So’nggi yangiliklar

19:18Арина Соболенко "Ролан Гаррос" 1/8 финалига чиқди 0 18:57Европа Очиқ чемпионати ғолиби ўз ўқув даргоҳида тақдирланди 0 18:36Ислам Махачев жанг олдидан Чемпионлар лигаси финалини кўрмоқчими? Спортчи жавоб берди 0 18:15"Реал"дагилар Мбаппе жамоага салбий таъсир қилишидан ҳавотир олишмоқда 0 17:51Махачев: "Порье кечирим сўради, лекин барибир уни "финиш" қиламан" 0 17:28Амалдаги "Ролан Гаррос" чемпиони тўртинчи даврага чиқди 0 17:05Роналду "Ал Насср"да қоладими? Клуб раҳбари бу саволга жавоб берди 0 16:44Хабиб Махачевнинг бурчагига қайтаётганига изоҳ берди 0 16:23Султонов 1/2 финалда ўзидан деярли 200 поғона қуйидаги рақибга ютқазди 0 16:02UFC 40 ёшли Муслим Салиховга 37 яшар рақиб берди 0 15:41"Ал Ҳилол" - "Ал Насср" ўйинида мухлислар "Месси! Месси!" дея бақиришди. Неймар ҳам бу ҳайқириқларга қўшилди 0 15:20Стефанос Циципас "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 14:59Дастин Порье Махачевдан кечирим сўради 0 14:38Ҳумоюн Султонов Куршумлия-Баня турнири 1/2 финалида! 0 14:17Бугун Эронда чемпион номи аниқланади. Машарипов ёки Ўрунов олтин медаль олиши мумкин 0

17 iyu 15:03
Yangiliklar

Tokio-2020, Olimpiya o'yinlari

Tokio-2020: O'zbekiston delegaciyamizning bayroqdorlari malum

Teglar :  Tokio-2020
Olimpiya o'yinlarining tantanali ochilish marosimida mamlakatlar paradi ko'pchilikning diqqat-markazida bo'ladigan eng asosiy jarayonlardan biri.

Unda ko'pchilikning diqqat-etibori qaysi atlet delegaciya bayrog'ini ko'tarib chiqishiga qaratiladi. Mamnuniyat bilan Tokio-2020 Olimpiya o'yinlarining ochilish marosimida delegaciyamiz bayroqdorlarini malum qilamiz.

Marosimda afsonaviy gimnastikachimiz Oksana CHusovitina va bokschimiz Bobo-Usmon Baturov O'zbekiston delegaciyasining bayroqdorlari bo'lishadi. Qayd etish joiz, Oksana CHusovitina yozgi Olimpiya o'yinlarida bayroqdor bo'lgan dastlabki ayol atletimiz sifatida tarixdan joy olmoqda.

Oksana CHusovitina Barselona-1992 Olimpiya o'yinlari chempioni, uch karra jahon chempioni, Osiyo o'yinlari g'olibi, qatorasiga ettita yozgi Olimpiya o'yinlarida ishtirok etgan er yuzidagi yagona ayol gimnastikachi sifatida Ginnesning rekordlari kitobiga kiritilgan. Demak, Tokiodagi ochilish marosimda o'zining sakkizinchi Olimpiadasiga tayyorgarlik ko'rayotgan, allaqachon dunyo gimnastikasi afsonasiga aylangan hamyurtimiz, O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sportchi, “O'zbekiston iftixori” faxriy unvoni egasi Oksana CHusovitina mamlakatimiz sport delegaciyasini hur diyorimiz bayrog'ini sarbaland ko'targan holda XXXII yozgi Olimpiya o'yinlarining bosh arenasiga boshlab tushadi. Unga esa boks bo'yicha Osiyo chempioni, Osiyo o'yinlari g'olibi, jahon chempionati sovrindori, “Kelajak bunyodkori” medali sohibi Bobo-Usmon Baturov hamrohlik qiladi.

Ochilish marosimining scenariysiga ko'ra, barcha davlatlardan 1 nafardan erkak va ayol sportchilar bayroqdor bo'lib chiqishadi. Bu Xalqaro Olimpiya qo'mitasi tomonidan targ'ib qilinayotgan gender tenglik siyosatining amalda tatbiq etilishidir. Eslatib o'tamiz, XXXII yozgi Olimpiya o'yinlarining tantanali ochilish marosimi 23-iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 16:00 da Tokiodagi “Olimpiya” stadionida boshlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

   
17 iyu 17:17:07
Iskandar_07
Bahodir Jalolov 2016-yilgi olimpiadada bayroqdor bugandi. Balkim shu uchun ham bu yil Bobo-Usmonga topshirilgandir
   
17 iyu 17:00:52
Odilbek Xakimov
Jalolovchi
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing