So’nggi yangiliklar

17:51Махачев: "Порье кечирим сўради, лекин барибир уни "финиш" қиламан" 0 17:28Амалдаги "Ролан Гаррос" чемпиони тўртинчи даврага чиқди 0 17:05Роналду "Ал Насср"да қоладими? Клуб раҳбари бу саволга жавоб берди 0 16:44Хабиб Махачевнинг бурчагига қайтаётганига изоҳ берди 0 16:23Султонов 1/2 финалда ўзидан деярли 200 поғона қуйидаги рақибга ютқазди 0 16:02UFC 40 ёшли Муслим Салиховга 37 яшар рақиб берди 0 15:41"Ал Ҳилол" - "Ал Насср" ўйинида мухлислар "Месси! Месси!" дея бақиришди. Неймар ҳам бу ҳайқириқларга қўшилди 0 15:20Стефанос Циципас "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 14:59Дастин Порье Махачевдан кечирим сўради 0 14:38Ҳумоюн Султонов Куршумлия-Баня турнири 1/2 финалида! 0 14:17Бугун Эронда чемпион номи аниқланади. Машарипов ёки Ўрунов олтин медаль олиши мумкин 0 13:56Жейк Пол: "Жанг қолдирилишини оқлайман. Тайсонда ўзини оқлаш учун имкон бўлмасин" 0 13:35Aktobe Open 2024. Шахматчиларимиз 7-турда қандай натижа қайд этишди? 0 13:14Азиза Зокирова лицензияга бир қадам қолганда қоқилди 0 12:53Жуд Беллингем ЕЧЛ финали ҳақида гапирди 0

21 mar 10:56
Yangiliklar

Tadbirlar

Tailandda V Atletlar forumi o'tkazildi

Tailand poytaxti Bangkok shahrida V Atletlar forumi bo'lib o'tdi.

Olimpiya birdamligi loyihasi asosida Osiyo Olimpiya kengashi (OOK) tomonidan tashkil etilgan mazkur tadbirda O'zbekiston delegaciyasi ham ishtirok etdi.

Mazkur Forumni o'tkazishdan maqsad Xalqaro Olimpiya qo'mitasi, OOK va uning Atletlar komissiyasi, Milliy Olimpiya qo'mitalari o'rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash, mintaqada Olimpiya harakatini kuchaytirishdir.

Tadbir davomida oldinga qo'yilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirishda har bir MOQning o'rni, uning XOQ hamda OOK qoshida tuzilgan Atletlar komissiyasi o'rtasida bog'lovchi ekani haqida alohida to'xtalib o'tildi. Bu borada Xalqaro chim ustida xokkey federaciyasi prezidenti, OOK Atletlar komissiyasi vice-prezidenti, XOQ azosi Dato Tayab Ikram o'z chiqishida batafsil gapirib o'tdi. 

SHuningdek, u O'zbekiston bilan yo'lga qo'yilgan hamkorlik aloqalari muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani, mamlakatimizda chim ustida xokkey rivoji jadal suratlarda borayotgani, buning natijasida ushbu sport turidagi erkaklar va ayollar terma jamoalarimiz Xanchjou-2022 Osiyo o'yinlariga yo'llanma olgani haqida alohida takidladi. Mazkur hamkorlik OOK rahbariyati va tadbir qatnashchilari tomonidan yuqori baholandi.

Malumki, o'tgan yili mamlakatimizda ham 7 nafar professional sportchilardan iborat Atletlar komissiyasi tashkil etilgan edi. Bu borada yurtimizda ham sportchilarning manfaatlari, huquqlarini himoya qilish va ularga yanada keng imkoniyatlar yaratish, shuningdek, OOK va Olimpiya birdamligi ko'magida talim dasturlarida ishtirok etish borasidagi faoliyatini faollashtirish bo'yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing