So’nggi yangiliklar

16:33Саудиядагилар Бивол-Бетербиев жангини қачон ўтказмоқчи? 0 16:12Кубаро Ҳакимова яна Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! 0 15:51Ибрагимович Усикка қарши жанг қиладиган Фьюрига маслаҳат берди 0 15:30Тьяго Алькантара Каталонияга қайтиши мумкин 0 15:09Расман! Пэдди Пимблетт ўз юртида UFC фахрийси билан жанг қилади + ПОСТЕР 0 14:48Рим "Мастерс". Хуберт Гуркач ярим финал остонасида тўхтатилди 0 14:27Том Аспиналл чемпионлик камаридан айрилиши мумкин 0 14:06"Манчестер Юнайтед" собиқ академия мураббийи билан музокараларни бошлади 0 13:45ВАУУУ! IBAнинг янги қимматбаҳо самолётини кўрдингизми? + ФОТО 0 13:24UFC чемпиони Жон Жонс навбатдаги жанги санасини эълон қилди 0 13:03Соболенко қаторисига иккинчи йил ҳам Рим турнири финалида ўйнайди 0 12:42"Ал Насср"нинг ёзги трансфер бозоридаги асосий мақсади маълум. У Салаҳ ёки Де Брюйне эмас! 0 12:21Нурсултон Рўзибоев яна мухлисларга юзланди + ФОТО 0 12:00Конор Макгрегор Усик-Фьюри жангига муносабат билдирди 0 11:39Расман! Муҳаммад Мокаев ҳам Манчестерда жанг ўтказади + ПОСТЕР 0

20 mar 08:22
Yangiliklar

Tadbirlar

Sportimiz faxriylari hamisha ezozda!

Teglar :  Navro'zi olam
Umumxalq bayramlari arafasi muntazam ravishda sportimiz faxriylarining holidan xabar olish, ularni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash kabi millatimizga xos ezgu anana yo'lga qo'yilgan.

Kecha kirib kelayotgan Navro'z bayrami munosabati bilan bir guruh faxriylarga bayram sovg'alari ulashildi.

Milliy Olimpiya qo'mitasida o'tgan tadbirda MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, O'zbekiston sport faxriylari kengashi raisi Bahodir Maxsitov va uzoq yillar sportimiz rivojiga hissa qo'shgan bir guruh faxriylar ishtirok etishdi. 

Tadbir avvalida Bahodir Maxsitovich mamlakatimizda nuroniylarni doimiy ravishda qo'llab-quvvatlash, ularning holidan xabar olishdek chiroyli odat yo'lga qo'yilgani, davlatimiz tomonidan ko'rsatilayotgan g'amxo'rlik xususida to'xtalib o'tdi. 

O'z o'rnida, Oybek Omilovich atletlarimizning bugun qo'lga kiritayotgan muvaffaqiyatlari uchun o'z vaqtida fidoyilarimiz tomonidan ulkan poydevor qo'yilgani, ular yaratgan boy va katta maktab o'zbek sporti g'alabalari uchun asos bo'layotganini takidladi.

Tadbir yakunida sportimiz fidoyilariga Sport vazirligi, Milliy Olimpiya qo'mitasi va O'zbekiston Sport faxriylari kengashining pul mukofotlari ulashildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing