So’nggi yangiliklar

14:27Том Аспиналл чемпионлик камаридан айрилиши мумкин 0 14:06"Манчестер Юнайтед" собиқ академия мураббийи билан музокараларни бошлади 0 13:45ВАУУУ! IBAнинг янги қимматбаҳо самолётини кўрдингизми? + ФОТО 0 13:24UFC чемпиони Жон Жонс навбатдаги жанги санасини эълон қилди 0 13:03Соболенко қаторисига иккинчи йил ҳам Рим турнири финалида ўйнайди 0 12:42"Ал Насср"нинг ёзги трансфер бозоридаги асосий мақсади маълум. У Салаҳ ёки Де Брюйне эмас! 0 12:21Нурсултон Рўзибоев яна мухлисларга юзланди + ФОТО 0 12:00Конор Макгрегор Усик-Фьюри жангига муносабат билдирди 0 11:39Расман! Муҳаммад Мокаев ҳам Манчестерда жанг ўтказади + ПОСТЕР 0 11:18Билармидингиз? "Комо" хўжайинининг пули А Сериядаги бошқа барча клуб эгалларининг умумий бойлигидан кўра кўпроқ 0 10:57Рим "Мастерс". Стефанос Циципасда мағлубият 0 10:36Пойтахтимизда стол тенниси бўйича Париж-2024 Олимпиадаси учун лицензион турнир старт олди 0 10:15Бугун 5 нафар боксчимиз Астана турнирида рингга кўтарилади 0 09:54"Интер" афсоналаридан бири "Спартак" устозига айланди 0 09:33Даҳшат! MPL 9 турнири иштирокчиларининг бонус учун қанча мукофот пули олгани маълум 0

05 may 09:11
Yangiliklar

Bolalar sporti

Sport markazida selekciya ishlari alohida etiborda

Teglar :  Bolalar sporti
CHirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida sportchi-o'quvchilarni o'zlari tanlagan sport turlari bilan muntazam mashg'ulotlarga kirishishlari uchun etarlicha shart-shart sharoitlar muhayyo qilingan.

Ushbu sport maskanida ayniqsa, so'ngi yillarda bunyod etilgan eng so'nggi rusumdagi sport inshootlarining bunyod etilayotgani yoshlarni professional sportchi bo'lib etishiga xizmat qilmoqda. 

O'z vaqtida olimpiya o'yinlari g'olib va sovrindorlarini, jahon va Osiyo chempionlarini tayyorlab, katta sportga etaklagan va bu ananani davom ettirayotgan mazkur markazning direktori Ravshan Gafurov boshchilidagi mahoratli mutaxassis-trenerlari esa  iqtidorli yoshlarni izlab topish, yani selekciya ishlariga alohida etibor qaratishgan. 

SHu maqsadda markazning bir guruh mutaxassislari joriy yilning 1-2 may kunlari Toshkent viloyatining Bekobod, Bo'ka va Yuqori CHirchiq tumanlaridagi sport maktablarida bo'lishdi. 

Toshkent viloyati yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi hamda CHirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi tomonidan tasdiqlangan dastur-rejaga muvofiq o'tkazilgan ushbu uchrashuvlarda markazning sport ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari SHerali Nasirov rahbarligidagi ishchi guruh-katta instruktor-metodisti A. Mustafoev, instruktor-metodistlar S.Saribaev, M.Hamidov va sport psixologi D. Jumanovlar yosh sportchilar va ularning ota-onalari bilan davra suhbati o'tkazib, markazda tashkil etilgan sport turlari va yaratilgan sharoitlar xususida atroflicha malumotlar berishdi. 

O'zaro savol-javob tarzida o'tgan qizg'in suhbat yakunida yosh sportchilar uchun markazda mavjud keng imkoniyatlar aks etgan va malumotlar kiritilgan bukletlar tarqatildi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing