So’nggi yangiliklar

15:20Стефанос Циципас "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 14:59Дастин Порье Махачевдан кечирим сўради 0 14:38Ҳумоюн Султонов Куршумлия-Баня турнири 1/2 финалида! 0 14:17Бугун Эронда чемпион номи аниқланади. Машарипов ёки Ўрунов олтин медаль олиши мумкин 0 13:56Жейк Пол: "Жанг қолдирилишини оқлайман. Тайсонда ўзини оқлаш учун имкон бўлмасин" 0 13:35Aktobe Open 2024. Шахматчиларимиз 7-турда қандай натижа қайд этишди? 0 13:14Азиза Зокирова лицензияга бир қадам қолганда қоқилди 0 12:53Жуд Беллингем ЕЧЛ финали ҳақида гапирди 0 12:31"Кўриб қўясизлар". Ислам Махачев мухлисларга мурожаат қилди 0 12:10"Пол, бу сенга кўпроқ вақт берди". 57 ёшли Тайсон жанг қолдирилганига изоҳ берди 0 11:48Париж-2024 ареналари: Эйфель минорасининг ёнида жойлашган “Гран-Пале-Эфемер” билан танишинг 0 11:27Қозоғистон терма жамоасига янги бош мураббий тайинланди. Унинг йиллик маоши 1,2 миллион евро 0 11:05UFC 302 турнири иштирокчилари тарозида қандай вазн кўрсатишди? 0 10:44Бугун Азиза Зокирова Бангкокдаги турнирда жанг қилади 0 10:21Бивол рақибидан бироз оғир чиқди 0

31 jan 11:04
Yangiliklar

Boshqalar

Quyi CHirchiqda “Yangi O'zbekiston yoshlari birlashaylik!” shiori ostida sport musobaqalari tashkil etildi

Teglar :  Ommaviy sport
Mahalla yoshlarining bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida bir qator ommaviy sport tadbirlari uyushtirildi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori ijrosini taminlash maqsadida Toshkent viloyati mhallalarida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. 

CHunonchi, mahalladagi yoshlar etakchisi faoliyatini namunaviy tashkil etish maqsadida Toshkent viloyati Quyi CHirchiq tumani “Paxtazor” mahallasi tanlab olindi.

Malumot uchun: “Paxtazor” mahallasida jami 3 853 nafar aholi istiqomat qilib kelmoqda. Mahallada 30 yoshgacha bo'lgan yoshlarning umumiy soni 1 790 nafar bo'lib, shundan maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar 508 nafar, 7-17 yoshli bolalar 735 nafar hamda 18-30 yoshlilar esa 547 nafarni tashkil qiladi.

Sog'lom turmush tarzini ommalashtirish maqsadida “Yangi O'zbekiston yoshlari birlashaylik!” shiori ostida sport musobaqalari tashkil etildi. Respublika sport federaciyalari va associaciyalari ishtirokida malakali hakamlar va mutaxassislar tomonidan tashkil etilgan musobaqalar yoshlarda katta qiziqish uyg'otdi.

“Paxtazor” sport o'yingohida futbol bo'yicha “Hokim kubogi” musobaqasi o'tkazildi. Unda mahallaning 14 ta ko'chasidan tuzilgan jamoalar o'zaro musobaqalashmoqda. Dastlabki kungi saralash bosqichida 8 ta jamoa tarkibida jami 80 nafar mahalla yoshlari futbolchi sifatida ishtirok etdi. SHuningdek, musobaqalar davomida 460 nafarga yaqin yoshlar ham tomoshabin sifatida qamrab olindi.

Voleybol bo'yicha mahalla xotin-qizlari o'rtasida tashkil etilgan “Prokuror kubogi” musobaqasida kechagi bahslarda jami 40 nafar xotin-qiz ishtirokchi sifatida jalb etildi. Kamondan otish musobaqasi esa mahalla yoshlari va Milliy gvardiya xodimlari ishtirokida tashkil qilindi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing