So’nggi yangiliklar

17:05Роналду "Ал Насср"да қоладими? Клуб раҳбари бу саволга жавоб берди 0 16:44Хабиб Махачевнинг бурчагига қайтаётганига изоҳ берди 0 16:23Султонов 1/2 финалда ўзидан деярли 200 поғона қуйидаги рақибга ютқазди 0 16:02UFC 40 ёшли Муслим Салиховга 37 яшар рақиб берди 0 15:41"Ал Ҳилол" - "Ал Насср" ўйинида мухлислар "Месси! Месси!" дея бақиришди. Неймар ҳам бу ҳайқириқларга қўшилди 0 15:20Стефанос Циципас "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 14:59Дастин Порье Махачевдан кечирим сўради 0 14:38Ҳумоюн Султонов Куршумлия-Баня турнири 1/2 финалида! 0 14:17Бугун Эронда чемпион номи аниқланади. Машарипов ёки Ўрунов олтин медаль олиши мумкин 0 13:56Жейк Пол: "Жанг қолдирилишини оқлайман. Тайсонда ўзини оқлаш учун имкон бўлмасин" 0 13:35Aktobe Open 2024. Шахматчиларимиз 7-турда қандай натижа қайд этишди? 0 13:14Азиза Зокирова лицензияга бир қадам қолганда қоқилди 0 12:53Жуд Беллингем ЕЧЛ финали ҳақида гапирди 0 12:31"Кўриб қўясизлар". Ислам Махачев мухлисларга мурожаат қилди 0 12:10"Пол, бу сенга кўпроқ вақт берди". 57 ёшли Тайсон жанг қолдирилганига изоҳ берди 0

03 iyu 11:36
Yangiliklar

Bolalar sporti

Toyloqda tarbiyalanayotgan chempionlar

Aholining jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanishga va sog'lom turmush tarzi sari yo'naltirish, jismonan sog'lom farzandlar safini kengaytirish va tarbiyalash, xalqaro sport maydonlarida munosib izdoshlarni etishtirishda sport sohasidagi muassasalarning o'rni beqiyos.

Toyloq ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatida talim-tarbiya olayotgan sportchi-o'quvchilarning ham yagona maqsadlari o'zlari tanlagan sport turlari orqali chempionlik cho'qqilarini zabt etishdir.

Ayni paytda maktab-internatda sportning akademik eshkak eshish, baydarka va kanoeda eshkak eshish, slalomda eshkak eshish, dzyudo, vaterpolo, futbol, erkin kurash, yunon-rum kurashi, voleybol, og'ir atletika, taekvondo, boks, velosport, kurash, belbog'li kurash, turon turlari bo'yicha mashg'ulotlarga zo'r berayotgan tarbiyalanuvchilar milliy va xalqaro musobaqalarda sovrindorlar qatoridan joy olib, medallar shodasiga ega bo'layotgani bor gap. 

Xususan, sambo bilan oshno bo'lgan o'ttiz nafar bolalarning ham yutuqlari etirofga sazovor. Sambo bo'yicha o'tgan yili mamlakat miqyosida o'tkazilgan turnir va chempionatlarda Temur Berdiev, Oyatullo Ashurov, Sunnat Boltaev, Bektosh Nazarov, Temur Berdiev, Ro'ziboy Egamov, Hasan Xurramov, Manguberdi Ahmedov kabi o'quvchilar shohsupadan joy olib, ko'plab oltin va kumush medallarni qo'lga kiritishgan. 

Joriy yilning yaqin to'rt-besh oyi davomida erishgan natijalaridan murabbiylarining ko'ngli to'q. Misol tariqasida takidlaydigan bo'lsak, shogirdlar tomonidan yanvar oyida Samarqand viloyat ochiq birinchiligida beshta oltin, uchta bronza, Nukus shahri mezbonlik qilgan kattalar o'rtasidagi O'zbekiston chempionatida bittadan oltin va kumush, ikkita bronza, mart oyida Toshkent shahrida o'smirlar va qizlar (1999-2000 yillarda tug'ilganlar) o'rtasida o'tgan mamlakat chempionatida uchta oltin, ikkita kumush va bitta bronza, aprel oyida Xorazm viloyatida 2001-2002 yillarda tug'ilgan o'mirlar va qizlar o'rtasida bo'lib o'tgan O'zbekiston chempionatida uchta bronza medal, may oyida Farg'onada o'tgan kichik o'smirlar o'rtasidagi O'zbekiston chempionatida bittadan oltin, kumush va bronza medallari qo'lga kiritilgan. 

Demakki, har bir o'tkazilayotgan musobaqadan sovrinsiz qaytmayotgan samobochilar rejaga muvofiq yil davomida o'tadigan bellashuvlardan medallar olmay qaytmasligi aniq. 

Albatta, shu o'rinda sportchining sportga ilk bor kirib kelishidan tortib, shon-shuhrat pilla poyasiga etguniga qadar etaklayotgan ustoz-murabbiyilarning mashaqqatli mehnati alohida tahsinga sazovor. 

Maktab-internatda sambo bo'yicha bosh murabbiy “O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan sportchi” unvoni sohibi, xalqaro toifadagi sport ustasi SHavkat Jo'raevni tanimagan, bilmagan sambo muxlislari bo'lmasa kerak. 

-52 kg. vazn toifasida uch karra jahon chempioni, sakkiz karra Osiyo chempioni, yigirma martalab O'zbekiston chempioni bo'lgan, o'nlab, yuzlab respublika, Osiyo va jahon chempionlari va sovrindorlarni tarbiyalab, ularga muvaffaqiyat qozonish sirlarini o'rgatgan, hamon yoshlarga sambo sirlarini o'rgatib kelayotgan ushbu tinib-tinchimas, kamtar va vazmin, izlasangiz faqat sambo zalidan, shogirdlari qurshovida ko'rinadigan SHavkat Jo'raev boshchiligida sport ustasi Haydar Raufov, jahon chempioni Sattor Ergashev, xalqaro toifadagi sport ustasi, kurash bo'yicha ikki karra jahon chempioni, sambo bo'yicha uch karra Osiyo chempioni, yopiq inshootlarda o'kazilgan Osiyo o'yinlarining uchinchi o'rin sohibasi (sambo), belbog'li kurash, kurash, erkin kurash, turon yakka kurashi singari turlar bo'yicha sport ustasi Gulmira Ismatovalar uchun bolalarga mashg'ulot o'tish zavq-shavq bag'ishlaydi.

SHogirdlari musobaqalardan medallar shodasi bilan qaytishganida qilgan mehnatlari zoyi ketmayotganidan ilhomlanib, yana qayta mashg'ulotlarga sho'ng'ib ketganini sezmay ham qolishadi. Maktab-internatda etarlicha shart-sharoitlarda bolalarga ustozlik qilayotgan murabbiylar o'z oldilariga bir qator maqsadlar qo'yishgan. 

Maqsad-muddaolari esa - sentyabr oyida Hindiston davlatida o'tadigan Osiyo chempionati hamda Toshkent shahrida bo'lib o'tadigan yoshlar va o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionatida shogirdlarining ishtirokida shoda-shoda medallarni qo'lga kiritib, yurt bayrog'ini eng baland hilpirashi, madhiyamiz sadolari olam aro jaranglashiga guvoh bo'lishdan iborat.     

Ilhom RAHMONOV, o'z muxbirimiz

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing