So’nggi yangiliklar

17:15Тарихда илк бор "Мастерс" 1/2 финалида икки чилилик ўйнайди 0 16:54Тонали – АПЛда мавсумнинг энг омадсиз трансфери 0 16:33Саудиядагилар Бивол-Бетербиев жангини қачон ўтказмоқчи? 0 16:12Кубаро Ҳакимова яна Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! 0 15:51Ибрагимович Усикка қарши жанг қиладиган Фьюрига маслаҳат берди 0 15:30Тьяго Алькантара Каталонияга қайтиши мумкин 0 15:09Расман! Пэдди Пимблетт ўз юртида UFC фахрийси билан жанг қилади + ПОСТЕР 0 14:48Рим "Мастерс". Хуберт Гуркач ярим финал остонасида тўхтатилди 0 14:27Том Аспиналл чемпионлик камаридан айрилиши мумкин 0 14:06"Манчестер Юнайтед" собиқ академия мураббийи билан музокараларни бошлади 0 13:45ВАУУУ! IBAнинг янги қимматбаҳо самолётини кўрдингизми? + ФОТО 0 13:24UFC чемпиони Жон Жонс навбатдаги жанги санасини эълон қилди 0 13:03Соболенко қаторисига иккинчи йил ҳам Рим турнири финалида ўйнайди 0 12:42"Ал Насср"нинг ёзги трансфер бозоридаги асосий мақсади маълум. У Салаҳ ёки Де Брюйне эмас! 0 12:21Нурсултон Рўзибоев яна мухлисларга юзланди + ФОТО 0

22 apr 15:15
Yangiliklar

Bolalar sporti

Qashqadaryodagi sport obektlarining holati o'rganildi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev hududlar iqtisodiyoti, aholi turmush sharoiti bilan yaqindan tanishish maqsadida Qashqadaryo viloyatiga tashrif buyurdi.

Davlat rahbarining tashrifi munosabati bilan hukumat azolari ham ayni paytda ushbu viloyatda bo'lib turishibdi.

Xususan, Sportni rivojlantirish vaziri Adxam Ikramov hamda vazir maslahatchisi Avazjon Karimovlar Qashqadaryoga tashrifi doirasida viloyatdagi bir qator sport obektlarining bugungi holati, ulardagi mavjud sharoitlarni ko'zdan kechirishdi.

Dastavval mehmonlar Qarshi olimpiya zaxiralari kollejida bo'lib, sportchilarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar. Bu erda vazirga kollej hududida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan qurilish ishlari loyihasi taqdim etildi.

SHuningdek, vazir boshchiligidagi Ishchi guruh azolari kollejning oshxonasi va yuvinish xonalaridagi holatlarni o'rganib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan masul xodimlarga tegishli ko'rsatmalar berishdi.

Ayni paytda Qarshi olimpiya zaxiralari kolleji manejida sportning voleybol turi bo'yicha 2004-yilda tug'ilgan o'smirlar va qizlar o'rtasida O'zbekiston chempionati bo'lib o'tmoqda. Vazir ushbu musobaqa jarayonlarini ham bevosita kuzatdi.

SHundan so'ng Ishchi guruh azolari Qarshi shahridagi Gimnastikaga ixtisoslashtirilgan bolalar va o'smirlar sport maktabiga ham tashrif buyurishdi va ushbu maskanda yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi. Ushbu sport talim muassasasining sport jihozlari bilan taminlanish holati, sport inventarlarining etarli yoki etarli emasligi, ularning sifati borasida mutaxassislar bilan o'zaro fikr almashildi. SHuningdek, tibbiyot xonasidagi holat, o'quvchi-yoshlarga birlamchi tibbiy yordam ko'rsatish uchun dori-darmonlar bilan taminlanish darajasi o'rganildi.

Takidlash kerak, mazkur o'rganishlardan ko'zlangan maqsad, eng avvalo mavjud holat bilan yaqindan tanishish, kamchiliklarni bartaraf etish hamda kelajak uchun istiqbolli rejalarni belgilab olishdan iborat.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing