So’nggi yangiliklar

16:33Саудиядагилар Бивол-Бетербиев жангини қачон ўтказмоқчи? 0 16:12Кубаро Ҳакимова яна Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! 0 15:51Ибрагимович Усикка қарши жанг қиладиган Фьюрига маслаҳат берди 0 15:30Тьяго Алькантара Каталонияга қайтиши мумкин 0 15:09Расман! Пэдди Пимблетт ўз юртида UFC фахрийси билан жанг қилади + ПОСТЕР 0 14:48Рим "Мастерс". Хуберт Гуркач ярим финал остонасида тўхтатилди 0 14:27Том Аспиналл чемпионлик камаридан айрилиши мумкин 0 14:06"Манчестер Юнайтед" собиқ академия мураббийи билан музокараларни бошлади 0 13:45ВАУУУ! IBAнинг янги қимматбаҳо самолётини кўрдингизми? + ФОТО 0 13:24UFC чемпиони Жон Жонс навбатдаги жанги санасини эълон қилди 0 13:03Соболенко қаторисига иккинчи йил ҳам Рим турнири финалида ўйнайди 0 12:42"Ал Насср"нинг ёзги трансфер бозоридаги асосий мақсади маълум. У Салаҳ ёки Де Брюйне эмас! 0 12:21Нурсултон Рўзибоев яна мухлисларга юзланди + ФОТО 0 12:00Конор Макгрегор Усик-Фьюри жангига муносабат билдирди 0 11:39Расман! Муҳаммад Мокаев ҳам Манчестерда жанг ўтказади + ПОСТЕР 0

31 okt 09:07
Yangiliklar

Karate

SHinkiokushinkay karatechilarimizning Dushanbe turniridagi muvaffaqiyati + FOTOGALEREYA

Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida shinkiokushinkay karate bo'yicha xalqaro musobaqa bo'lib o'tdi.

Markaziy Osiyo davlatlari hamda Eron Islom Respublikasidan 6 yoshdan 15 yoshgacha sportchilar ishtirok etgan turnirda yurtimiz sport sharafini shixan 5-DAN qora belbog' sohibi Mutal Nazarov boshchiligidagi yosh karatechilarimiz himoya qilishdi. 

NUR-HAS karate markazi tarbiyalanuvchilaridan Xolboev Mirzohid 10 yoshlilar orasida 30 kg vazn toifasida oltin medal sohibiga aylandi. 45 kg vaznda tatamiga chiqqan Nazarov Muhammadali 12 yoshlilarda, Umidjonov Umarjon (28 kg) 8 yoshlilar orasida kumush medalga sazovor bo'ldi. O'n ikki yashar Abduraupov Ozodbek (+45 kg) esa bronza medali bilan taqdirlandi. 

Xalqaro musobaqa yakunida O'zbekiston va Tojikiston shinkiokushinkay karate federaciyalari o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Unga ko'ra, ikki davlat sportchilari o'rtasida qo'shma o'quv-mashg'ulot yig'inlari, murabbiylar va hakamlar uchun seminarlar o'tkaziladi. 

G'olib va sovrindorlarni tantanali taqdirlash marosimidan so'ng Mutal Nazarov Tojikiston Respublikasi sport va yoshlar ishlari bo'yicha qo'mita rahbari Abdullo Rahmonzoda hamda mamlakat SHinkiokushinkay karate federaciyasi prezidenti Rustam Yusupovga esdalik sovg'alari topshirdi.  

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing