So’nggi yangiliklar

15:51Ибрагимович Усикка қарши жанг қиладиган Фьюрига маслаҳат берди 0 15:30Тьяго Алькантара Каталонияга қайтиши мумкин 0 15:09Расман! Пэдди Пимблетт ўз юртида UFC фахрийси билан жанг қилади + ПОСТЕР 0 14:48Рим "Мастерс". Хуберт Гуркач ярим финал остонасида тўхтатилди 0 14:27Том Аспиналл чемпионлик камаридан айрилиши мумкин 0 14:06"Манчестер Юнайтед" собиқ академия мураббийи билан музокараларни бошлади 0 13:45ВАУУУ! IBAнинг янги қимматбаҳо самолётини кўрдингизми? + ФОТО 0 13:24UFC чемпиони Жон Жонс навбатдаги жанги санасини эълон қилди 0 13:03Соболенко қаторисига иккинчи йил ҳам Рим турнири финалида ўйнайди 0 12:42"Ал Насср"нинг ёзги трансфер бозоридаги асосий мақсади маълум. У Салаҳ ёки Де Брюйне эмас! 0 12:21Нурсултон Рўзибоев яна мухлисларга юзланди + ФОТО 0 12:00Конор Макгрегор Усик-Фьюри жангига муносабат билдирди 0 11:39Расман! Муҳаммад Мокаев ҳам Манчестерда жанг ўтказади + ПОСТЕР 0 11:18Билармидингиз? "Комо" хўжайинининг пули А Сериядаги бошқа барча клуб эгалларининг умумий бойлигидан кўра кўпроқ 0 10:57Рим "Мастерс". Стефанос Циципасда мағлубият 0

22 apr 07:48
Yangiliklar

Engil atletika

SHohruh Davlatov va Ekaterina Tunguskova “BYD Song Pro” sohibiga aylanishdi + FOTO

Dunyoning 45 mamlakatidan kelgan havaskor va professional sportchilarni o'zida jamlagan BYD Toshkent VI xalqaro marafoni o'z g'oliblarini aniqladi.

Jami 6000 nafarga yaqin ishtirokchini jamlagan ommaviy sport tadbiri ko'tarinki ruhda o'tdi.

Tantanali ochilish marosimida Sport vazirligi, Milliy Olimpiya qo'mitasi, mamlakat engil atletika va triatlon federaciyalari va musobaqa tashkiliy qo'mitasi rahbariyati, shuningdek, BYD LLC kompaniyasining yurtimizdagi vakili Ivan Kao ishtirok etdi. 

So'z olgan rasmiylar Toshkent xalqaro marafoni yildan yilga o'z nufuzini mustahkamlab borayotgani, hamyurtlarimiz orasida ommaviy sportni targ'ib qilishda muhim tadbirga aylangani haqida to'xtalishdi.

SHundan so'ng poygalarga start berildi. Ishtirokchilar 3, 10 km, yarim marafon va marafon masofalariga yugurish bo'yicha bellashishdi. Yakunda hamyurtlarimiz orasida yarim marafon va marafon bo'yicha eng yaxshi natija ko'rsatgan SHohruh Davlatov va Ekaterina Tunguskova bosh sovrin – “BYD Song Pro” avtomobilini qo'lga kiritishdi.

Boshqa yo'nalishlardagi a g'olib va sovrindorlar:

3 km, erkaklar:
1. Eldor Botirov (O'zbekiston) – 08:05
2. Viktor Curenko (O'zbekiston) – 08:21
3. Diyorbek Ahmedov(O'zbekiston) – 08:24

Ayollar:
1. Marjona Oqqo'zieva (O'zbekiston) – 09:16
2. Xayotxon Abdumannopova (O'zbekiston) – 09:36
3. Mohizarbegim Avazjonova (O'zbekiston) – 10:44

10 km, erkaklar:
1. Hasan Mirsoatov (O'zbekiston) – 33:32
2. Aleksandr Salaxuddinov (O'zbekiston) – 33:36
3. Rahimjan Kelmanov (O'zbekiston) – 33:49

Ayollar:
1. Azizaxon Mirzakbarova (O'zbekiston) – 38:49
2. Darya Antropova (O'zbekiston) – 35:50
3. Anastasiya Silchenkova (O'zbekiston) – 39:46

Yarim marafon, erkaklar:
1. Rinat Axmadeev (Rossiya) – 1:03:22
2. SHohruh Davlatov (O'zbekiston) – 1:04:22
3. Evgeniy Fadeev (O'zbekiston) – 1:06:47

Ayollar:
1. Mariya Korobitskaya (Qozog'iston) – 1:12:53
2. Aynuska Kalil kizi (Qirg'iziston) – 1:15:22
3. Mohinabonu Komilova (O'zbekiston) – 1:23:04

Marafon, erkaklar:
1. Vladislav Primov (Belarus) – 2:18:39
2. Baxtiyor O'tkirov (O'zbekiston) – 2:23:30
3. Iliya Tyapkin (Qirg'iziston) – 2:24:53

Ayollar:
1. Ekaterina Tunguskova (O'zbekiston) – 2:40:58
2. SHohsanam Xurramova (O'zbekiston) – 2.44:30
3. Elena Tolstix (Rossiya) – 2:49:30

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing