So’nggi yangiliklar

16:44Хабиб Махачевнинг бурчагига қайтаётганига изоҳ берди 0 16:23Султонов 1/2 финалда ўзидан деярли 200 поғона қуйидаги рақибга ютқазди 0 16:02UFC 40 ёшли Муслим Салиховга 37 яшар рақиб берди 0 15:41"Ал Ҳилол" - "Ал Насср" ўйинида мухлислар "Месси! Месси!" дея бақиришди. Неймар ҳам бу ҳайқириқларга қўшилди 0 15:20Стефанос Циципас "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 14:59Дастин Порье Махачевдан кечирим сўради 0 14:38Ҳумоюн Султонов Куршумлия-Баня турнири 1/2 финалида! 0 14:17Бугун Эронда чемпион номи аниқланади. Машарипов ёки Ўрунов олтин медаль олиши мумкин 0 13:56Жейк Пол: "Жанг қолдирилишини оқлайман. Тайсонда ўзини оқлаш учун имкон бўлмасин" 0 13:35Aktobe Open 2024. Шахматчиларимиз 7-турда қандай натижа қайд этишди? 0 13:14Азиза Зокирова лицензияга бир қадам қолганда қоқилди 0 12:53Жуд Беллингем ЕЧЛ финали ҳақида гапирди 0 12:31"Кўриб қўясизлар". Ислам Махачев мухлисларга мурожаат қилди 0 12:10"Пол, бу сенга кўпроқ вақт берди". 57 ёшли Тайсон жанг қолдирилганига изоҳ берди 0 11:48Париж-2024 ареналари: Эйфель минорасининг ёнида жойлашган “Гран-Пале-Эфемер” билан танишинг 0

13 fev 08:06
Yangiliklar

Olimpiya o'yinlari, Osiyo o'yinlari

Xanchjou-2022, Parij-2024: Boks bo'yicha terma jamoamizning tayyorgarlik rejalari ko'rib chiqildi

Xanchjou-2022 Osiyo o'yinlari va Parij-2024 Olimpiya o'yinlariga munosib tayyorgarlik ko'rish O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi tomonidan tuzib chiqilgan istiqbolli rejalar qatoridan joy olgan.

Bu borada MOQ sport federaciyalari va associaciyalari bilan hamkorlikdagi ishlarni boshlab yuborgan. MOQ raisi O'zbekiston boks federaciyasiga tashrif buyurib, jamoamizning bo'lajak musobaqalarga tayyorgarlik rejalari bilan yaqindan tanishdi. Mazkur yig'ilishda MOQ raisi o'rinbosari, O'zbekiston boks federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari Saken Polatov boshchiligidagi federaciya mutasaddilari, murabbiylar ham ishtirok etishdi.

Yig'ilishda federaciya murabbiylar shtabi yoshlar jamoasi bilan ishlash, o'sib kelayotgan “O'zbek yo'lbarslari”ning salohiyati, bo'lajak musobaqalarda ishtirok etishga nomzod bokschilar, terma jamoalarni ushbu O'yinlarga tayyorlashda tashkil qilinadigan muhim bosqichlar haqida batafsil gapirib o'tishdi. O'z navbatida, Rustam SHoabdurahmonov bokschilarimizga bo'lajak musobaqalarda katta umid bog'langaniga to'xtalib o'tdi.

“Hozir bokschilarimiz jahonda etakchi ekanliklarini isbotlab bo'lishdi. Ushbu sport turida o'zbek modelini dunyo tan oldi. Yangiobodda terma jamoamiz bilan o'quv-mashg'ulot yig'ini o'tkazishni istayotgan xorij jamoalari qancha ekanini barchangiz yaxshi bilasiz. Xalqimiz va Muhtaram Prezidentimiz barcha sport turlari qatori bokschilarimizdan ham bo'lajak musobaqalarda chiroyli g'alabalar kutishmoqda. Hukumatimiz barcha rejalarimizni qo'llab-quvvatlamoqda. Biz Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, federaciyalarimiz bilan bir jamoa bo'lib, bir maqsad sari harakat qilamiz”, – dedi MOQ raisi.

Yig'ilish davomida iqtidorli bokschilarni saralab olish uchun selekcion musobaqalarni ko'paytirish va mazkur yo'nalishga alohida ahamiyat qaratish, shuningdek, ayollar terma jamoasini ham jahon etakchilari qatoriga olib chiqish kabi yo'nalishlarda tegishli topshiriqlar berildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing