So’nggi yangiliklar

17:51Махачев: "Порье кечирим сўради, лекин барибир уни "финиш" қиламан" 0 17:28Амалдаги "Ролан Гаррос" чемпиони тўртинчи даврага чиқди 0 17:05Роналду "Ал Насср"да қоладими? Клуб раҳбари бу саволга жавоб берди 0 16:44Хабиб Махачевнинг бурчагига қайтаётганига изоҳ берди 0 16:23Султонов 1/2 финалда ўзидан деярли 200 поғона қуйидаги рақибга ютқазди 0 16:02UFC 40 ёшли Муслим Салиховга 37 яшар рақиб берди 0 15:41"Ал Ҳилол" - "Ал Насср" ўйинида мухлислар "Месси! Месси!" дея бақиришди. Неймар ҳам бу ҳайқириқларга қўшилди 0 15:20Стефанос Циципас "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 14:59Дастин Порье Махачевдан кечирим сўради 0 14:38Ҳумоюн Султонов Куршумлия-Баня турнири 1/2 финалида! 0 14:17Бугун Эронда чемпион номи аниқланади. Машарипов ёки Ўрунов олтин медаль олиши мумкин 0 13:56Жейк Пол: "Жанг қолдирилишини оқлайман. Тайсонда ўзини оқлаш учун имкон бўлмасин" 0 13:35Aktobe Open 2024. Шахматчиларимиз 7-турда қандай натижа қайд этишди? 0 13:14Азиза Зокирова лицензияга бир қадам қолганда қоқилди 0 12:53Жуд Беллингем ЕЧЛ финали ҳақида гапирди 0

15 noy 16:08
Yangiliklar

Karate

Sadriddin Saymatov: Maqsadim – karate bo'yicha ilk Olimpiya oltin medalni Vatanimga taqdim etish

Karantin sababli musobaqalari keyinga qoldirilgan sport turlaridan biri bu karate WKFdir.

O'zbekiston terma jamoasi azolari bu fursatdan unumli foydalangan holda, asosiy etiborni texnik va taktik mashg'ulotlarga qaratgan. -60 kg vazn toifasida O'zbekiston terma jamoasi azosi, ko'p karra O'zbekiston chempioni, Osiyo chempioni, Islom Birdamligi o'yinlari g'olibi Sadriddin Saymatov bilan intervyu uyushtirdik.

— Katta ehtimol bilan aytish mumkinki, bu yil taqvim bo'yicha xalqaro musobaqalar yo'q. Mashg'ulotlarda sizga nima motivaciya beryapti?

— Biz sportchilar muayyan bir musobaqa uchun emas, yurt shanini har daqiqada himoya qilish uchun tayyor bo'lishimiz shart. Meni ruhlantiradigan jihat shu. Maqsadim Vatanimiz bayrog'ini yuksak cho'qqida ko'rish va bunga oz bo'lsa-da, o'z hissamni qo'shish. Nufuzli musobaqalar oldinda va bu oxirgisi bo'lib qolmaydi. Yirik turnirlarga oz vaqt qoldi va bunga ko'zlarimni katta ochgan holda jiddiy tayorgarlik ko'rishim kerak. Raqiblarim men dam olgan paytda menga qarshi texnik va taktik tayyorgarlik ko'rishmoqda. Ko'nglida maqsadi bor sportchi hech qachon qandaydir sabablarni o'ylab, to'xtab qolishi kerak emas. To'xtagan odam vaqti kelib o'tirgisi keladi, o'tirgan odam cho'zilib yotsam deydi. Yotgan odamning esa orzulari o'ladi va u tirik murdadan farqi qolmaydi.

— Karantindan keyingi yig'inlar avvalgilardan nimasi bilan farqli o'tyapti?

— Hozirda bizda etarli vaqt bo'lganligi sababli ko'proq aqliy mashg'ulotlar, kuzatuvchanlik, jismoniy va texnik jihatlarga ko'proq urg'u beryapmiz.

— Asosiy raqiblarni his qilish uchun mashg'ulotlarda nimalarga etibor qilinyapti?

— Hozirda ko'plab raqiblarimiz huddi biz singari musobaqalarga chiqmayapti va biz oldingi taktik uslublarga yangi qo'shimchalar qo'shib, texnik xatolar ustida ishlab, tayyorgarlik ko'rmoqdamiz.

— Orzular haqida gapirdingiz. Reja va maqsadlar qanday?

— Oldinda musobaqalarimiz ko'p. Ularga jiddiy hozirlik ko'rib, Olimpiya o'yinlariga yo'llanma beruvchi musobaqadan muvaffaqiyatli o'tishni, Olimpiadada yurtimiz sharafini munosib himoya qilishni, karate bo'yicha ilk Olimpiada oltin medalini yurtdoshlarimizga taqdim etishni o'z oldimga maqsad qilib qo'yganman.

Eslatib o'tamiz, hozirda jamoamiz Toshkent viloyatidagi «SHirin buloq» maskanida yig'in o'tkazmoqda. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing