So’nggi yangiliklar

16:33Саудиядагилар Бивол-Бетербиев жангини қачон ўтказмоқчи? 0 16:12Кубаро Ҳакимова яна Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! 0 15:51Ибрагимович Усикка қарши жанг қиладиган Фьюрига маслаҳат берди 0 15:30Тьяго Алькантара Каталонияга қайтиши мумкин 0 15:09Расман! Пэдди Пимблетт ўз юртида UFC фахрийси билан жанг қилади + ПОСТЕР 0 14:48Рим "Мастерс". Хуберт Гуркач ярим финал остонасида тўхтатилди 0 14:27Том Аспиналл чемпионлик камаридан айрилиши мумкин 0 14:06"Манчестер Юнайтед" собиқ академия мураббийи билан музокараларни бошлади 0 13:45ВАУУУ! IBAнинг янги қимматбаҳо самолётини кўрдингизми? + ФОТО 0 13:24UFC чемпиони Жон Жонс навбатдаги жанги санасини эълон қилди 0 13:03Соболенко қаторисига иккинчи йил ҳам Рим турнири финалида ўйнайди 0 12:42"Ал Насср"нинг ёзги трансфер бозоридаги асосий мақсади маълум. У Салаҳ ёки Де Брюйне эмас! 0 12:21Нурсултон Рўзибоев яна мухлисларга юзланди + ФОТО 0 12:00Конор Макгрегор Усик-Фьюри жангига муносабат билдирди 0 11:39Расман! Муҳаммад Мокаев ҳам Манчестерда жанг ўтказади + ПОСТЕР 0

09 okt 07:14
Yangiliklar

Triatlon

Triatlon sporti rivojlanishning yangi bosqichiga qadam qo'ymoqda

Ilgari yurtdoshlarimiz orasida ko'pchilik triatlon degan sport haqida bilmas edi.

Uning yozgi Olimpiya o'yinlari dasturiga kiritilganidan boxabar ekanliklarini-ku aytmasa ham bo'ladi. SHunga yarasha ushbu sportning ommabopligi va rivoji ham u qadar ulkan bo'lmagan. Biroq so'nggi paytlar muxlislar ushbu sport turi haqida ko'proq malumotga ega bo'lishmoqda va yurtimizda o'tkazilayotgan triatlon turnirlari uning ravnaqi yanada jadal suratlarda borishini taminlamoqda.

Kuni kecha Toshkentda o'tkazilgan Markaziy Osiyo triatlon associaciyasining yig'ilishi mintaqadagi federaciyalarning o'zaro jamjihatlikda faoliyat olib borishi, hamkorilkda xalqaro musobaqalar tashkil etish kabi ustuvor maqsadlarni o'zida mujassamlashtirdi. Yig'ilish davomida kelasi yilning 3 may kuni CHimkent-Toshkent yo'nalishi bo'yicha ilk xalqaro musobaqa o'tkazish bo'yicha qaror qabul qilingan edi. 

Ayni paytda ushbu musobaqaning nizomi ishlab chiqilmoqda. Unga ko'ra, ishtirokchilar CHimkent shahrida start olib, ushbu shaharda suzish bellashuvi o'tkaziladi. Suzish bahsidagi masofa 1, 1.1 yoki 2 kilometr, undan so'ng CHimkentdan Toshkentgacha 111 yoki 121 kilometrlik velopoyga va nihoyat shahrimizning o'zida 11 kilometr masofaga yugurish poygasi bo'lishi ko'zda tutilgan. Hozirda bahslarning qaysi yo'nalish va ko'chalar bo'ylab o'tishi ko'rib chiqilmoqda.

Mazkur musobaqa 4 oktyabr sanasida Markaziy Osiyo davlatlari o'rtasida triatlonni yanada rivojlantirish, milliy federaciyalararo o'zaro hamkorlikni kuchli yo'lga qo'yish, birgalikda xalqaro musobaqalarni o'tkazish bo'yicha imzolangan memorandumning amaldagi ilk namunasi bo'ladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing