So’nggi yangiliklar

16:33Саудиядагилар Бивол-Бетербиев жангини қачон ўтказмоқчи? 0 16:12Кубаро Ҳакимова яна Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! 0 15:51Ибрагимович Усикка қарши жанг қиладиган Фьюрига маслаҳат берди 0 15:30Тьяго Алькантара Каталонияга қайтиши мумкин 0 15:09Расман! Пэдди Пимблетт ўз юртида UFC фахрийси билан жанг қилади + ПОСТЕР 0 14:48Рим "Мастерс". Хуберт Гуркач ярим финал остонасида тўхтатилди 0 14:27Том Аспиналл чемпионлик камаридан айрилиши мумкин 0 14:06"Манчестер Юнайтед" собиқ академия мураббийи билан музокараларни бошлади 0 13:45ВАУУУ! IBAнинг янги қимматбаҳо самолётини кўрдингизми? + ФОТО 0 13:24UFC чемпиони Жон Жонс навбатдаги жанги санасини эълон қилди 0 13:03Соболенко қаторисига иккинчи йил ҳам Рим турнири финалида ўйнайди 0 12:42"Ал Насср"нинг ёзги трансфер бозоридаги асосий мақсади маълум. У Салаҳ ёки Де Брюйне эмас! 0 12:21Нурсултон Рўзибоев яна мухлисларга юзланди + ФОТО 0 12:00Конор Макгрегор Усик-Фьюри жангига муносабат билдирди 0 11:39Расман! Муҳаммад Мокаев ҳам Манчестерда жанг ўтказади + ПОСТЕР 0

27 avg 22:39
Yangiliklar

Boks/MMA, Futbol, Zamonaviy beshkurash

Rufat Risqiev va yana bir guruh sport sohasi vakillari davlat mukofotiga loyiq ko'rildi

Teglar :  BoksRufat Risqiev
Prezident farmoni

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev yaqinlashib kelayotgan Vatanimiz mustaqilligining yigirma to'qqiz yilligi munosabati bilan fan, talim, adabiyot, madaniyat, sanat, sport va ommaviy axborot vositalari sohalari xodimlaridan bir guruhini davlat mukofotlari bilan taqdirladi. Mazkur farmonda shunday deyiladi:

Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlashga qo'shgan munosib hissasi, o'zining yorqin istedodi, serqirra ijodi, ilmiy-innovacion faoliyati bilan mamlakatimizning ilm-fan, madaniyat va sanat sohalarini rivojlantirish, yosh avlodni ona yurtga muhabbat va sadoqat ruhida har tomonlama barkamol etib tarbiyalash yo'lidagi samarali xizmatlari hamda jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun quyidagilar faxriy unvonlar bilan taqdirlansin:

“O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sport ustozi” faxriy unvoni bilan
Haydarov Ravshan Akmalovich – futbol bo'yicha O'zbekiston yoshlar (U-23) terma jamoasi bosh murabbiyi

“O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sportchi” faxriy unvoni bilan
Ahmedov Odil Alimjonovich – futbol bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi azosi

“Do'stlik” ordeni bilan
Risqiev Rifat Asadovich – faxriy sportchi

Yugay Lev Pavlovich – Milliy tadqiqot texnologiya universitetining Olmaliq filiali matematika va umumiy kasbiy fanlar kafedrasi mudiri

“Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan
Gaziev Bahromjon Valievich – O'zbekiston zamonaviy beshkurash federaciyasi raisi

“Sog'lom turmush” medali bilan
Arslonov Najib Gadievich – Sport yakkakurashlari bo'yicha respublika oliy sport mahorati maktabi boks bo'limi murabbiyi

Boydadaev Abdujabbor Abdusattorovich – Uchqo'rg'on tumani olimpiya va milliy sport turlari bo'yicha ixtisoslashtirilgan maktab-internati direktori o'rinbosari, Namangan viloyati

Li Lyudmila Rudolfovna – Gimnastika bo'yicha respublika oliy sport mahorati maktabi sport gimnastikasi bo'yicha murabbiy-o'qituvchisi

Paxomov Vladimir Yurevich – Respublika ixtisoslashtirilgan bolalar va o'smirlar sport maktabi akademik eshkak eshish bo'yicha katta murabbiy-o'qituvchisi

O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi mana shunday faxriy unvon, orden va medallar bilan taqdirlangan barcha sport fidoyilarini samimiy muborakbod etib qoladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing