So’nggi yangiliklar

16:02UFC 40 ёшли Муслим Салиховга 37 яшар рақиб берди 0 15:41"Ал Ҳилол" - "Ал Насср" ўйинида мухлислар "Месси! Месси!" дея бақиришди. Неймар ҳам бу ҳайқириқларга қўшилди 0 15:20Стефанос Циципас "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 14:59Дастин Порье Махачевдан кечирим сўради 0 14:38Ҳумоюн Султонов Куршумлия-Баня турнири 1/2 финалида! 0 14:17Бугун Эронда чемпион номи аниқланади. Машарипов ёки Ўрунов олтин медаль олиши мумкин 0 13:56Жейк Пол: "Жанг қолдирилишини оқлайман. Тайсонда ўзини оқлаш учун имкон бўлмасин" 0 13:35Aktobe Open 2024. Шахматчиларимиз 7-турда қандай натижа қайд этишди? 0 13:14Азиза Зокирова лицензияга бир қадам қолганда қоқилди 0 12:53Жуд Беллингем ЕЧЛ финали ҳақида гапирди 0 12:31"Кўриб қўясизлар". Ислам Махачев мухлисларга мурожаат қилди 0 12:10"Пол, бу сенга кўпроқ вақт берди". 57 ёшли Тайсон жанг қолдирилганига изоҳ берди 0 11:48Париж-2024 ареналари: Эйфель минорасининг ёнида жойлашган “Гран-Пале-Эфемер” билан танишинг 0 11:27Қозоғистон терма жамоасига янги бош мураббий тайинланди. Унинг йиллик маоши 1,2 миллион евро 0 11:05UFC 302 турнири иштирокчилари тарозида қандай вазн кўрсатишди? 0

14 jan 11:02
Yangiliklar

Suv sporti turlari

Toshkentda jahon standartlariga javob beradigan yopiq turdagi suv havzasi barpo etiladi + FOTO

Mazkur sport inshootida suzish, sinxron suzish va suv polosi bo'yicha O'zbekiston terma jamoalari hamda aholi vakillari shug'ullanishi uchun barcha sharoitlar yaratiladi.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 21 avgustdagi 694-f-sonli farmoyishiga asosan Toshkent shahri, Yashnabod tumani, Aviasozlar 1-mavzesida jahon standartlariga to'liq javob beradigan yopiq turdagi suv havzasi, yani basseynning qurilish ishlari olib borilmoqda.

Yopiq turdagi suv havzasining 1-qavatida 50x20 o'lchamdagi basseyn, sportchilar uchun oshxona, erkaklar va ayollar uchun sartaroshxona, 2-qavatida esa mamuriyat xonalari va trenajyor zali joylashadi. 3-qavatda O'zbekiston terma jamoasi azolari uchun 40 o'rinli yotoqxona quriladi. Mazkur suv havzasi shu yil sentyabr oyida to'liq foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

Ushbu zamonaviy suv havzasining ishga tushirilishi natijasida nafaqat poytaxt aholisining muntazam sport shug'ullanish ko'rsatkichi ortadi, balki 2025 yilda Toshkent shahrida bo'ladigan IV o'smirlar yozgi Osiyo o'yinlarini yuqori saviyada o'tkazish uchun yana bir muhim qadam tashlanadi. Zotan, bu kabi yirik kompleks musobaqalarni o'tkazish uchun mana shunday muhtasham sport majmualari zarur.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing