So’nggi yangiliklar

13:24UFC чемпиони Жон Жонс навбатдаги жанги санасини эълон қилди 0 13:03Соболенко қаторисига иккинчи йил ҳам Рим турнири финалида ўйнайди 0 12:42"Ал Насср"нинг ёзги трансфер бозоридаги асосий мақсади маълум. У Салаҳ ёки Де Брюйне эмас! 0 12:21Нурсултон Рўзибоев яна мухлисларга юзланди + ФОТО 0 12:00Конор Макгрегор Усик-Фьюри жангига муносабат билдирди 0 11:39Расман! Муҳаммад Мокаев ҳам Манчестерда жанг ўтказади + ПОСТЕР 0 11:18Билармидингиз? "Комо" хўжайинининг пули А Сериядаги бошқа барча клуб эгалларининг умумий бойлигидан кўра кўпроқ 0 10:57Рим "Мастерс". Стефанос Циципасда мағлубият 0 10:36Пойтахтимизда стол тенниси бўйича Париж-2024 Олимпиадаси учун лицензион турнир старт олди 0 10:15Бугун 5 нафар боксчимиз Астана турнирида рингга кўтарилади 0 09:54"Интер" афсоналаридан бири "Спартак" устозига айланди 0 09:33Даҳшат! MPL 9 турнири иштирокчиларининг бонус учун қанча мукофот пули олгани маълум 0 09:12Свёнтек Рим турнири бош соврини учун кортга чиқади, бу унинг 25-финали! 0 08:51Самарқанд мезбонлик қиладиган триатлон бўйича Жаҳон кубоги олдидан ташкил этилган матбуот анжуманидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 08:30Франция терма жамоасининг Евро-2024 учун таркиби маълум 0

08 iyu 07:19
Yangiliklar

Bolalar sporti

Vazir Xorazm viloyatida o'rganish ishlarini olib bordi

Teglar :  Adham IkramovXorazm
Adham Ikramov boshchiligidagi ishchi guruh Xorazm viloyatida o'rganish ishlarini olib bordi.

O'zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirishi vaziri Adham Ikramov boshchiligida tuzilgan ishchi guruh ham hududlarda sportni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishishda davom etmoqda.

Jumladan, Andijon, Farg'ona, Namangan, Jizzax va Sirdaryo viloyatlariga xizmat safarlari tashkil etilib, hududlarda sportni rivojlantirish borasida erishilayotgan yutuqlar va sohadagi kamchiliklar tahlil qilingan edi.

Vazir boshchiligidagi ishchi guruh Xorazm viloyatida xizmat safarida bo'lib turibdi. O'rganishlar davomida tumanlardagi sport maktablari faoliyati bilan tanishilmoqda hamda joriy yil 23 may kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev raisligida sport talimini yaxshilash, iqtidorli sportchilarni saralash va ularning zaxirasini yaratish, murabbiylarni tayyorlashdagi ustuvor vazifalar yuzasidan o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida berilgan topshiriqlar bo'yicha tushuntirishlar olib borilmoqda.

SHu bilan birga, Urganch Olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejiga tashrif davomida kollejda tahsil olayotgan yosh sportchilar bilan muloqot tashkil etildi. Suhbat davomida yosh atletlar tomonidan berilgan takliflar va tashabbuslaridan kelib chiqib, masullarga tegishli ko'rsatmalar berildi.

SHuningdek, Xorazm viloyati sportni rivojlantirish boshqarmasi masullari hamda BO'SM va IBO'SM direktorlarining hisobotlari tinglandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing