So’nggi yangiliklar

16:44Хабиб Махачевнинг бурчагига қайтаётганига изоҳ берди 0 16:23Султонов 1/2 финалда ўзидан деярли 200 поғона қуйидаги рақибга ютқазди 0 16:02UFC 40 ёшли Муслим Салиховга 37 яшар рақиб берди 0 15:41"Ал Ҳилол" - "Ал Насср" ўйинида мухлислар "Месси! Месси!" дея бақиришди. Неймар ҳам бу ҳайқириқларга қўшилди 0 15:20Стефанос Циципас "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 14:59Дастин Порье Махачевдан кечирим сўради 0 14:38Ҳумоюн Султонов Куршумлия-Баня турнири 1/2 финалида! 0 14:17Бугун Эронда чемпион номи аниқланади. Машарипов ёки Ўрунов олтин медаль олиши мумкин 0 13:56Жейк Пол: "Жанг қолдирилишини оқлайман. Тайсонда ўзини оқлаш учун имкон бўлмасин" 0 13:35Aktobe Open 2024. Шахматчиларимиз 7-турда қандай натижа қайд этишди? 0 13:14Азиза Зокирова лицензияга бир қадам қолганда қоқилди 0 12:53Жуд Беллингем ЕЧЛ финали ҳақида гапирди 0 12:31"Кўриб қўясизлар". Ислам Махачев мухлисларга мурожаат қилди 0 12:10"Пол, бу сенга кўпроқ вақт берди". 57 ёшли Тайсон жанг қолдирилганига изоҳ берди 0 11:48Париж-2024 ареналари: Эйфель минорасининг ёнида жойлашган “Гран-Пале-Эфемер” билан танишинг 0

23 apr 16:24
Yangiliklar

Ot Sporti

Yosh chavandozlarimiz Osiyoda uchinchi(mi?)

Yakshanba kuni Qozog'istonning Olmaota viloyatida chavandozlik bo'yicha yoshlar o'rtasida Osiyo chempionati bahslari yakuniga etdi.

Unda qitamizning o'ndan ortiq davlatidan kelgan chavandozlarimiz tulporlar bilan bog'liq qadimiy milliy o'yinlar, yani uloq-ko'pkari, ot ustida kurash, tanga iluv va ot ustida kamondan otish bo'yicha o'zaro musobaqalashdi. Yoshlar o'rtasida Osiyo chempionatida vatanimiz sharafini murabbiy SHerali Bekqulov boshchiligidagi 14 nafar sportchi himoya qildi.

Ko'pkari bahslarida vakillarimiz guruh bosqichida mezbon Qozog'iston terma jamoasiga yutqazib qo'ydi va 2-o'rinni egalladi. Musobaqa nizomiga ko'ra guruh g'oliblari chempionlik uchun kurashsa, 2-o'rin sohiblari bronza medali uchun bahslashardi. 

SHu tariqa o'zbekistonlik chavandozlar bronza medali uchun narigi guruhda 2-o'rinni egallagan Xitoy terma jamoasi bilan kuch sinashdi va ishonchli g'alabaga erishdi. Ushbu yo'nalishda oltin medal kutilganidek Qozog'iston terma jamoasiga nasib etdi, mo'g'ulistonlik chavandozlar esa kumush medalni qo'lga kiritdi.

Osiyo chempionatining ot ustida kurash yo'nalishida o'tkazilgan bahslar ham murosasiz kechdi. Unda hamyurtlarimiz ham ikkita kumush medalga sazovor bo'ldi. Jumladan, 70 kg.gacha bo'lgan vazn toifasida hamyurtimiz Mirzohid Soliev hal qiluvchi bellashuvda mezbon sportchi Normaganbet Imong'ozuliga imkoniyatni boy bergan bo'lsa, yana bir vakilimiz Sunnatilla Quvondiqov 80 kg.gacha bo'lgan polvonlar o'rtasidagi bahslarda qozog'istonlik Og'abek Gabitdan engildi va u ham kumush medal bilan taqdirlandi. Umumjamoa hisobida ham O'zbekiston terma jamoasi 3-o'rinni egalladi.

Bugun erta tongda sportchilarimiz Toshkent avtovokzalida tantanali kutib olindi.

- Dunyoning o'ndan ortiq mamlakati sportchilari orasida O'zbekiston sharafini munosib himoya qilgan sizdek sportchilarimiz bilan faxrlanamiz. Umid qilamizki, xalqaro maydonlarda har tomonlama toblangan yoshlarimiz joriy yil Turkiyaning Istambul shahri mezbonlik qiladigan dunyo ko'chmanchilar o'yinlarida ham munosib ishtirok etishadi. Bu yo'lda sizlarga barcha shart-sharoitlarni yaratib berishga tayyormiz, - dedi O'zbekiston uloq-ko'pkari federaciyasi raisi Bahrom G'ofurov.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing