So’nggi yangiliklar

16:33Саудиядагилар Бивол-Бетербиев жангини қачон ўтказмоқчи? 0 16:12Кубаро Ҳакимова яна Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! 0 15:51Ибрагимович Усикка қарши жанг қиладиган Фьюрига маслаҳат берди 0 15:30Тьяго Алькантара Каталонияга қайтиши мумкин 0 15:09Расман! Пэдди Пимблетт ўз юртида UFC фахрийси билан жанг қилади + ПОСТЕР 0 14:48Рим "Мастерс". Хуберт Гуркач ярим финал остонасида тўхтатилди 0 14:27Том Аспиналл чемпионлик камаридан айрилиши мумкин 0 14:06"Манчестер Юнайтед" собиқ академия мураббийи билан музокараларни бошлади 0 13:45ВАУУУ! IBAнинг янги қимматбаҳо самолётини кўрдингизми? + ФОТО 0 13:24UFC чемпиони Жон Жонс навбатдаги жанги санасини эълон қилди 0 13:03Соболенко қаторисига иккинчи йил ҳам Рим турнири финалида ўйнайди 0 12:42"Ал Насср"нинг ёзги трансфер бозоридаги асосий мақсади маълум. У Салаҳ ёки Де Брюйне эмас! 0 12:21Нурсултон Рўзибоев яна мухлисларга юзланди + ФОТО 0 12:00Конор Макгрегор Усик-Фьюри жангига муносабат билдирди 0 11:39Расман! Муҳаммад Мокаев ҳам Манчестерда жанг ўтказади + ПОСТЕР 0

29 mar 16:45
Yangiliklar

Regbi

Sodiq Safoev O'zbekiston regbi federaciyasi raisligiga qayta saylandi

Teglar :  RegbiSodiq Safoev
Bugun O'zbekiston regbi federaciyasining navbatdagi hisobot-saylov konferenciyasi bo'lib o'tdi.

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o'rinbosari, O'zbekiston regbi federaciyasi raisi Sodiq Safoev, O'zbekiston sport faxriylari kengashi raisi Bahodir Maxsitov, Sport o'yinlari buyicha Respublika oliy sport mahorati maktabi direktori Jasur Akramov, shuningdek, federaciyaning Ijroiya qo'mitasi, viloyatlardagi vakillari, murabbiylar shtabi va sportchilar ishtirok etishdi. Konferenciyada federaciyaning o'tgan davrdagi hisoboti ko'rib chiqilib, rahbariyat tarkibi shakllantirib olindi.

Dastavval federaciya Ijrochi direktori Begzod Ibragimov 2019-2023 yillar davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot berdi. Unda 4 yil mobaynida erishilgan yutuqlar, yo'l qo'yilgan kamchiliklar ko'rib chiqildi. Delegatlar hisobotni bir ovozdan maqullashdi. SHundan so'ng kun tartibining asosiy masalalariga o'tildi.

Ijroiya qo'mita tashkilot rahbarligiga 2013 yildan beri federaciyada rais sifatida faoliyat olib borayotgan va 2017 yil ushbu lavozimga qayta saylangan O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o'rinbosari Sodiq Safoev nomzodini ilgari surdi. Ishtirokchilar bir ovozdan Sodiq Salixovich nomzodini qo'llab-quvvatlashdi va S.Safoev navbatdagi muddatga O'zbekiston regbi federaciyasining raisi etib saylandi. 

O'z navbatida, federaciya raisi bildirilgan ishonchni oqlashga vada berar ekan, terma jamoalarning moddiy texnik bazasini oshirish orqali xalqaro maydondagi natijalarni yanada yaxshilash, mamlakatimizda regbi ommaviyligini oshirish bo'yicha ustuvor rejalar haqida to'xtalib o'tdi.

Delegatlar shu paytgacha federaciya Bosh kotibi lavozimida ishlab kelgan Qahramon Jalilov nomzodini navbatdagi muddatga maqullashdi. SHuningdek, O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining o'rinbosari Alisher Narbaev federaciya raisining birinchi o'rinbosari, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov hamda Respublika tovar xom ashyo birjasi boshqaruv raisi Ziyovuddin Badriddinov federaciya raisi o'rinbosari lavozimlariga saylandilar. Tadbir davomida federaciya Ijroiya qo'mitasi, Taftish hayati va Tartib-intizom qo'mitasi tarkibi ham shakllantirib olindi.

SHuning bilan, O'zbekiston regbi federaciyasining navbatdagi hisobot-saylov konferenciyasi o'z ishini yakunladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing