So’nggi yangiliklar

13:03Соболенко қаторисига иккинчи йил ҳам Рим турнири финалида ўйнайди 0 12:42"Ал Насср"нинг ёзги трансфер бозоридаги асосий мақсади маълум. У Салаҳ ёки Де Брюйне эмас! 0 12:21Нурсултон Рўзибоев яна мухлисларга юзланди + ФОТО 0 12:00Конор Макгрегор Усик-Фьюри жангига муносабат билдирди 0 11:39Расман! Муҳаммад Мокаев ҳам Манчестерда жанг ўтказади + ПОСТЕР 0 11:18Билармидингиз? "Комо" хўжайинининг пули А Сериядаги бошқа барча клуб эгалларининг умумий бойлигидан кўра кўпроқ 0 10:57Рим "Мастерс". Стефанос Циципасда мағлубият 0 10:36Пойтахтимизда стол тенниси бўйича Париж-2024 Олимпиадаси учун лицензион турнир старт олди 0 10:15Бугун 5 нафар боксчимиз Астана турнирида рингга кўтарилади 0 09:54"Интер" афсоналаридан бири "Спартак" устозига айланди 0 09:33Даҳшат! MPL 9 турнири иштирокчиларининг бонус учун қанча мукофот пули олгани маълум 0 09:12Свёнтек Рим турнири бош соврини учун кортга чиқади, бу унинг 25-финали! 0 08:51Самарқанд мезбонлик қиладиган триатлон бўйича Жаҳон кубоги олдидан ташкил этилган матбуот анжуманидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 08:30Франция терма жамоасининг Евро-2024 учун таркиби маълум 0 08:09Ўзбекистонлик собиқ UFC жангчиси Ислам Махачев билан машғулот ўтказди + ФОТО 0

31 avg 09:25
Yangiliklar

Tadbirlar, Osiyo o'yinlari

Xitoy sportining yutuqlari O'zbekiston delegaciyasi nigohida

Xitoy yirik kompleks musobaqalarni o'tkazish borasida jahonning eng tajribali mamlakatlaridan biriga aylanib ulgurdi.

Xususan, Pekin shahrining ham yozgi, ham qishki Olimpiya o'yinlarini qabul qilgan dunyodagi yagona shahar maqomiga ega ekanligi, mamlakatning bir necha bor Osiyo o'yinlari va Universiada kabi kompleks musobaqalarga mezbonlik qilgani ushbu fikrga yaqqol dalil bo'ladi.

So'nggi yillarda CHin o'lkasining boshqa shaharlarida ham yirik kompleks musobaqalar, jahon chempionatlari o'tkazilmoqda. Bu esa butun mamlakat bo'ylab sport infratuzilmasi birdek rivojlanganini anglatadi. SHu bois ko'plab davlatlar bunday tajribadan andoza olib, undan foydalanmoqda.

Ayni kunlarda “Toshkent-2025” yoshlar Osiyo o'yinlari uchun Olimpiya shaharchasini barpo etish loyihasi doirasida O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov, Qo'mita raisi o'rinbosari Azizjon Kamilov, shuningdek, Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi, “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi mutasaddilaridan iborat delegaciya Xitoy safarida bo'lib turibdi. Undan ko'zlangan maqsad mamlakatdagi sport infratuzilmasi, xususan, universal sport obektlarini qurish va undan maqsadli foydalanish kabi ustuvor rejalarni o'rganishdir.

Ishchi guruhning dastlabki manzili Pekinda qad rostlagan dunyo sporti olamidagi yirik loyihalardan biri “Pekin Milliy konkida yugurish markazi” bo'ldi. 2022 yilgi qishki Olimpiada uchun barpo etilgan ushbu inshootni nafaqat Xitoy, balki jahon sportining durdona obektlaridan biri deyish mumkin. O'rganish davomida mahalliy mutaxassislar mamlakatda sport obektlarini qurish bo'yicha so'nggi yutuqlar haqida batafsil malumot berishdi.

Mutasaddilar “Toshkent-2025” yoshlar Osiyo o'yinlarining qurilishi uchun masul bo'lgan “China CAMC Engineering” kompaniyasi ofisida mehmon bo'lishdi. Tashkilot bosh direktori Li Xaysin bilan o'tgan suhbatda Toshkentda qurilayotgan Olimpiya shaharchasida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari, kelgusida ham hamkorlikni yanada izchil davom ettirish kabi mavzular ko'rib chiqildi.

Pekinga tashrifi doirasida ishchi guruh CNSG (China National Sports Group) kompaniyalari ofisiga ham tashrif buyurib, tashkilot rahbariyati bilan uchrashuvlar o'tkazdi. Ushbu kompaniya kompleks O'yinlar o'tkazishda adminstrativ va tashkiliy yo'nalish bo'yicha o'z xizmatlarini taklif qildi. Har ikki uchrashuvda o'zaro hamkorlikning yangi qirralari ko'rib chiqilib, kelgusi rejalar haqida fikr almashildi.

Qayd etish joiz, ushbu ikki kompaniya Xitoy sportidagi etakchi lokomotiv bo'lib, so'nggi 15 yil mamlakatda o'tgan yozgi va qishki Olimpiya o'yinlari, Osiyo o'yinlari, o'smirlar Olimpiadasi, Universiada o'yinlari va boshqa ko'plab musobaqalar uchun obektlar qurilishi, logistika va kommunikaciya yo'nalishidagi ishlarni amalga oshirgan. SHundan so'ng ishchi guruh Pekindagi “Yangi Milliy stadion”ga ham tashrif buyurib, zamonaviy bunyodkorlikdagi so'nggi yutuqlar bilan tanishdi.

Ishchi guruhning Xitoyga safari davom etadi. Mutasaddilar endilikda yaqinda Butunjahon yozgi Universiada o'yinlarini qabul qilgan CHendu shahriga yo'l olib, u erdagi infratuzilmani o'rganishadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing