11 may 19:49
Yangiliklar
Boks/MMA
Qozog'istonlik jahon chempioni Olimpiadadagi asosiy raqiblari haqida gapirdi
Boks bo'yicha Qozog'iston terma jamoasi azosi Mahmud Sabirxan Parij Olimpiadasidagi asosiy raqiblari haqidagi savolga javob berdi.
"Yangi vazn toifasida bir necha musobaqalarda qatnashdim va o'zimni ko'rsatdim. Endi mening maqsadim - Olimpiya o'yinlariga yaxshi tayyorgarlik ko'rish.
Mening orzum - Olimpiya o'yinlaridan uyga g'alaba bilan qaytish. Raqiblar oddiy bo'lmaydi. AQSH, Kuba va O'zbekistondan juda kuchli bokschilar bo'lishadi. Har qanday raqibga tayyor bo'lish uchun ham qattiq tayyorgarlik ko'ryapmiz", - dedi Sabirxan.
Eslatib o'tamiz, Parij Olimpiadasida Mahmud Sabirxan -57 kg vazn toifasida ishtirok etadi. Ushbu vaznda O'zbekiston sharafini Abdumalik Xalokov himoya qiladi.
Havola :
Manba : olympic.kz
Fikrlar