So’nggi yangiliklar

15:30Тьяго Алькантара Каталонияга қайтиши мумкин 0 15:09Расман! Пэдди Пимблетт ўз юртида UFC фахрийси билан жанг қилади + ПОСТЕР 0 14:48Рим "Мастерс". Хуберт Гуркач ярим финал остонасида тўхтатилди 0 14:27Том Аспиналл чемпионлик камаридан айрилиши мумкин 0 14:06"Манчестер Юнайтед" собиқ академия мураббийи билан музокараларни бошлади 0 13:45ВАУУУ! IBAнинг янги қимматбаҳо самолётини кўрдингизми? + ФОТО 0 13:24UFC чемпиони Жон Жонс навбатдаги жанги санасини эълон қилди 0 13:03Соболенко қаторисига иккинчи йил ҳам Рим турнири финалида ўйнайди 0 12:42"Ал Насср"нинг ёзги трансфер бозоридаги асосий мақсади маълум. У Салаҳ ёки Де Брюйне эмас! 0 12:21Нурсултон Рўзибоев яна мухлисларга юзланди + ФОТО 0 12:00Конор Макгрегор Усик-Фьюри жангига муносабат билдирди 0 11:39Расман! Муҳаммад Мокаев ҳам Манчестерда жанг ўтказади + ПОСТЕР 0 11:18Билармидингиз? "Комо" хўжайинининг пули А Сериядаги бошқа барча клуб эгалларининг умумий бойлигидан кўра кўпроқ 0 10:57Рим "Мастерс". Стефанос Циципасда мағлубият 0 10:36Пойтахтимизда стол тенниси бўйича Париж-2024 Олимпиадаси учун лицензион турнир старт олди 0

15 apr 14:41
Yangiliklar

Sport kurashlari

To'rt kurashchimiz Osiyo chempionati bronza medali uchun gilamga chiqadi

SHu kunlarda Qirg'iz Respublikasi poytaxti Bishkek shahri sport kurashlari bo'yicha Osiyo chempionatiga mezbonlik qilmoqda.

Bugundan qita chempionatida yunon-rum kurashi bo'yicha bellashuvlar boshlandi. Osiyo chempionatining beshinchi kuni klassiklar o'rtasida 5 ta vazn toifasida g'olib va sovrindorlar nomi malum bo'ladi. Biroz avval saralash bahslari yakunlanib, kechki dasturda medallar uchun gilamga chiqadigan kurashchilar nomi malum bo'ldi.   

Bugun kurashga kirishgan 5 yunon-rum kurashchimizdan 4 nafari bronza medali uchun gilamga chiqadigan bo'ldi. Ular 1/4 va 1/2 final bellashuvlarda raqiblariga yutqazib, oltin yoki kumush medal uchun imkoniyatlarini yo'qotishdi. 

Jasurbek Ortiqboev (-55 kg) 1/4 finalda qozog'istonlik Nurzat Kabdirahimovdan 10-1 hisobida ustun keldi. Yarim finalda xuddi shu hisob bilan KXDR vakili YU CHol Roga yutqazib qo'ydi. Ortiqboev kechki dasturda bronza medali uchun Qirg'iz Respublikasi vakili Ulan Muratbek uulu bilan to'qnash keladi.      

Parij-2024 Olimpiadasi licenzianti Islomjon Bahromov (-63 kg) kvalifikaciya raundida mezbonlar kurashchisi Dastan Kadirovni engdi (8-5). Lekin 1/4 finalda KXDR vakili CHan Kimga imkoniyatni boy (1-3) berdi. Bugun kurashgan polvonlarimizdan birgina Bahromov uchun Osiyo chempionati yakuniga etdi. 

Doniyorxon Nakibov (-77 kg) qita chempionatidagi ishtirokini kvalifikaciya raundidan boshladi va turkmanistonlik Bazargeldi Ezimovdan 9-0 hisobida ustun keldi. CHorak finalda esa yaponiyalik Nao Kusakaga qarshilik ko'rsata olmadi 0-10. Uning bronza medali uchun bellashuvdagi raqibi koreyalik Yong Xyun Noh bo'ladi.   

Rahimjon Uzoqov (-87 kg) 1/4 finalda tojikistonlik Suhrob Abdulhaevni 10-2 hisobida mag'lubiyatga uchrata oldi. Afsuski, 1/2 finalda qozog'istonlik Nursulton Tursinovga 0-9 hisobi bilan engildi. Endi u bronza medali uchun Koreya Respublikasi kurashchisi Syong Xvan Liga qarshi gilamga chiqadi.   

Islomjon Rahmatov (72 kg) 1/8 finalda hindistonlik Mehar Singhni mag'lub (3-2) etdi, ammo 1/4 finalda eronlik Amin Mirzazodaga 0-8 hisobida yutqazib qo'ydi. Endi u kechki dasturda mezbonlar vakili Erlan Manatbekovga qarshi bronza medali uchun gilamga chiqadi.  


Bronza medali uchun bellashuvlar:   

-55 kg: Jasurbek Ortiqboev - Ulan Muratbek uulu (Qirg'iz Respublikasi)

-77 kg: Doniyorxon Nakibov - Yong Xyun Noh  (Koreya Respublikasi)

-87 kg: Rahimjon Uzoqov - Syong Xvan Li (Koreya Respublikasi)

-130 kg: Islomjon Rahmatov - Erlan Manatbekov (Qirg'iz Respublikasi)

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing