So’nggi yangiliklar

12:21Нурсултон Рўзибоев яна мухлисларга юзланди + ФОТО 0 12:00Конор Макгрегор Усик-Фьюри жангига муносабат билдирди 0 11:39Расман! Муҳаммад Мокаев ҳам Манчестерда жанг ўтказади + ПОСТЕР 0 11:18Билармидингиз? "Комо" хўжайинининг пули А Сериядаги бошқа барча клуб эгалларининг умумий бойлигидан кўра кўпроқ 0 10:57Рим "Мастерс". Стефанос Циципасда мағлубият 0 10:36Пойтахтимизда стол тенниси бўйича Париж-2024 Олимпиадаси учун лицензион турнир старт олди 0 10:15Бугун 5 нафар боксчимиз Астана турнирида рингга кўтарилади 0 09:54"Интер" афсоналаридан бири "Спартак" устозига айланди 0 09:33Даҳшат! MPL 9 турнири иштирокчиларининг бонус учун қанча мукофот пули олгани маълум 0 09:12Свёнтек Рим турнири бош соврини учун кортга чиқади, бу унинг 25-финали! 0 08:51Самарқанд мезбонлик қиладиган триатлон бўйича Жаҳон кубоги олдидан ташкил этилган матбуот анжуманидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 08:30Франция терма жамоасининг Евро-2024 учун таркиби маълум 0 08:09Ўзбекистонлик собиқ UFC жангчиси Ислам Махачев билан машғулот ўтказди + ФОТО 0 07:48Олимпиада совриндорлари Париж-2024 йўлланмаси учун Самарқандда кураш олиб боради. Триатлон бўйича Жаҳон кубоги олдидан матбуот анжумани ташкил этилди 0 07:27Осиё чемпионатининг иккинчи куни тўрт нафар таэквондочимиз даянга чиқади 0

24 apr 20:15
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

"Ring qiroli": Angliyalik eng yosh chempionning ayanchli tarixi (Mutolaa uchun)

Bundan 243 yil avval, 1781 yilning 15 aprelida boks bo'yicha Angliyaning eng yosh chempioni Jem Belcher Bristol shahrida dunyoga kelgan.

Qisqa faoliyati davomida «Ring qiroli» va «Napaleon» nomini olgan Belcher bir vaqtning o'zida ikkita vvazn toifasida chempion bo'lishga va o'sha davrning juda mashhur bokschilarini mag'lub etishga muvaffaq bo'lgan. Jemning taqdiriga bokschi bo'lish yozilgan edi. Uning ona tomondan bobosi Jek Slek ham bokschi bo'lgan va hatto 18-19-asrlarda boks qoidalar to'plaminining tuzuvchisi Jon Brotonni taslim etgan. SHuning uchun, Belcher bolaligidanoq boks bilan shug'ullanishni boshlagan. 

Malumotlarga qaraganda, qahramonimiz 12 yoshidan ringda jang qilishni boshlagan hamda 17 yoshida butun mamlakatga tanilgan. Rasmiy uchrashuvlarda ikkita g'alaba qozongach, Jem Angliyaning amaldagi chempioni Tom Jonson bilan o'rta vazn chempionligi uchun kurashgan. O'sha yillarda janglar noyob qoidalarga muvofiq bo'lib o'tardi, unda raundlar davomida hech qanday cheklovlar yo'q edi va raundlarning vaqti cheklanmagandi. Bahs bokschilardan biri polga qulab tushgunga qadar davom etgan. SHundan so'ng o'zini yo'qotib qo'ygan sportchi o'ziga kelib olishi uchun 30 soniya vaqt berilar edi, agar u o'ziga kelsa, bahs davom ettirilgan. O'sha davrlarda to'qnashuvlar soatlab davom etishi mumkin bo'lgan, ammo yosh Belcherga Jonsonga qarshi bahsdagi g'alaba uchun 30 daqiqa kerak bo'ldi, xolos. Bularning barchasi qahramonimiz 18 yoshga to'lishiga 3 kun qolganida sodir bo'ldi. 

Angliyalik bokschi bu bilan to'xtab qolmadi. 6 oy o'tgach, 1800 yilning yanvar oyida Jem og'ir vazn toifasida o'zini sinab ko'rmoqchi bo'ldi. Belcherning o'zi bo'lsa, taxminan 70 kg og'irlikda edi va u umuman og'ir vazn uchun to'g'ri kelmasdi. O'sha paytda Angliyaning amaldagi chempioni bo'lgan tajribali Jek Bartolomey ham tabiiy og'ir vaznli emasdi, lekin Jem bilaan solishtirilganda u ancha kattaroq ko'rinardi. Tajriba va o'lcham Jekda kattaroq edi. Belcher va Bartolomey bahsi soatlab davom etdi va yakunda durang bilan o'z nihoyasiga etdi. CHarchagan bokschilar durangga rozi bo'lishdi, keyin esa revansh jangiga kelishib olishdi. Ikkinchi to'qnashuvda Jem ilk raundda imkoniyatni boy berdi, biroq kelgusi raundlarda u tashabbusni o'z qo'liga oldi hamda raqibi ustidan zafar quchdi. 18 yoshida ikki karra Angliya chempioni bo'lishga erishdi. Jem noyob bokschi edi, zamonaviy texnikaga ega edi va o'z uslubiga ega bo'lgan jangchilarda biri hisoblangan. 

Yillar davomida angliyalik o'z unvonlarini munosib himoya qildi va har safar qarshilik darajasini oshirib bordi, agar bunday qilmasa, kelgusi duellarda yutqazib qo'yishini bilardi. Ammo u yo'lidan chiqqan barcha raqiblarini yakson qildi.

Keyin bo'lsa Belcher kunini barlarda o'tkazishni boshladi. Jemni ichishdan ko'ra, ko'proq qiziqtirgan narsa jang edi. 1807 yilda u boksga qaytdi va tengdoshi Tom Kribbga qarshi jang qildi. Tom 40 dan ortiq bokschilarni “er tishlatgandi”. Qahramonimizda g'alaba qozonish uchun yaxshi imkoniyatlar mavjud edi, biroq raqibini mag'lub eta olmadi hamda Kribb Jemning hujumiga dosh berib, amallab bo'lsa-da uni taslim etdi. Ikki yil o'tgach, Belcher butun pulini o'ziga tikib, Tomga qarshi yana bahs o'tkazdi. U mardonavor kurashdi, lekin yana ko'p zarba o'tkazib yubordi. Jang 30 raunddan ortiq davom etdi, ammo ikkinchi bahsda ham engildi va depressiyaga tushib qoldi. 

To'qnashuvdan keyin Jem barda janjal keltirib chiqardi hamda hibsga olindi. U bir oy qamoqda o'tirdi. Bu vaqt ichida sog'lig'ida jiddiy muammolar kuzatila boshladi. Belcher pnevmoniya ortidan vafot etdi, uning jigari spirtli ichimliklar ortidan qattiq zararlangan edi. “Ring qiroli” o'zidan o'chmas iz qoldirdi. U o'z davrining eng kuchli va mashhur bokschisi sifatida tarixga muhrlandi. Taniqli yozuvchi Artur Konan Doyl o'zining "Rodni Stoun" romanida Jem Belcher haqida eslab o'tgandi. Qolaversa, “Jangchi: Uzuk qiroli” badiiy filmi ham afsonaviy bokschining hayoti haqida yaratilgan edi.

Habib Jo'raboev tarjimasi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing