So’nggi yangiliklar

17:05Роналду "Ал Насср"да қоладими? Клуб раҳбари бу саволга жавоб берди 0 16:44Хабиб Махачевнинг бурчагига қайтаётганига изоҳ берди 0 16:23Султонов 1/2 финалда ўзидан деярли 200 поғона қуйидаги рақибга ютқазди 0 16:02UFC 40 ёшли Муслим Салиховга 37 яшар рақиб берди 0 15:41"Ал Ҳилол" - "Ал Насср" ўйинида мухлислар "Месси! Месси!" дея бақиришди. Неймар ҳам бу ҳайқириқларга қўшилди 0 15:20Стефанос Циципас "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 14:59Дастин Порье Махачевдан кечирим сўради 0 14:38Ҳумоюн Султонов Куршумлия-Баня турнири 1/2 финалида! 0 14:17Бугун Эронда чемпион номи аниқланади. Машарипов ёки Ўрунов олтин медаль олиши мумкин 0 13:56Жейк Пол: "Жанг қолдирилишини оқлайман. Тайсонда ўзини оқлаш учун имкон бўлмасин" 0 13:35Aktobe Open 2024. Шахматчиларимиз 7-турда қандай натижа қайд этишди? 0 13:14Азиза Зокирова лицензияга бир қадам қолганда қоқилди 0 12:53Жуд Беллингем ЕЧЛ финали ҳақида гапирди 0 12:31"Кўриб қўясизлар". Ислам Махачев мухлисларга мурожаат қилди 0 12:10"Пол, бу сенга кўпроқ вақт берди". 57 ёшли Тайсон жанг қолдирилганига изоҳ берди 0

03 iyu 10:41
Yangiliklar

Kurash

Vodil turnirida kuchlilar aniqlandi + FOTO

Farg'ona tumanining Vodil qishlog'idagi “CHinor tagi” nomli istirohat bog'ida kurash va belbog'li kurash bo'yicha ananaviy respublika ochiq turniri bo'lib o'tdi.

Ananaga muvofiq, ushbu turnir Vodilda tug'ilib voyaga etgan, o'z davrining nomdor polvonlari bo'lgan va muxlislar qalbidan joy olgan Xamid va Temir polvonlar xotirasi uchun hamda 1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan tashkil etildi.

O'zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi, kurash va belbog'li kurash federaciyalari taqvim-rejasidagi mazkur ochiq turnirda mamlakatimiz va qo'shni Qirg'iziston, Tojikiston respublikalaridan 300 nafarga yaqin polvonlar ishtirok etishdi.

Yuqori saviyada tashkil etilgan turnirda polvonlar belbog'li kurash bo'yicha 55 kg., 60 kg., 66 kg., 73 kg., 81 kg., 81 kg., 90 kg., 100 kg., +100 kg. vazn toifalarida, kurash bo'yicha erkaklar 60 kg., 66 kg., 73 kg., 81 kg., 90 kg., 100 kg., +100 kg., ayollar esa 52 kg., 63 kg., +63 kg., vazn toifalarida bellashishdi.  

Turnir doriasida ochilish marosimi ham tashkil etildi. Unda so'z olgan Farg'ona viloyat hokimi o'rinbosari – Turizm va sport bosh boshqarmasi boshlig'i Xurshidjon Ahmedov, Farg'ona tuman hokimi SHuhratjon Mo'minov, O'zbekiston kurash federaciyasi raisi o'rinbosari Abdumalik Yo'ldoshev, O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi raisi Ravshan Dastirov, ushbu turnir asoschisi Tursunali polvon Mamajonovlar ishtirok etib, mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportga, xususan miliy sport turlarimizga qaratilayotgan yuksak etibor xususida takidlab, musobaqa ishtirokchilariga omad tilashdi.

SHundan so'ng ikkita kurash gilamida yana kurash va belbog'li kurash bellashuvlariga start berildi. Murosasiz va shiddatli tarzda o'tgan bahslarning yakuniy natijalariga ko'ra, kurash va belbog'li kurash bo'yicha g'oliblar aniqlandi.

Kurash. Erkaklar

60 kg. – Sobirxo'ja Yusupov (Farg'ona)

66 kg. – Furqat Marufjonov (Andijon)

73 kg. – Elshod Boqiev – (Toshkent sh.)

81 kg. – Jasur Rahmonov (Farg'ona)

90 kg. – Erkin Qozoqov (Toshkent sh.)

+90 kg. – Jonibek Qozoqov (Samarqand)

Ayollar

52 kg. – Zarnigor Rahmiddinova (Andijon)

63 kg. – Dildora Adhamova (Farg'ona)

+63 kg. – Pokiza Kamoliddinova (Farg'ona)

Belbog'li kurash

55 kg. – Nodir Abdumalikov (Farg'ona)

60 kg. – Otabek Umurboev (Sirdaryo)

66 kg. – Oybek Sultonov (Andijon)

73 kg. – Muhammadjon Rasulov (Andijon)

81 kg. – Husniddin Ro'ziev (Andijon)

90 kg. – Jasur Isroilov (Andijon)

100 kg. – Obidali Mavlonov (Farg'ona)

+100 kg. – Bobir To'xtasinov (Farg'ona)

Bellashuvlar yakunlangach, kuchli uchlikdan joy olgan polvonlar tashkilotchilar tomonidan diplom, medal va qimmatbaho esdalik sovg'alari bilan mukofotlanishdi.

SHuningdek, turnir doirasida O'zbekiston kurash federaciyasi tomonidan eng chekka va olis hududlarda ham sport, xususan, kurash sport turini keng rivojlantirish maqsadida hamda 1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Farg'ona tumanidagi bolalar-o'smirlar sport maktabiga kurash gilamlari sovg'a qilindi.

Ushbu munosib sovg'ani bolalarga O'zbekiston kurash federaciyasi raisi o'rinbosari Abdumalik Yo'ldoshev va O'zbekiston milliy olimpiya qo'mitasi Farg'ona viloyat vakili, viloyat kurash federaciyasi ijrochi direktori Sevara Dehqonovalar topshirishdi. 

O'z o'rnida bunday etibor va g'amxo'rlikdan shodlangan milliy sport turlarimizga oshno vodillik o'g'il-qizlar yanayam mashg'ulotlarga zo'r berib, kelajakda xalqaro sport maydonlarida g'oliblikni tantana qilib, Yurtni ulug'lashga vada berishdi. SHu tariqa 2000  yildan buyon o'tkazilib kelinayotgan ananaviy turnirning navbatdagisi yakuniga etdi.

Ravshan polvon MAMAJONOV, turnir tashkilotchilaridan: 

- Qariyb yigirma yildan buyon o'tkazilib kelinayotgan ushbu ochiq turnir chin manoda milliy sport turlarimiz bo'lgan kurash va belbog'li kurashning rivojlanishiga o'ziga xos maktab vazifasini ham o'tab kelmoqda. Kuchli va istedodli polvonlarni aniqlashda va nomdor polvon bo'lishida hamda milliy terma jamoalar safiga munosib sportchilarini saralash vazifalarini ham o'tab beradi deyishimiz mumkin. Fursatdan foydalanib,Turizm va sport vazirligiga, kurash va belbog'li kurash federaciyalariga, Farg'ona viloyati va Farg'ona tuman hokimliklariga va boshqa qator tashkilotlarga turnirni yuqori saviyada o'tishida bizga elkadosh bo'lib, ko'mak berganliklari uchun tashakkur bildiramiz.

Ilhom RAHMONOV Vodil qishlog'idan tayyorladi       

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing