari loyihalari bilan tanishildi va kelgusi rejalar borasida o'zaro fikr almashildi.

SHundan so'ng vazir boshchiligidagi Ishchi guruh azolari Jizzax viloyat futbol mahorati maktabiga ham tashrif buyurishdi va bu erda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. SHu bilan birga ushbu maskanda bo'lajak futbolchilar uchun barcha sharoitlarni yaratib berish lozimligi uqtirilib, sport talimi sifati darajasini yana-da oshirish bo'yicha zarur tavsiyalar berildi.

Malumki, joriy yil 23-may kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev raisligida sport talimini yaxshilash, iqtidorli sportchilarni saralash va ularning zaxirasini yaratish hamda murabbiylarni tayyorlash bo'yicha ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig'ilishi o'tkazilib, unda vazirlik zimmasiga ham bir qator vazifalar yuklatilgan edi.

Sportni rivojlantirish vaziri Adxam Ikramov Jizzax viloyatiga tashrifi doirasida mazkur topshiriqlar yuzasidan yig'ilish o'tkazdi. Unda Jizzax viloyati hokimining birinchi o'rinbosari Abduvali Mustanov ham ishtirok etdi.

Tadbirda davlatimiz rahbari tomonidan soha rivojini yangi darajaga olib chiqish borasida belgilab berilgan vazifalar va ularni amalga oshirish mexanizmi yuzasidan viloyatdagi sport talimi muassasalarining rahbarlari, viloyat Sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi xodimlari va tuman bo'limlari vakillari bilan tushuntirish ishlari olib borildi.

Malumot uchun, Sportni rivojlantirish vaziri boshchiligidagi Ishchi guruh hududlar bo'yicha o'rganish ishlarini davom ettirmoqda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing