So’nggi yangiliklar

16:33Саудиядагилар Бивол-Бетербиев жангини қачон ўтказмоқчи? 0 16:12Кубаро Ҳакимова яна Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! 0 15:51Ибрагимович Усикка қарши жанг қиладиган Фьюрига маслаҳат берди 0 15:30Тьяго Алькантара Каталонияга қайтиши мумкин 0 15:09Расман! Пэдди Пимблетт ўз юртида UFC фахрийси билан жанг қилади + ПОСТЕР 0 14:48Рим "Мастерс". Хуберт Гуркач ярим финал остонасида тўхтатилди 0 14:27Том Аспиналл чемпионлик камаридан айрилиши мумкин 0 14:06"Манчестер Юнайтед" собиқ академия мураббийи билан музокараларни бошлади 0 13:45ВАУУУ! IBAнинг янги қимматбаҳо самолётини кўрдингизми? + ФОТО 0 13:24UFC чемпиони Жон Жонс навбатдаги жанги санасини эълон қилди 0 13:03Соболенко қаторисига иккинчи йил ҳам Рим турнири финалида ўйнайди 0 12:42"Ал Насср"нинг ёзги трансфер бозоридаги асосий мақсади маълум. У Салаҳ ёки Де Брюйне эмас! 0 12:21Нурсултон Рўзибоев яна мухлисларга юзланди + ФОТО 0 12:00Конор Макгрегор Усик-Фьюри жангига муносабат билдирди 0 11:39Расман! Муҳаммад Мокаев ҳам Манчестерда жанг ўтказади + ПОСТЕР 0

09 apr 16:06
Yangiliklar

Bolalar sporti

Sirdaryo viloyati hokimi “5 tashabbus olimpiadasi”ning ochilishida qatnashdi hamda futbol o'ynadi

Sirdaryo viloyati hokimi “5 tashabbus olimpiadasi”ning ochilishida qatnashdi hamda futbol o'ynadi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 92-sonli qarori ijrosini taminlash hamda joriy yil 1-aprel kuni davlatimiz rahbari boshchiligida yoshlar o'rtasida ommaviy sportni rivojlantirish chora-tadbirlariga bag'ishlab o'tkazilgan yig'ilishda berilgan topshiriqlari ijrosini taminlash maqsadida Sirdaryo viloyatida yoshlar o'rtasida sog'lom turmush tarzi va sportni ommalashtirish, ularni ko'chabay va mahallabay kesimida sport tadbirlariga jalb etish maqsadida “5 tashabbus olimpiadasi” doirasida sport musobaqalariga start berildi.



Sport musobaqalarining ochilish marosimi bayramona tarzda tashkil etildi. Unda Sirdaryo viloyat hokimi, senator G'ofurjon Mirzaev so'zga chiqib, so'nggi yillarda mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanish uchun keng imkoniyatlar yaratib berilayotgani, jumladan shu maqsadda Sirdaryo viloyatida ham so'nggi uch yilda 9ta sport majmuasi, mahallalarda 167ta Workout, 27ta stritbol, 17ta badminton, 21ta mini-futbol maydonchalari foydalanishga topshirilgani, aholining salomatligini mustahkamlash uchun 78,84 km uzunlikda salomatlik yo'laklari va 54,46 km uzunlikdagi veloyo'laklar, 20dan ortiq fitnes zallari barpo etilib, foydalanish uchun yoshlar ixtiyoriga topshirilgani, shuningdek, bu boradagi ishlarni har bir tuman va shaharlar kesimida faol davom ettirgan holda “Salomatlik yo'laklari”, velosiped yo'laklari va sport maydonchalari qurishni davom etirish hamda taraqqiyot strategiyasida belgilab berilgan jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug'ullanadigan aholi sonini keyingi besh yilda 33 foizga etkazishni eng asosiy maqsad qilib olish zarurligini alohida takidlab o'tdi.



Ochilish marosimi yakunida Sirdaryo viloyati hokimi boshchiligidagi mahalla jamoasi hamda viloyat Sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig'i jamoasi o'rtasida mini-futbol bo'yicha o'rtoqlik uchrashuvi tashkil etildi. Quvnoq kayfiyatda va samimiy ruhda kechgan o'rtoqlik o'yinida do'stlik g'alaba qozondi.


SHundan so'ng viloyat bo'ylab ko'chabay musobaqalar boshlab yuborildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing