So’nggi yangiliklar

18:15"Реал"дагилар Мбаппе жамоага салбий таъсир қилишидан ҳавотир олишмоқда 0 17:51Махачев: "Порье кечирим сўради, лекин барибир уни "финиш" қиламан" 0 17:28Амалдаги "Ролан Гаррос" чемпиони тўртинчи даврага чиқди 0 17:05Роналду "Ал Насср"да қоладими? Клуб раҳбари бу саволга жавоб берди 0 16:44Хабиб Махачевнинг бурчагига қайтаётганига изоҳ берди 0 16:23Султонов 1/2 финалда ўзидан деярли 200 поғона қуйидаги рақибга ютқазди 0 16:02UFC 40 ёшли Муслим Салиховга 37 яшар рақиб берди 0 15:41"Ал Ҳилол" - "Ал Насср" ўйинида мухлислар "Месси! Месси!" дея бақиришди. Неймар ҳам бу ҳайқириқларга қўшилди 0 15:20Стефанос Циципас "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 14:59Дастин Порье Махачевдан кечирим сўради 0 14:38Ҳумоюн Султонов Куршумлия-Баня турнири 1/2 финалида! 0 14:17Бугун Эронда чемпион номи аниқланади. Машарипов ёки Ўрунов олтин медаль олиши мумкин 0 13:56Жейк Пол: "Жанг қолдирилишини оқлайман. Тайсонда ўзини оқлаш учун имкон бўлмасин" 0 13:35Aktobe Open 2024. Шахматчиларимиз 7-турда қандай натижа қайд этишди? 0 13:14Азиза Зокирова лицензияга бир қадам қолганда қоқилди 0

03 iyu 18:14
Yangiliklar

Boshqalar

Taniqli tadbirkor Murod Nazarov O'zbekistondagi sport federaciyalaridan birining raisiga o'rinbosar bo'ldi

Kecha Toshkent shahrida O'zbekiston polo federaciyasining yillik hisobot-saylov konferenciyasi bo'lib o'tdi.

Kun tartibidagi asosiy masalalar O'zbekiston polo federaciyasi rais o'rinbosarlari va Bosh kotibining yangi tarkibini saylash bo'ldi. O'zbekiston polo federaciyasi raisi Bahromjon Gaziev tabrik so'zi va 2021-2022 yillar davomida amalga oshirilgan ishlar to'g'risida hisobot berdi. Anjumanni O'zbekiston MOQ Bosh kotibi Oybek Kosimov va O'zbekiston polo federaciyasi raisi o'rinbosari Kseniya G'ulomova olib bordi.

Federaciya raisi o'rinbosari lavozimiga birinchi nomzodni Bahromjon Gaziev taqdim etib, yirik qurilish tashkilotlarini boshqarishda katta va samarali tajribaga ega Murod Nazarovni jamiyatda obro'-etiborli, sport doiralarida malakali shaxs sifatida saylashni tavsiya qildi. O'zbekiston Milliy media associaciyasi raisi SHerzodxon Qudratxo'ja nomzodni qo'llab-quvvatlash maqsadida so'zga chiqib, Murod Nazarovning ijobiy fazilatlari, professional tajribasini qayd etdi.

So'ngra O'zbekiston polo federaciyasi raisi o'rinbosari lavozimiga Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universitetining Karerani rivojlantirish markazi va bitiruvchilar bilan hamkorlik bo'limi rahbari Mirziyod Majidiy nomzodi ilgari surildi. Taniqli tadbirkorlar Zafar Hoshimov va Xasan Mamasaidovlar uning nomzodini qo'llab-quvvatlab, Mirziyod Majidiyga ijobiy tavsif berdilar.



O'zbekiston polo federaciyasi bosh kotibi lavozimiga Akbar Asqarov nomzodi ilgari surildi. O'zbekiston polo federaciyasi raisi maslahatchisi Yakov Ribalskiy Akbar Asqarov haqida ijobiy sharh qayd etdi.


Anjuman ishtirokchilari taklif etilgan barcha nomzodlarga ovoz berishi natijasida Murod Nazarov va Mirziyod Majidiy O'zbekiston polo federaciyasi raisining yangi o'rinbosarlari etib, Akbar Asqarov bosh kotib etib saylandi.

O'zbekiston polo federaciyasi 2020 yil 10 oktyabrda tashkil etilgan. Federaciya ochilganidan buyon qisqa vaqt o'tganiga qaramay, polo faol ravishda ommalashib bormoqda va yoshlarda katta qiziqish uyg'otmoqda. SHuningdek, polo rivojlanishiga hukumat tomonidan alohida etibor qaratilmoqda: O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-martdagi 5024-sonli “Yilqichilik va ot sportini yanada rivojlantirish hamda zamonaviy beshkurash va polo sport turini ommalashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi qarori qabul qilindi, uning natijasidapolo sportining rivojlanishi yangi bosqichga ko'tarildi. Federaciya tomonidan anjuman davomida taqdim etilgan rejalarning amalga oshirilishi O'zbekistonda polo sportini ommalashtirishga katta hissa qo'shishi kutilmoqda.

Federaciya ananaviy va qor polosini rivojlantirishni qamrab oladi. Ayni paytda O'zbekistonda polo bo'yicha 12 ta professional jamoa faoliyat ko'rsatmoqda, shu jumladan ayollar pololigasida15 nafar sportchi ishtirok etmoqda.

Xalqaro polo federaciyasi - FIP 1982 yilda Argentinaning Buenos-Ayres shahrida tashkil etilgan. 2021 yilda O'zbekiston polo federaciyasi Markaziy Osiyodagi yagona rasmiy FIP azosiga aylandi.

Polo O'rta Osiyo hududi bilan bog'liq bo'lgan boy tarixga ega, u birinchi ming yillik o'rtalarida jamoaviy o'yin – chovg'on tarzida vujudga kelgan. CHovg'on asrlar davomida O'rta Osiyo, Ozarbayjon, Eron, Iroq va qo'shni turkiy mamlakatlarda juda mashhur bo'lgan. Qadimgi miniatyuralarda o'yinning parchalari tasvirlangan, tarixiy qo'lyozmalarda o'yinning batafsil tavsifi va qoidalari berilgan. Ilk xalqaro chovg'on musobaqalari chavandozlar o'rtasida o'tkazilgan.


O'zbekiston polo federaciyasi matbuot xizmati



Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing