So’nggi yangiliklar

14:27Том Аспиналл чемпионлик камаридан айрилиши мумкин 0 14:06"Манчестер Юнайтед" собиқ академия мураббийи билан музокараларни бошлади 0 13:45ВАУУУ! IBAнинг янги қимматбаҳо самолётини кўрдингизми? + ФОТО 0 13:24UFC чемпиони Жон Жонс навбатдаги жанги санасини эълон қилди 0 13:03Соболенко қаторисига иккинчи йил ҳам Рим турнири финалида ўйнайди 0 12:42"Ал Насср"нинг ёзги трансфер бозоридаги асосий мақсади маълум. У Салаҳ ёки Де Брюйне эмас! 0 12:21Нурсултон Рўзибоев яна мухлисларга юзланди + ФОТО 0 12:00Конор Макгрегор Усик-Фьюри жангига муносабат билдирди 0 11:39Расман! Муҳаммад Мокаев ҳам Манчестерда жанг ўтказади + ПОСТЕР 0 11:18Билармидингиз? "Комо" хўжайинининг пули А Сериядаги бошқа барча клуб эгалларининг умумий бойлигидан кўра кўпроқ 0 10:57Рим "Мастерс". Стефанос Циципасда мағлубият 0 10:36Пойтахтимизда стол тенниси бўйича Париж-2024 Олимпиадаси учун лицензион турнир старт олди 0 10:15Бугун 5 нафар боксчимиз Астана турнирида рингга кўтарилади 0 09:54"Интер" афсоналаридан бири "Спартак" устозига айланди 0 09:33Даҳшат! MPL 9 турнири иштирокчиларининг бонус учун қанча мукофот пули олгани маълум 0

11 fev 16:18
Yangiliklar

Og'ir atletika

Toshkentda yakunlangan og'ir atletika bo'yicha Osiyo chempionatida medallar jamg'armasi bo'yicha kim birinchi bo'ldi?

Toshkent mezbonlik qilgan og'ir atletika bo'yicha Osiyo chempionati sarhisob qilindi.

Unda O'zbekiston terma jamoasi umumiy ochkolar klassifikaciyasida, shuningdek, erkaklar terma jamoamiz ochkolar borasida eng yaxshi deb topildi.

Musobaqa sarhisobiga bag'ishlangan marosimda Xalqaro og'ir atletika federaciyasi (IWF) prezidenti Muhammad Jalud, O'zbekiston Respublikasi Sport vaziri Adham Ikramov, Sport vazirining o'rinbosari, O'zbekiston og'ir atletika federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari SHahrullo Mahmudov, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov ishtirok etishdi.

3-10 fevral kunlari o'tgan qita birinchiligida Osiyoning eng kuchli jamoalari g'oliblik uchun kurash olib borishdi. Yakunda O'zbekiston erkaklar va ayollar terma jamoalari jami 8 ta oltin, 12 ta kumush va 5 ta bronza medallarini jamg'arishga muvaffaq bo'ldi. SHulardan 7 ta oltin, 7 ta kumush va 1 ta bronza yigitlarimiz ulushiga to'g'ri kelsa, qizlarimiz 1 ta oltin, 5 ta kumush va 4 ta bronza medallariga ega chiqishgan. Quyida ochkolar va medallar bo'yicha kuchli uchlikka kirgan jamoalarni ko'rsatib o'tamiz:

Umumiy ochkolar klassifikaciyasi:

1. O'zbekiston

2. Janubiy Koreya

3. Xitoy Taipeyi

Ochkolar bo'yicha erkaklar jamoalari:

1. O'zbekiston

2. Janubiy Koreya

3. Xitoy Taipeyi

Ochkolar bo'yicha ayollar jamoalari:

1. Janubiy Koreya

2. O'zbekiston

3. Xitoy Taipeyi

Umumiy medallar bo'yicha:

1. KXDR – 32 ta oltin, 1 ta kumush

2. Janubiy Koreya – 12 ta oltin, 5 ta kumush, 10 ta bronza

3. O'zbekiston – 8 ta oltin, 12 ta kumush, 5 ta bronza

Medallar bo'yicha erkaklar terma jamoalari:

1. KXDR – 11 ta oltin, 1 ta kumush

2. O'zbekiston – 7 ta oltin, 7 ta kumush, 1 ta bronza

3. Janubiy Koreya – 4 ta oltin, 1 ta kumush, 2 ta bronza

Medallar bo'yicha ayollar terma jamoalari:

1. KXDR – 21 ta oltin

2. Janubiy Koreya – 8 ta oltin, 4 ta kumush, 8 ta bronza

3. O'zbekiston – 1 ta oltin, 5 ta kumush, 4 ta bronza

Osiyo rekordlari: 9 ta;

Jahon rekordlari: 8 ta.

Eng yaxshi erkak sportchi: Ervin Rahmat (Indoneziya)

Eng yaxshi ayol sportchi: Song Gum Ri (KXDR)

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing