So’nggi yangiliklar

16:33Саудиядагилар Бивол-Бетербиев жангини қачон ўтказмоқчи? 0 16:12Кубаро Ҳакимова яна Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! 0 15:51Ибрагимович Усикка қарши жанг қиладиган Фьюрига маслаҳат берди 0 15:30Тьяго Алькантара Каталонияга қайтиши мумкин 0 15:09Расман! Пэдди Пимблетт ўз юртида UFC фахрийси билан жанг қилади + ПОСТЕР 0 14:48Рим "Мастерс". Хуберт Гуркач ярим финал остонасида тўхтатилди 0 14:27Том Аспиналл чемпионлик камаридан айрилиши мумкин 0 14:06"Манчестер Юнайтед" собиқ академия мураббийи билан музокараларни бошлади 0 13:45ВАУУУ! IBAнинг янги қимматбаҳо самолётини кўрдингизми? + ФОТО 0 13:24UFC чемпиони Жон Жонс навбатдаги жанги санасини эълон қилди 0 13:03Соболенко қаторисига иккинчи йил ҳам Рим турнири финалида ўйнайди 0 12:42"Ал Насср"нинг ёзги трансфер бозоридаги асосий мақсади маълум. У Салаҳ ёки Де Брюйне эмас! 0 12:21Нурсултон Рўзибоев яна мухлисларга юзланди + ФОТО 0 12:00Конор Макгрегор Усик-Фьюри жангига муносабат билдирди 0 11:39Расман! Муҳаммад Мокаев ҳам Манчестерда жанг ўтказади + ПОСТЕР 0

25 iyu 17:58
Yangiliklar

Tadbirlar

Sportchilarga ijodiy imtihonlarda eng yuqori ball sinov natijalarsiz qo'yib berilmoqda

Teglar :  O'zDJTSU
Bugun O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Sport faoliyatining 40 ta sport talimi yo'nalishlari bo'yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar boshlandi.

Imtihonlar Respublika Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi, “Suv sporti turlari bo'yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi” tasarrufidagi eshkak eshish bazasi, Paxtakor stadioni, Tennis olimpiya akademiyasi, “Humo Arenasi” va “ICE CITY” muz majmualarida hamda Toshkent viloyati CHirchiq shahri sportchilar ko'chasi 19-uyda joylashgan universitetning sport zallari va maydonlarida tashkil etilmoqda.

Kasbiy (ijodiy) imtihonlar tanlangan sport talimi yo'nalishi bo'yicha 2023 yil 24-31 iyul kunlari bo'lib o'tadi. Joriy yildan 2022 yil 3 noyabrdagi  O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlarni tayyorlash hamda ilmiy tadqiqotlar tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risidagi” PQ-414-son qaroriga asosan O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti va uning filiallariga "Sport faoliyati (faoliyat turlari bo'yicha)" bakalavriat talim yo'nalishiga kamida ikkinchi sport razryadiga ega bo'lgan, "Sport turining alohida yo'nalishlari" magistratura mutaxassisligiga esa kamida O'zbekiston sport ustaligiga yoki O'zbekiston grossmeysterligiga nomzod sport razryadiga ega bo'lgan abiturientlar qabul qilinmoqda.

SHuni alohida takidlash lozimki, 2023/2024 o'quv yilidan boshlab Universitet va uning filiallarida hamda boshqa oliy talim muassasalarining jismoniy tarbiya va sport sohasidagi talim yo'nalishlariga hujjat topshirgan O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sportchi faxriy unvoniga ega bo'lgan sportchilar, Xalqaro toifadagi O'zbekiston sport ustasi yoki xalqaro grossmeyster sport unvoniga ega bo'lgan sportchilar, O'zbekiston sport ustasi yoki O'zbekiston grossmeysteri sport unvoniga ega bo'lgan sportchilar, Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo o'yinlari dasturiga kiritilgan sport turlari bo'yicha respublika chempionatlarida oxirgi bir yilda g'olib (1-o'rin) bo'lgan sportchilar kasbiy (ijodiy) kirish imtihonlarini topshirishdan ozod qilinib, ularga maksimal ball qo'yib berilmoqda.

SHuningdek, inson omilining tasirini keskin kamaytirish, imtihonlarning shaffof o'tishini taminlash maqsadida raqamlashtirish tizimi joriy etilgan. Kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari real vaqt rejimida planshet orqali “Ijodiy imtihon” axborot tizimiga onlayn kiritilib, bir vaqtning o'zida yakuniy natijalari bo'yicha abiturientlarga sms xabarlar yuborilmoqda.

Imtihonlarni shaffof va adolatli o'tkazish maqsadida imtihon oluvchi mutaxassislar sport tashkilotlari, sport federaciyalaridan jalb etilganligini alohida qayd etish lozim.

Kasbiy (ijodiy) imtihonlar o'tkaziladigan barcha sport majmualari videokuzatuv kameralari bilan jihozlangan bo'lib, zarur vositalar bilan taminlangan. Xolislik va shaffoflikni taminlash maqsadida imtihonlarni o'tkazish jarayonlari jonli tarzda imtihon.jtsu.uz:81 internet platformasi orqali uzatib borilmoqda. 

SHu bilan birga abiturientlarning ota-onalari jarayonlarni universitet hovlisiga o'rnatilgan monitorlar orqali kuzatib borishmoqda.

Anvarbek JUMANIYAZOV, O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Jamotchilik bilan aloqalar bo'limi boshlig'i

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing