So’nggi yangiliklar

16:33Саудиядагилар Бивол-Бетербиев жангини қачон ўтказмоқчи? 0 16:12Кубаро Ҳакимова яна Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! 0 15:51Ибрагимович Усикка қарши жанг қиладиган Фьюрига маслаҳат берди 0 15:30Тьяго Алькантара Каталонияга қайтиши мумкин 0 15:09Расман! Пэдди Пимблетт ўз юртида UFC фахрийси билан жанг қилади + ПОСТЕР 0 14:48Рим "Мастерс". Хуберт Гуркач ярим финал остонасида тўхтатилди 0 14:27Том Аспиналл чемпионлик камаридан айрилиши мумкин 0 14:06"Манчестер Юнайтед" собиқ академия мураббийи билан музокараларни бошлади 0 13:45ВАУУУ! IBAнинг янги қимматбаҳо самолётини кўрдингизми? + ФОТО 0 13:24UFC чемпиони Жон Жонс навбатдаги жанги санасини эълон қилди 0 13:03Соболенко қаторисига иккинчи йил ҳам Рим турнири финалида ўйнайди 0 12:42"Ал Насср"нинг ёзги трансфер бозоридаги асосий мақсади маълум. У Салаҳ ёки Де Брюйне эмас! 0 12:21Нурсултон Рўзибоев яна мухлисларга юзланди + ФОТО 0 12:00Конор Макгрегор Усик-Фьюри жангига муносабат билдирди 0 11:39Расман! Муҳаммад Мокаев ҳам Манчестерда жанг ўтказади + ПОСТЕР 0

11 apr 15:36
Yangiliklar

Sport kurashlari

Uch erkin kurashchimiz Osiyo chempionatining bronza medali uchun gilamga chiqadi

Xabar berganimizdek, bugun Qirg'iz Respublikasi poytaxti Bishkek shahrida sport kurashlari bo'yicha Osiyo chempionari start oladi.

Musobaqani erkin kurash ustalari boshlab berishdi. Bugun 5 nafar kurashchimiz medallar uchun kurashga kirishdi. Ulardan 3 nafari kechki dasturda bronza medali uchun gilamga chiqadigan bo'ldi. Qolgan 2 kurashchimiz saralash bahslarida mag'lubiyatga uchrab, Osiyo chempionatidagi ishtiroklarini yakunlashdi.  

-57 kg vazndagi Nodirbek Jumanazarov ilk davrda turkmanistonlik Kabe Matjanovdan ustun keldi. Lekin 1/4 finalda qozog'istonlik Meyrambek Kartbayga yutqazib qo'ydi. -65 kg vazndagi vakilimiz, Rio-2016 Olimpiadasi ishtirokchisi Abbos Rahmonov pokistonlik Muhammad Abdulloh, turkmanistonlik Jelaletdin Seyidovdan ustun keldi. Ammo 1/2 finalda eronlik Rahmon Musa Amouzadhaliliga imkoniyatni boy berdi. Endi u kechki dasturda Osiyo chempionatining bronza medali uchun qirg'izistonlik Ulukbek Joldoshbekovga qarshi bahs olib boradi.   

-70 kg vaznda yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Begijon Qo'ldoshev ilk davrada mo'g'ulistonlik CHinzorig Sermani engdi. CHorak finalda esa yaponiyalik Yoshinosuke Aoyagiga yutqazdi. Begijon endi bronza medali uchun hindistonlik Abhimanyuga qarshi gilamga chiqadi. 

-79 kg vaznda kurashayotgan Asomiddin Hasanov ham kechki dasturda bronza medali uchun bahs olib boradigan bo'ldi. U 1/4 finalda koreyalik Bumgue Seodan ustun keldi. Yarim finalda esa mo'g'ulistonlik Byambadorj Enxbayarga qarshilik ko'rsata olmadi - 0:11. Hasanov kechki dasturda bronza medali uchun qozog'istonlik Azamat Omurjanovga qarshi bahs olib boradi.  

-97 kg vazndagi polvonimiz Maxsud Veysalov ilk uchrashuvidayoq qozog'istonlik Rizabek Aitmuxanga yutqazib qo'ydi. Bronza medali yo'lidagi o'tish bellashuvida esa qirg'izistonlik Andrey Aronovga ham imkoniyatni boy berdi va Osiyo chempionatidagi ishtirokini medalsiz yakunladi. 


Bronza medali uchun: 

-65 kg: Abbos Rahmonov - Ulukbek Joldoshbekov (Qirg'iz Respublikasi)

-70 kg: Begijon Qo'ldoshev - Abhimanyu (Hindiston)

-79 kg: Asomiddin Hasanov - Azamat Omurjanov (Qozog'iston)

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing