06 okt 15:44
Yangiliklar
UFC 229. Jang oqshomidagi gonorarlar qancha?
Oqshomining asosiy to'qnashuvi Xabib Nurmagomedov va Konor MakGregorlar o'rtasida o'tkaziladi. Bahs uchun Konor 3 million, Xabib esa 2 million dollar kafolatlangan gonorarga ega bo'lishi haqida xabar qilib o'tgandik.
Jang natijasi, translyaciyalardanr olinadigan daromadga qarab bu raqamlar yanada oshadi. MakGregor matbuot anjumanida 50 million dollar ishlab olishni istayotganini malum qilgan bo'lsa, Xabibning jamoasi 10 million dollar pul ishlab olishga umid qilmoqda.
Markaziy jang oldidan andekart bahslar ham bo'lib o'tadi. Unda UFCning sobiq chempioni Toni Fergyuson Entoni Pettisga qarshi to'qnash keladi. Malum bo'lishicha, Toniga 155 ming, Pettisga esa 290 ming pul vada qilinmoqda.
Aleksandr Volkov esa Derrik Lyuisni mag'lub etsa, 75 ming dollar mukofotga ega bo'ladi. Lyuis esa g'alaba uchun 135 ming AQSH dollari oladi.
Fikrlar