So’nggi yangiliklar

17:51Махачев: "Порье кечирим сўради, лекин барибир уни "финиш" қиламан" 0 17:28Амалдаги "Ролан Гаррос" чемпиони тўртинчи даврага чиқди 0 17:05Роналду "Ал Насср"да қоладими? Клуб раҳбари бу саволга жавоб берди 0 16:44Хабиб Махачевнинг бурчагига қайтаётганига изоҳ берди 0 16:23Султонов 1/2 финалда ўзидан деярли 200 поғона қуйидаги рақибга ютқазди 0 16:02UFC 40 ёшли Муслим Салиховга 37 яшар рақиб берди 0 15:41"Ал Ҳилол" - "Ал Насср" ўйинида мухлислар "Месси! Месси!" дея бақиришди. Неймар ҳам бу ҳайқириқларга қўшилди 0 15:20Стефанос Циципас "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 14:59Дастин Порье Махачевдан кечирим сўради 0 14:38Ҳумоюн Султонов Куршумлия-Баня турнири 1/2 финалида! 0 14:17Бугун Эронда чемпион номи аниқланади. Машарипов ёки Ўрунов олтин медаль олиши мумкин 0 13:56Жейк Пол: "Жанг қолдирилишини оқлайман. Тайсонда ўзини оқлаш учун имкон бўлмасин" 0 13:35Aktobe Open 2024. Шахматчиларимиз 7-турда қандай натижа қайд этишди? 0 13:14Азиза Зокирова лицензияга бир қадам қолганда қоқилди 0 12:53Жуд Беллингем ЕЧЛ финали ҳақида гапирди 0

15 iyu 15:54
Yangiliklar

Engil atletika, Tadbirlar

Sportning texnik va amaliy turlari rivoji yo'lida

Teglar :  VatanparvarXorazm
Yoshlar o'rtasida sportning pnevmatik quroldan o'q otish, yozgi biatlon va duatlon turlari bo'yicha yangi uch bosqichli musobaqa yo'lga qo'yildi.

Aholining turli qatlami, xususan, yoshlar qalbiga ona-vatanga mehr va sadoqat hissini singdirish, ularni harbiy-vatanparvarlik ruhida voyaga etkazish, qolaversa, o'g'il-qizlar orasida sportning texnik va amaliy turlarini yanada ommalashtirish, buning barobarida, jismonan va manan barkamol bo'lib o'sishlarini taminlash O'zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko'maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy kengashi va uning tasarrufidagi tashkilotlarning asosiy maqsadlari sirasiga kiradi. 

Yaqinda Markaziy kengash tomonidan yoshlar o'rtasida sportning pnevmatik quroldan o'q otish, yozgi biatlon va duatlon turlari bo'yicha yangi uch bosqichli musobaqa  yo'lga qo'yildi. Tabiiyki, bu ko'zlangan ezgu niyatlarning ushalishiga xizmat qilmoqda.

Binobarin, Xorazm viloyatida ushbu musobaqaning birinchi - tuman (shahar) bosqichlari bo'lib o'tdi. Unda “Vatanparvar” tashkiloti viloyat kengashi tizimidagi o'quv muassasalar hamda o'quv sport texnika klublarida tahsil olayotgan va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan jami 1248 nafar o'quvchi yuqorida qayd etilgan sport turlari bo'yicha o'zaro bahs yuritishdi.

Tabiiyki, g'olib va sovrindorlar taqdirlanib borildi. Endilikda, ularning eng yaxshilari viloyat bosqichiga shay turishibdi.  

Odilbek IBRAGIMOV (Xorazm viloyat texnik va amaliy sport turlari markazi direktori):

- Mubolag'a emas, bu musobaqa o'ziga xosligi va ahamiyati bilan muhim hisoblanadi. Zero, joylarda o'tkazilgan bellashuvlar ishtirokchilarga ko'tarinki kayfiyat, unutilmas taassurot va quvonchli lahzalarni tuhfa etdi. Uning etiborli jihati yana shundaki, birinchilikda faol qatnashganlardan 672 nafariga sport to'garagi azosi ekanligini tasdiqlovchi guvohnomalar topshirildi. Endilikda, mazkur guvohnoma egalari tashkilotlarimiz qoshida faoliyat yuritayotgan sport sekciyalaridan doimiy ravishda, o'zlariga qulay vaqtlarda foydalanishlari mumkin bo'ladi.

Ha, “Vatanparvar” tashkiloti o'z oldiga xayrli vazifalarni qo'ygan. Bu borada olib borilayotgan izlanishlar esa besamar qolmayapti, albatta. Buning samarasi, bolalar, o'smirlar va yoshlar ushbu tashkilotga o'zgacha mehr bilan qarashmoqda, sportning texnik va amaliy turlariga qiziqishi tobora oshayapti.

Ikrom XUDOYBERGANOV, Urganch shahridan

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing