So’nggi yangiliklar

14:48Рим "Мастерс". Хуберт Гуркач ярим финал остонасида тўхтатилди 0 14:27Том Аспиналл чемпионлик камаридан айрилиши мумкин 0 14:06"Манчестер Юнайтед" собиқ академия мураббийи билан музокараларни бошлади 0 13:45ВАУУУ! IBAнинг янги қимматбаҳо самолётини кўрдингизми? + ФОТО 0 13:24UFC чемпиони Жон Жонс навбатдаги жанги санасини эълон қилди 0 13:03Соболенко қаторисига иккинчи йил ҳам Рим турнири финалида ўйнайди 0 12:42"Ал Насср"нинг ёзги трансфер бозоридаги асосий мақсади маълум. У Салаҳ ёки Де Брюйне эмас! 0 12:21Нурсултон Рўзибоев яна мухлисларга юзланди + ФОТО 0 12:00Конор Макгрегор Усик-Фьюри жангига муносабат билдирди 0 11:39Расман! Муҳаммад Мокаев ҳам Манчестерда жанг ўтказади + ПОСТЕР 0 11:18Билармидингиз? "Комо" хўжайинининг пули А Сериядаги бошқа барча клуб эгалларининг умумий бойлигидан кўра кўпроқ 0 10:57Рим "Мастерс". Стефанос Циципасда мағлубият 0 10:36Пойтахтимизда стол тенниси бўйича Париж-2024 Олимпиадаси учун лицензион турнир старт олди 0 10:15Бугун 5 нафар боксчимиз Астана турнирида рингга кўтарилади 0 09:54"Интер" афсоналаридан бири "Спартак" устозига айланди 0

16 mar 13:15
Yangiliklar

Boks/MMA, Boks reytingi

WBO reytingi yangilandi. G'iyosov va Ahmadaliev ko'tarildi, reytingda yangi O'ZBEK!

Butunjahon boks tashkiloti (WBO) mart oyi uchun yangilangan reytingni elon qildi.

Etiborlisi, Murodjon Ahmadalievning vaznida yana bir hamyurtimiz paydo bo'ldi. Buxorolik Muhammad SHexov 7-o'rinda qayd etilgan. O'tgan oyda 7-pog'onada bo'lgan Ahmadaliev esa 6-o'ringa ko'tarilib oldi. 

Muhammad SHexov barcha janglarini Rossiya Federaciyasida tashkil etilgan prof boks turnirlarida o'tkazgan. Hisobida 14 g'alaba (4 nokaut) va 1 durang bor. So'nggi jangini o'tgan yilning 16 dekabr kuni Moskvada kolumbiyalik Leonardo Karrilloga qarshi o'tkazib, ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozongan. Bu Leonardoning faoliyatidagi ilk mag'lubiyati bo'lgandi. WBO Top-15 reytingida uning tug'ilgan joyi Buxoro, davlati Uzbekistan deb ko'rsatilgan. 

Eliminator jangida g'alaba qozongan SHahram G'iyosov esa yarimo'rta vazn toifasi WBO reytingida 2-o'ringa ko'tarilib oldi. U o'tgan oyda reytingning 3-pog'onasidan joy olgandi. Ayni paytda ushbu vazn chempioni amerikalik Terens Krouford bo'lib turibdi. Reytingning birinchi pog'onasida NABO kamari sohibi, amerikalik Jiovani Santilyan bormoqda.    

Qolgan bokschilarimiz o'tgan oy reytingidagi o'z o'rinlarini saqlab qolishgan. 


Reytingdan 7 nafar bokschimiz joy olgan:

Hasanboy Do'smatov (birinchi o'ta engil vazn (48,8 kg): 6-o'rinda qoldi;

Olimjon Nazarov (o'ta engil vazn toifasi - 50,8 kg) o'tgan oydagi kabi 5-o'rinda qoldi;

Murodjon Ahmadaliev (birinchi yarim engil vazn toifasi - 55,3 kg) 7-pog'onadan 6-o'ringa ko'tarildi;

Muhammad SHexov (birinchi yarim engil vazn toifasi - 55,3 kg) 7-o'rin;

SHahram G'iyosov (yarimo'rta vazn toifasi - 66,6 kg) bir pog'ona yuqorilab, 2-o'ringa joylashdi;

Bektemir Meliqo'ziev (supero'rta vazn - 76,2 kg) o'tgan oydagidek 7-pog'onada;

Bahodir Jalolov (superog'ir vazn - 90,7 kg) o'tgan oydagi singari 15-o'rinda qoldi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing