So’nggi yangiliklar

19:18Арина Соболенко "Ролан Гаррос" 1/8 финалига чиқди 0 18:57Европа Очиқ чемпионати ғолиби ўз ўқув даргоҳида тақдирланди 0 18:36Ислам Махачев жанг олдидан Чемпионлар лигаси финалини кўрмоқчими? Спортчи жавоб берди 0 18:15"Реал"дагилар Мбаппе жамоага салбий таъсир қилишидан ҳавотир олишмоқда 0 17:51Махачев: "Порье кечирим сўради, лекин барибир уни "финиш" қиламан" 0 17:28Амалдаги "Ролан Гаррос" чемпиони тўртинчи даврага чиқди 0 17:05Роналду "Ал Насср"да қоладими? Клуб раҳбари бу саволга жавоб берди 0 16:44Хабиб Махачевнинг бурчагига қайтаётганига изоҳ берди 0 16:23Султонов 1/2 финалда ўзидан деярли 200 поғона қуйидаги рақибга ютқазди 0 16:02UFC 40 ёшли Муслим Салиховга 37 яшар рақиб берди 0 15:41"Ал Ҳилол" - "Ал Насср" ўйинида мухлислар "Месси! Месси!" дея бақиришди. Неймар ҳам бу ҳайқириқларга қўшилди 0 15:20Стефанос Циципас "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 14:59Дастин Порье Махачевдан кечирим сўради 0 14:38Ҳумоюн Султонов Куршумлия-Баня турнири 1/2 финалида! 0 14:17Бугун Эронда чемпион номи аниқланади. Машарипов ёки Ўрунов олтин медаль олиши мумкин 0

22 jan 17:32
Yangiliklar

Boshqalar, Tadbirlar, Bolalar sporti

Vatan himoyachilari kuniga bag'ishlangan tadbir

Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan CHirchiq shahrida tadbir bo'lib o'tdi.

O'zbekiston mudofaasiga ko'maklashuvchi "Vatanparvar" tashkiloti CHirchiq avtomobil maktabida 14 yanvar - Vatan himoyachilari kuni va O'zbekiston Qurolli Kuchlarining 26 yilligi bayrami munosabati bilan "Milliy armiyamiz- yoshlarning mardlik, matonat va jasorat maktabidir" nomi ostida bayram tadbiri o'tkazildi.

Kollej - mahalla - maktab hamkorligida tashkil etilgan tadbirda Toshkent Harbiy Okrugi faxriylar kengashi, Mudofaaga ko'maklashuvi "Vatanparvar" tashkiloti Toshkent viloyati kengashi, CHirchiq shahar hokimligi, CHirchi shahar "Mahalla" jamg'armasi, CHirchiq shahar yoshlar ittifoqi, CHirchiq davlat pedagogika instituti va boshqa mutasaddi tashilotlardan mehmonlar taklif etildi.

Tadbir davomida avtomobil maktabida talim olayotgan "VS" toifadagi texnik mutaxassislar tayyorlash ikkinchi bosqich harbiy xizmatga chaqiriluvchilari, ushbu maktab qoshidagi sportning texnik va amaliy turlari bilan shug'ullanuvchilari tomonidan ko'rgazmali chiqishlar qilindi.

"Vatanparvar" tashkiloti Toshkent viloyati kengashi tasarrufidagi "Vatanparvar taronalari" ansambli, CHirchiq shahar 30-sonli maktabgacha talim muassasasi tarbiyalanuvchilari, 7-sonli musiqa va sanat maktabi o'quvchilari hamda CHirchiq Davlat pedagogika instituti talabalaridan iborat badiiy jamoalarning sahna ko'rinishlari, kuy-qo'shiqlari tadbirga o'zgacha zavq ulashdi.

Tadbir so'ngida tashkilotchilar tomonidan taklif etilgan faxriylar, oficer,  va askarlarga faxriy yorliq va esdalik sovg'alari topshirildi.

Ilhom Rahmonov tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing