So’nggi yangiliklar

14:27Том Аспиналл чемпионлик камаридан айрилиши мумкин 0 14:06"Манчестер Юнайтед" собиқ академия мураббийи билан музокараларни бошлади 0 13:45ВАУУУ! IBAнинг янги қимматбаҳо самолётини кўрдингизми? + ФОТО 0 13:24UFC чемпиони Жон Жонс навбатдаги жанги санасини эълон қилди 0 13:03Соболенко қаторисига иккинчи йил ҳам Рим турнири финалида ўйнайди 0 12:42"Ал Насср"нинг ёзги трансфер бозоридаги асосий мақсади маълум. У Салаҳ ёки Де Брюйне эмас! 0 12:21Нурсултон Рўзибоев яна мухлисларга юзланди + ФОТО 0 12:00Конор Макгрегор Усик-Фьюри жангига муносабат билдирди 0 11:39Расман! Муҳаммад Мокаев ҳам Манчестерда жанг ўтказади + ПОСТЕР 0 11:18Билармидингиз? "Комо" хўжайинининг пули А Сериядаги бошқа барча клуб эгалларининг умумий бойлигидан кўра кўпроқ 0 10:57Рим "Мастерс". Стефанос Циципасда мағлубият 0 10:36Пойтахтимизда стол тенниси бўйича Париж-2024 Олимпиадаси учун лицензион турнир старт олди 0 10:15Бугун 5 нафар боксчимиз Астана турнирида рингга кўтарилади 0 09:54"Интер" афсоналаридан бири "Спартак" устозига айланди 0 09:33Даҳшат! MPL 9 турнири иштирокчиларининг бонус учун қанча мукофот пули олгани маълум 0

24 okt 15:46
Yangiliklar

O'q otish

Xorazmda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar bellashishdi + FOTO

Teglar :  XorazmO'q otish
Ikki kun mobaynida pnevmatik quroldan o'q otish, duatlon va yozgi biatlon bo'yicha bellashuvlar bo'lib o'tdi.

O'zbekiston Mudofaasiga ko'maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy kengashi tizim faoliyatini yanada yuksaltirish, aholining turli qatlami, xususan, yoshlar o'rtasida sportning texnik va amaliy turlarining ommaviyligini oshirish, ularning jismonan sog'lom tarzda hayot kechirishini taminlash maqsadida izchil islohotlar olib borayotir.

Jumladan, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni kasbga yo'naltirish, buning barobarida, sport turlari bilan shug'ullanishlariga keng imkoniyat va shart-sharoitlar yaratib berish borasidagi say-harakatlar o'zining ijobiy samarasini bermoqda. Ayniqsa, ular o'rtasida pnevmatik quroldan o'q otish, yozgi biatlon va duatlon bo'yicha o'tkazilayotgan uch bosqichli respublika musobaqasi muhim ahamiyat kasb etyapti.

“Vatanparvar” tashkilotining Xorazm viloyat  texnik va amaliy sport turlari markazi tomonidan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar o'rtasida yuqorida qayd etilgan sport turlari bo'yicha uyushtirilgan viloyat bosqichi ham ana shu ezgu amallarni ro'yobga chiqishiga xizmat qiladi.

Ikki kun mobaynida bo'lib o'tgan pnevmatik quroldan o'q otish, duatlon va yozgi biatlon bellashuvlarining yakuniy sarhisoblariga ko'ra, umumjamoa hisobida Yangiariq tumani o'quv sport texnika klubi shohsupaning birinchi pog'onasiga ko'tarildi. Ikkinchi o'rinni Xiva tumani O'STK jamoasi egallagan bo'lsa, faxrli uchinchi o'rin SHovot tumani O'STK jamoasiga nasib etdi.

Endilikda, eng yaxshi natija qo'rsatgan vohalik sportchilar noyabr oyining ikkinchi o'n kunligida Toshkent viloyatida uyushtiriladigan respublika bosqichida o'z mahoratlarini sinovdan o'tkazishadi.

Ikrom XUDOYBERGANOV, Xorazm viloyatidan

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing