So’nggi yangiliklar

17:28Амалдаги "Ролан Гаррос" чемпиони тўртинчи даврага чиқди 0 17:05Роналду "Ал Насср"да қоладими? Клуб раҳбари бу саволга жавоб берди 0 16:44Хабиб Махачевнинг бурчагига қайтаётганига изоҳ берди 0 16:23Султонов 1/2 финалда ўзидан деярли 200 поғона қуйидаги рақибга ютқазди 0 16:02UFC 40 ёшли Муслим Салиховга 37 яшар рақиб берди 0 15:41"Ал Ҳилол" - "Ал Насср" ўйинида мухлислар "Месси! Месси!" дея бақиришди. Неймар ҳам бу ҳайқириқларга қўшилди 0 15:20Стефанос Циципас "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 14:59Дастин Порье Махачевдан кечирим сўради 0 14:38Ҳумоюн Султонов Куршумлия-Баня турнири 1/2 финалида! 0 14:17Бугун Эронда чемпион номи аниқланади. Машарипов ёки Ўрунов олтин медаль олиши мумкин 0 13:56Жейк Пол: "Жанг қолдирилишини оқлайман. Тайсонда ўзини оқлаш учун имкон бўлмасин" 0 13:35Aktobe Open 2024. Шахматчиларимиз 7-турда қандай натижа қайд этишди? 0 13:14Азиза Зокирова лицензияга бир қадам қолганда қоқилди 0 12:53Жуд Беллингем ЕЧЛ финали ҳақида гапирди 0 12:31"Кўриб қўясизлар". Ислам Махачев мухлисларга мурожаат қилди 0

16 mar 08:37
Yangiliklar

Bolalar sporti

“Sog'lom avlod uchun” kubogi xovoslik yoshlarga nasib etdi

Guliston shahrida Navro'z umumxalq bayrami oldidan sportning badiiy gimnastika va suzish turlari bo'yicha “Sog'lom avlod uchun” kubogi uchun sport festivali bo'lib o'tdi.

“Nafosat olami” shiori ostida o'tkazilgan mazkur festivalda viloyatning 3 shahar va 8 tumanidan sportning badiiy gimnastika hamda suzish turlari bilan muntazam shug'ullanib kelayotgan yigit-qizlardan tashkil topgan 11 jamoa bahslarda ishtirok etdi.

Badiiy gimnastika turi bo'yicha jami 74 nafar qizlar o'zlarining mahoratlarini namoyish etgan bo'lsa, 100 dan ziyod erkaklar suzish bahslarida ishtirok etdi.

Umum jamoa hisobida Xovos tumani terma jamoasi 1-o'rinni egalladi. 2- va 3-o'rinlarni esa mos ravishda Guliston va Yangier shahri jamoalariga qo'lga kiritdi.

– Aholining, ayniqsa, yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish, ularni sportga kengroq jalb etish, sog'lom turmush tarzini qaror toptirishda mazkur festivalning o'z o'rni bor, – deydi “Sog'lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi viloyat filiali rahbari YU.Usmonova. – Ajabmas, shu bahslarda ishtirok etgan sportchilar xalqaro arenalarda yurt bayrog'ini baland ko'tarsa.

Festival so'ngida g'olib va sovrindorlar tashkilotchilarning diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing